Agrokimyo kirish


VII BOB. KALIYLI O’G’ITLAR


Download 366.13 Kb.
bet49/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

VII BOB. KALIYLI O’G’ITLAR


7.1. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA KALIYNING AHAMIYATI VA UNING HOSIL TARKIBIDAGI MIQDORI



  1. Kaliy eng avvalo sitoplazma kolloidlarining gidrotatsiyasini kuchayishiga ta’sir etadi, bunda ularning dispersligini kuchaytiradi. Bu esa o’simlik tomonidan namlikni ushlab turilishini va vaqtincha qurg’oqchilikka chidamliligini oshiradi. Kaliy ta’sirida kartoshka tuganagida kraxmalning va qand lavlagisida saxarozaning va qator mevali va sabzavot ekinlarda monosaxaridlarning to’planishini kuchaytiradi. Kaliy o’simliklarning sovuqqa va qishga (hujayra shirasini osmotik bosimini kuchaytirish tufayli), o’simliklarni zamburug4 va bakterial kasalliklarga chidamliligini oshiradi.

  2. Kaliy yuqori molekular ugievodlar (selluloza, gomiselluloza, shuningdek pektin moddalari ksilinlar va boshqalar) ning sintezini kuchaytiradi, natijada g’allasimon o’simliklar somonini hujayra devorlari qalinlashadi va donli ekinlarni yotib qolishga chidamliligini oshiradi, zig’ir va nashada esa tola sifati yaxshilanadi; ba’zi fermentlarning ishini katalizlaydi, shuningdek o’simliklarda qator vitaminlar (masalan, tiamin va riboflavin) ning sintezlanishi va to’planishini kuchaytiradi, bu narsa esa hujayra og’izchalari bilan chegaradosh hujayralar faoliyatini kuchayishida katta ahamiyatga ega bo’ladi.

  3. Kaliy (kalsiy va magniy bilan birqatorda) qishloq xo’jalik ekinlarining animoniyli oziqlanishida ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Kaliyli oziqlanishga putur yetishi o’simliklardagi metabolizmning izdan chiqib ketishiga olib keladi. Kaliyning tanqisligi qator fermentlar faoliyatining susayishiga, o’simliklardagi uglevod va oqsil almashinuvining izdan chiqishiga, bunda shakarlarning nafas olish uchun o’ta ko’p sarflanishi tufayli donning puch bo’lib qolishi urug’ning unib chiqishi va yashovchanlik qobiliyatini pasayishiga olib keladi va umuman olganda oqibat natijada hosilning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’simlikning kaliy bilan oziqlanishi to’liq bo’lmaganda har xil kasalliklarga tezroq chalinadi, hosil yig’ib-terib olingandan so’ng esa shu sababga ko’ra hosilning saqlanish ko’rsatkichi pasayadi.

  4. O’simliklarning kaliyli oziqlanishini taqchilligi: qari barglarning chekkasidan boshlab niuddatdan oldin sarg’ayishi keyinchalik esa ularning chekkasi va tepa qismining jigar rang (ba’zan qizil, zangsimon dog’li) tusga kirishi, bundan so’ng esa barglar o’ladi va yemiriladi, natijada kuyganday bo’lib qoladi. Ayniqsa kaliy tanqisligidan kaliyni sevuvchi o’simliklar ko’p talofatga uchraydi.

  5. Kaliy o’simliklar tomonidan kation sifatida yutiladi, u hujayrada zaryadlangan ion sifatida qoladi, u hujayra moddalari bilan kuchsiz bog’lar orqali birikadi. Hujayrada ancha miqdorda to’planib, anorganik anionlar, hamma hujayraning polielektrolitlarini manfiy zaryadlarini neytrallash uchun asosiy qarshi ion hisoblanadi, shuningdek hujayra va muhit o’rtasida ion assimetriya va elektrik kuchlanishlar farqini yuzaga chiqaradi. Kaliyning hujayradagi maxsus funksiyasi ehtimol shunday namoyon bo’lib o’simliklar oziqlanishida uning o’rnini bosadigan element bo’lmasligini sababi ham shudir.

  6. Qator tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kaliyning hujayradagi miqdori bilan o’sish jarayonlarining jadalligi o’rtasida korelyativ bog’lanish bor. Binobarin, kaliyning tanqisligi hujayraning bo’linishi, o’sishi va cho’zilishini susaytiradi, degan xulosaga kelish mumkin. Hozirgi kunda o’simliklardagi oqsil sintezi jarayonini jadalligi va ulardagi kaliyni miqdori o’rtasida yaqin bog’lanish borligi haqida ma’lumotlar bor. Kaliy tanqisligida fotosintez mahsuldorligi kamayadi. Kaliy tanqisligida barglardagi fotosintez mahsulotlarining oqishini sekinlashishi haqidagi ma’lumotlar olingan. O’simliklar tomonidan kaliyning o’zlashtirilishidagi eng past bo’lgan davri ularning ilk (unib chiqqandan keyingi 15 kun) o’sa boshlashiga to’g’ri keladi. Odatda, o’simlik kaliyni eng ko’p miqdorda, biologik massaning jadal o’sishi davrida o’zlashtiradi. G’allasimonlar va g’allasimon dukkaklilarda kaliyning o’zlashtirilishi gullashdan—sutli pishiqlik davrigacha, zig’irda “to’liq” gullash fazasidan, kartoshka, qand lavlagisi va karamda ancha cho’zilgan niuddatlarda bo’lib, amaliy jihatdan butun vegetatsion davrni o’z ichiga oladi. Kartoshka kaliyni eng ko’p miqdorda gullash davrida jadal ravishda tuganak hosil bo’lish jarayonida, qand lavlagisida ildizmeva hosil bo’lish davrida, karamda uning barg mevasining shakllanishida o’zlashtiradi.

  7. Kaliyning miqdori hamisha o’simliklarning yosh o’suvchi organlarida hamda meristema va kambiyda ko’p bo’ladi. Eski barglardan kaliy yoshroq barglarga ko’chadi, ya’ni u o’simliklar tomonidan takrortakror ishlatiladi (reutilizatsiya). Ko’p hollarda reutilizatsiya oziq muhitida yetarli bo’lmagan joylarda namoyon bo’ladi natijada pastki barglarning sarg’ayib qolishi me’yor kaliyli oziqlanganlarga nisbatan oldinroq sodir bo’ladi.

  8. Sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagisi va boshqa ildizmevalar azotga nisbatan 1,5 marta ko’proq kaliy o’zlashtirsa, fosforga nisbatan bu miqdor 3—4,5 marta ziyod miqdorni tashkil qiladi. Har xil o’simliklar 10 s asosiy hosil mahsuloti (unga mos holda vegetativ hosil) s/ga nisbatan K2O ni har xil miqdorda o’zlashtiradi. G’allasimon ekinlar taxminan 25—37 kg, g’allasimon dukkaklilar 16—20, kartoshka 7,0—9,0, oziqa va qand lavlagisi 6,7—7,5, sabzavot ekinlari 4,0—5,0, beda 20—24 kg.


Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling