Agrokimyo kirish
MEVALI DARAXTLAR, TOK VA TUTNI O’G’ITLASH
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosilga kirgan mevali daraxtlar tomonidan yil davomida o’zlashtiriladigan oziq moddalar miqdori, kg/ga
- Mevali daraxt turi Hosil, t/g a N P 2 O
11.8. MEVALI DARAXTLAR, TOK VA TUTNI O’G’ITLASH
Olcha, gilos, olxo’ri kabi danakli mevali daraxtlaming ildizi urug’li mevali daraxtlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlanadi. Nokning ildizi boshqa mevali daraxtlaming ildiziga nisbatan tuproqning chuqur qatlamlariga kirib boradi. Mevali daraxtlaming ildiz tizimining tarqalish diametri ular tanasi diametridan 3—4 marta katta. Ko’p hollarda ildizning tarqalish diametrini aniqlashda daraxt yoshini 2 ga bo’lish usulidan foydalaniladi. Odatda, daraxtlaming tik ildizlari tuproq profili bo’ylab 10 m va undan ham chuqur ketadi. Mevali daraxtlaming rivojlanishiga tuproqdagi oson eriydigan tuzlar, birinchi navbatda Na ning konsentratsiyasi kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gilos, olcha, shaftoli, o’rik, olxo’ri va boshqalar mo’tadil, olma, nok, smorodina kabilar kuchsiz nordon muhitni talab qilsa, malina o’rtacha nordon muhitda ham yaxshi hosil beradi. Mevali daraxtlar hayotining turli davrlarida turli miqdorda oziq moddalarni o’zlashtiradi. Yangi hosilga kirgan paytda daraxt turiga qarab tuproqdan 6—44 kg azot, 2—7 kg fosfor va 6—35 kg kaliy o’zlashtirilsa, ulg’ayib borgani sari bu miqdor ortib boradi (11.8-jadval). (11.8-jadval) Hosilga kirgan mevali daraxtlar tomonidan yil davomida o’zlashtiriladigan oziq moddalar miqdori, kg/ga (O’zbekiston mevachilik, uzumchilik va vinochilik instituti)
R.R. Shreder nomidagi O’zbekiston bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti ma’lumoti bo’yicha olma 120 s/ga hosili hilan tuproqdan 80—85 kg azot, 25—30 kg fosfor va 85—90 kg kaliyni olib ketadi. Mevali daraxt urug’i ekiladigan maydonga kuzda 20—50 l miqdorda chala yoki to’la chirigan go’ng, 100—150 kg fosfor va 60—90 kg kaliy kiritiladi. Ekish bilan bir paytda gektariga 20 kg P2O5 berilsa, urug’lar tez va qiyg’os unadi. Bu davrda azotli o’g’it qo’llash salbiy natija beradi. Nihollar o’zini yaxshi tutib olgandan keyin (3—4 chin barg davri) gektariga 40—50 kg azot kiritib, birinchi qo’shimcha oziqlantirish, oradan 20—25 kun o’tgach shu me’yordagi azot bilan ikkinchi qo’shimcha oziqlantirish amalga oshiriladi. O’zini tutib olgan nihollar ikkinchi yilning bahorida 100—150 kg, iyun oyida 75—100 kg me’yorida azot (N) bilan oziqlantiriladi. Danakli mevalarning nihollari uchun bu me’yor 1/3 — 1/4 marta kamaytiriladi. Ko’chat uchun kovlanadigan o’raning kattaligi quyidagicha: olma va nok uchun 100—60—0,5; olcha, gilos va olxo’ri uchun 80—40—0,3; smorodina, malina va boshqa butasimonlar uchun 50—30—0,15. Bu yerda birinchi raqam o’raning enini (sm), ikkinchi raqam chuqurligini (sm) va uchinchi raqam hajmini (m3) ifodalaydi. 102-jadvalda bitta ko’chat o’rasi uchun belgilangan o’g’it me’yorlari keltirilgan. Agar ko’chat o’rasining hajmi oshirilsa, shunga mos ravishda o’g’it me’yori ham o’zgartiriladi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling