Agrokimyo kirish


Molibdenli mikroo’g’itlar


Download 366.13 Kb.
bet62/123
Sana09.06.2023
Hajmi366.13 Kb.
#1475063
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
Bog'liq
Agrokimyo kirish

Molibdenli mikroo’g’itlar
(8.4.2-jadval)

O’g’it

Ta’sir etuvchi
modda

Ta’sir etuvchi
modda miqdori, %

Ammon iy molibdat

Mo

52

Nurquvvat - chiroq sanoat chiqindisi

Mo

5-8

Molibdenli oddiy superfosfat

P2O5
Mo

20,0
0,1

Molibdenli qo’sh superfosfat

P2O5
Mo

43,0
0,2



Molibdenli o’g’itlarni qo’llash usullari va me’yorlari
(8.4.3-jadval)

O’g’it

Ekin turi

O’g’it dozasi

Qo’llash usuli

Molibdenli
qo’sh
superfosfat

Donli ekinlar

Ekish bilan birga
50 kg/ga

Tuproqqa
kiritiladi

Ammoniy
Molibdat

N o’xat, vika,
so’ya va boshqa
yirik urug’lhar

25 - 30 g o’g’it suvda
eritiladi va 100 kg urug’
namlanadi

Urug’lar ekish
oldidan
ishlanadi

Ammoniy
Molibdat

Beda va sebarga

500-800 g o’g’it 3 1itr
suvda eritiladi va 100 kg
urug’ namlanadi

Urug’lar ekish
oldidan
namlanadi

Ammoniy
Molibdat

No’xat, xashaki
dukkaklilar, beda,
sabzavotlar

200 g o’g’it 100 1 suvda
eritilib, aviatsiya
yordamida sepiladi

Shonalash,
gullash davrida
ildizdan tashqari
oziqlantirish

Ammoniy
Molibdat

Ko’p yillik
madaniy
o’tloqlar

200 g o’g’it 100 1 suvda
eritilib, aviatsiya
yordamida sepiladi

Ildizdan
tashqari
oziqlantirish




  1. Urug’larni ekish oldidan molibdenli mikroo’g’itlar bilan ishlash, o’g’it qo’llashning samarali usuli hisoblanadi. Buning uchun 1 s yirik urug’lar uchun 25—50 g, bedaning mayda urug’lariga 500—800 g ammoniy molibdat olinadi, 2—3 1 suvda eritilib, aralashtiriladi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda, 1 ga maydondagi nihollarga 200—600 g ammoniy molibdat ishlatiladi. 50 kg molibdenli superfosfat bilan tuproqqa 50—100 g molibden kelib tushadi. Donli ekinlarga ekish bilan birga gektariga 50 kg molibdenli q o’sh superfosfat beriladi.No’xat, vika, soya va boshqa ekinlar ekishdan oldin ishlanadi. 25—50 g ammoniy molibdat o’g’iti suvda eritiladi va 100 kg urug’ namlanadi. Beda va sebarga urug’lari ham ekish oldidan ishlanadi. Buning uchun 500—800 g o’g’it 3 1 suvda eritiladi va 100 kg urug’ namlanadi. N o’xat, xashaki dukkaklilar, beda, sabzavotlar, shonalash va gullash davrlarida ildizdan tashqari oziqlantiriladi. Buning uchun 200 g ammoniy molibdat o’g’iti 100 1 suvda eritilib, aviatsiya yordamida sepiladi, ya’ni shonalash va gullash davrida ildizdan tashqari oziqlantiriladi. Ko’p yillik madaniy o’tloqlar uchun ham shu o’g’it va shu usul qo’llaniladi.

  2. Marganesli o’g’itlar. Asosiy marganesli o’g’itlar: marganes sulfat (20% Mn) va margeneslangan donador superfosfat (1—2% Mn) hisoblanadi. Marganesning fosforli o’g’itlar bilan birga yaxshi samara berishini hisobga olib, marganeslangan superfosfat ishlab chiqarish maqsadga muvofiq. Tuproqqa solinadigan marganesning miqdori 1 ga yerga element hisobida 2,5 kg ni tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi uchun o’simliklaming ildizdan tashqari oziqlantirilishi va uruglarga ishlov berilishi uchun 30% ga yaqin marganesli o’g’itlar ishlatiladi. Marganesni qo’llash usullaridan biri urug’larga ishlov berishdir. Bunda 50—100 g marganes sulfat 1 s urug’ bilan aralashtiriladi (qand lavlagi, byg’doy, makkajo’xori, no’xat). Dala ekinlarini ildizdan tashqari oziqlantirishda har ga yerga 200 g marganes sulfat ishlatiladi, mevali daraxtlarni purkash uchun har ga yerga 600—100 g dan ishlatiladi. Marganes sulfat suvda yaxshi eriydi, nam tortib mushtlashib qolmaydi, ekin dalalariga 3—3,5 kg dan sepiladi. Marganesli mikroo’g’it ayniqsa, ishqoriy, neytral va karbonatli, mexanik jihatidan yengil tuproqlarda ijobiy natija beradi. Marganesli o’g’itlar qo’llash hisobiga qand lavlagidan 23,7, bug’doydan 2,2, makkajo’xoridan 11,8 va arpadan 3,0 s/ga qo’shimcha hosil olinadi. So’nggi yillarda, marganes nitrofoska (0,9%) yoki superfosfat tarkibiga kiritilib, fosforli o’g’itlar bilan birga qo’llanilmoqda.

  3. Shuningdek, ekinlarning u rug’ yoki chigitlarga ekish oldidan marganesli eritmalar yoki kukunlari bilan ishlov berilmoqda. Masalan, 1 s bug’doy, makkajo’xori va n o’xat urug’i ekishdan oldin 50 g marganes sulfat bilan, zig’ir 100—200 g, qand lavlagi urug’i esa 100— 450 g marganes sulfat bilan aralashtiriladi. Blinda 150—200 g marganes sulfat 100 litr suv bilan aralashtirilib traktorlar yordamida burglar orqali oziqlantiriladi. Marganes tanqisligi torfli, karbonatli, qumli, qayir va o’tloqi qora, neytral va ishqoriy tuproqlardagi ekinlarda keskin sezilishi mumkin. Marganes tanqisligi ayniqsa temirning eruvchan birikmalari ko’p bo’lgan tuproqlarda yaqqol seziladi. O’simliklarda marganes tanqisligi, uning kam harakatchanligi tufayli ko’proq yosh barglarda seziladi. G’o’z a bargining qumq massasida 240 mg gacha marganes bo’ladi. Marganes tanqisligi ko’pgina o’simliklarda kuzatiladi. Masalan: paxta barglarida oq, sariq rangli dog’lar paydo bo’ladi va to’kila boshlaydi. Kartoshka, suli, no’xat, loviya, lavlagi, karam, shaftoli, olcha, olxo’ri, olma, o’rik, limon kabi ta’sirchan o’simliklarda ham marganes tanqisligi tez seziladi.


Download 366.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling