Agrokimyo kirish
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kobaltli mikroo’g’itlar.
Misli o’g’itlar. Qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan misli mikroo’g’itlar jumlasiga mis kuparosi, misli kukun va mis kolchedani kiradi (8.4.6- jadval ).
8.4.6-jadval. Misli mikroo’g’itlar
50—100 g mis kuporosi bilan 1 s urug’ aralashtirilib ekilsa yaxshi samara beradi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 200—300 g mis kuporosi 1 ga maydondagi nihollarga purkaladi. Mis kuporosi o’z tarkibida 25,0% ga yaqin mis tutadi. Hozirgi kunda Olmaliqdagi “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida tarkibida mis tutgan (0,25—0,30% Cu) ammofos ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Mis kolchedani mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan mikroo’g’it hisoblanadi (0,2—0,3% Cu) va uni tuproqqa har 5 yilda 1 marta 500—600 kg/ga me’yorda kuzgi shudgorlash vaqtida beriladi. Kobaltli mikroo’g’itlar. Kobaltli mikroo’g’itlardan foydalanish hosilning sifatini faqatgina o’simiik tomonidan muayyan elementning to’planishi bilangina oshirib qolmay, baiki boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha harn oshishiga sabab bo’ladi. Masalan: kobaltli o’g’itlar qand lavlagisi ildizmevasining hosilinigina oshirib qolmay, balki mevasi tarkibidagi qandning ham miqdorini oshiradi. O’simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi va bakteriva hamda fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’simliklarda kobalt 50% ion tarzda, 20% karbamid va vitamin 1312 birikmalari tarzida uchraydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayvonlar uchun to’la qimmatli ozuqa va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ekiladigan ekinlar uchun har kg tuproqda kobaltning miqdori 2,0—2,5 mg bo’lganda, kobaltli o’g’itlarni qo’llash kerak bo’ladi. Asosiy kobaltli mikroo’g’itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid tuzlaridan foydalaniladi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling