11.8.1-jadval
Bitta ko’chat o’rasi uchun belgilangan o’g’it me’yori, kg/ga
(O’zbekiston mevachitik, uzumchilik va vinochilik instituti)
O’g’it turi
|
Urug’li
mevalar
|
Danakli
mevalar
|
Butasimon
mevalar
|
Go’ng (to’la chirigan)
|
20-30
|
10-15
|
8-10
|
Ammiakli selitra
|
0,06
|
0,04
|
0,02
|
Kaliy sulfat
|
0,15
|
0,06
|
0,04
|
Superfosfat
|
1
|
0,4
|
0,2
|
Jami: oziq moddalar(sof
modda)
|
N-2 0
P-200
K-60
|
N -1 4
P-80
K-30
|
N -7
P-40
K – 18
|
Ko’chat o’ralariga yangi yoki chala chirigan go’ng tashlash maqsadga muvofiq emas, chunki ularning chirishidan tuproq qatlamlarida hosil bo’ladigan chala oksidlangan birikmalar ko’chatlarni tutib ketishini qivinlashtiradi. Shuningdek, kaliyli o’g’it sifatida kaliy sulfat topilmasa, kaliy xloriddan ham foydalanish mumkin.
Tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, bitta daraxt tanasi atrofida 1 kv. m yuzani o’g’itlash uchun 3—4 kg go’ng, 5—10 g azot, 4—10 g fosfor va 3—5 g kaliy lavsiya etiladi. Keltirilgan raqamlar gektariga 30—40 t go’ng va 30—100 kg sof oziq moddaga ekvivalentdir. Mevali daraxtlarga beriladigan o’g’it me’yori ularning yoshiga bog’liq ravishda o’zgartirib boriladi. Masalan, daraxtning yoshi 6 ga teng: u holda ildizining tarqalish diametri 3 m ga (6 : 2), yuzasi esa 7 kv m ga teng bo’ladi. Agar 1 kv.m yuza uchun 4 kg go’ng, 5 g azot, 5 g fosfor va 5 g kaliy lozim bo’lsa, 6 yoshIi daraxt uchun bu raqamlar 28 kg go’ng va 35 kg dan azot, fosfor, kaliyga to’G’ri keladi. Shu yo’l bilan turli yoshdagi mevali daraxtlar uchun o’g’it me’yorini hisoblash mumkin ( 11.8.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |