“Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/39
Sana02.09.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1672151
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
CHO’L ZONASI TUPROQLARI VA ULARDAN QISHLOQ jamshid

 
 
 
V BOB. 5. Voha taqirsimon tuproqlari. 
5.1. Voha taqirsimon tuproqlarining tarqalishi umumiy 
xususiyatlari
Voha taqirsimon tuproqlariga cho`l mintaqasining sug`oriladigan 
maydonlarida sizot suvlari juda chuqur qatlamlarda joylashgan
sug`oriladigan dehqonchilikda foydalaniladigan tuproqlar tipi kiradi. 
Voha taqirsimon tuproqlarining umumiy ko`rsatgichlari va alomatlariga 
quyidagilar kiradi: 
1.qatqaloqlanish jarayonlarining rivojlanishi; 
2.haydalma qatlam tuproqlarining nihoyatda yirik kesakliligi; 
3.suv-fizik xossalarining pasayishi 
4.qo`riq yer sifatida koldirilgan sug`oriladigan maydonlarda 
takirlanish jarayonlarining xosil bulishi. 
Yuqorida qayd etilgan barcha alomatlar voha taqirsimon tuproqlar 
tipini tipchalarga bo`lishda ularning sug`orishdan oldin va sug`orishdan 
keyin hosil bo`lgan tuproq hosil qilish jarayonlari taqqoslanadi. Birinchi 
navbatda sug`orish ta’sirida madaniy tuproqlar hosil bo`lish jarayonlari 
hisobga olinadi. Shu bois taqirli tuproqlar tipida voha taqirsimon 
tuproqlari tipchasi ajratiladi. 
Qadimdan sug`oriladigan va yangidan sug`oriladigan taqirli, sur 
tusli qo`ng`ir, o`tloqi-allyuvial, bo`z, o`tloqi-bo`z va boshqa tuproqlar 
tiplarining, shu tuproqlarning qo`riq analoglaridan asosiy farqi, 
o`zlashtirilgan maydonlarda madaniy tupro` paydo bo`lish jarayoning 
yuzaga kelishidandir. Ayni tuproqlarda sug`orish ta’sirida turli 
qalinlikda yangi agroirrigasion qatlam yuzaga keladi. 
Agroirigasion qatlamlarning hosil bo`lish natijasida sug`oriladigan 
tuproqlarning geyetik gorizontlarini morfologik tuzilishi, fizikaviy, 
kimyoviy,sug`oriladigan tuproqlar alohida tuproq tipiga ajratiladi. Voha 


44 
taqirsimon tuproqlari agroirrigasion qatlamning qalinligi 30 sm dan 300 
sm gacha va undan ortiqroq bo`lishi kuzatiladi. 
Agroiirigasion gorizontlarning hosil bo`lishi inson faoliyati va 
sug`oriladigan daryo suvlaridagi zarrachalarning miqdori hamda 
ularning loyqalanish darajasiga bevosita bog`lik bo`lib, tuproqlar 
kesmasidagi genetik gorizontlarning tuzilishi, belgilari va asosiy 
xossalarini tubdan uzgarishiga sabab buladi. 
Agroirrigasion katlamning asosiy rangi sursimon bulib, u daryo 
suvlaridagi muallak okiziklarning tarkibiga boglikdir. Masala. 
Surxondaryo muallak zarrachalarning rangi kungir, Zarafshonda esa 
kukimtir, Amudaryoda sur kungir tusdadщir. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling