Agrokimyoviy tahlil laboratoriya sharoitida o‘simlik, yem-xashak, tuproq, o‘g‘it, pestitsid va boshqalarning kimyoviy tar-kibini aniqlash
Download 21.5 Kb.
|
Agrokimyoviy tahlil
Agrokimyoviy tahlil – laboratoriya sharoitida o‘simlik, yem-xashak, tuproq, o‘g‘it, pestitsid va boshqalarning kimyoviy tar-kibini aniqlash. Agrokimyoviy tahlil agrofizik, mikro-biologik tadqiqotlar bilan birga tuproq unumdorligini oshirishga bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilishga yordam beradi. O‘g‘itlarni qo‘llash, almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o‘simliklarni sug‘orish rejimi va boshqalarni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilganda tuproq va o‘simliklarni Agrokimyoviy tahlil qilish orqali ularda sodir bo‘lgan sifat va miqdor o‘zgarishlarini aniqlash mumkin. O‘simliklar tahlili o‘simlik bilan tuproq, o‘simlik bilan o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish uchun za-rur usuldir. O‘simlikning vegetativ organlari va hosili tarkibidagi azot, fos-for, kaliy va boshqa oziq elementlarining miqdorini tahlil kilish tuproqdagi oziq moddalarning hosil bilan chiqib ketgan miqdorini aniqlashga yordam be-radi. Tuproqdagi oziq moddalarning chiqib ketgan miqdori o‘g‘itlarning asos-langan me’yorlarini belgilashda juda muhim. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar tuproqni tahlil qilish bilan birga tuproq – o‘simlik tizimida oziq moddalar ba-lansini hisoblashda ham zarur. Odatda ko‘pincha o‘simliklarda quyidagilar: azot, oqsil, aminokislotalar, fosfor, mineral va organik fosfatlarning umu-miy miqdori hamda ularning eng muhim tuzlari, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir, bor, marganes, mis, molib-den, rux, kobalt, yod va boshqa aniqlanadi.O‘simliklar Agrokimyoviy tahlil o‘simlik xom ashyosi (materiali)ni quruq hamda ho‘l kuydirish orqali amalga oshiriladi. Quruq kuydirishda kul elementlarining umu-miy miqdori aniqlanadi, kulni erit-maga o‘tkazib, bir qator elementlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Ho‘l kuydirishda o‘simlik xom ashyosini vodorod peroksid yoki perxlorat kislota – oksidlovchi hamda katalizatorlar (selen, rux kukuni va boshqalar) ishtirokida sulfat kislota bilan parchalash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi. Bunday usulda bir yo‘la o‘simliklarning barcha oziq moddalari – azot, fosfor, kaliy va boshqa miqdorini ham aniqlash mumkin. O‘simlikdagi azotning umumiy 160miqdori Keldal yoki Keldal – Iodlbauer usuli bilan aniqlanadi. Bu usul o‘simlik xom ashyosini konsentrlangan sulfat kislota yoki sulfat kislo-taning fenol bilan aralashmasi yordamida parchalab, keyinchalik haydash orqali azot birikmasini aniqlashga asoslangan. O‘simlik quruq yoki ho‘l kuydirilganda undagi fosfor kalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bunda fosfat ionlarining kaliy xlorid ishtirokida ammoniy molibdat bilan rangli (havo-rang) birik-ma hosil kilish xususiyatidan foyda-laniladi. O‘simlikdagi kalsiy va magniy miqdori kalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, o‘simlik ho‘l kuydirilgandan so‘ng undagi kalsiy, magniy, kaliy va natriy miqdorini alangali fotometriya usuli bilan oson hamda tez aniqlash mumkin. O‘simliklar Agrokimyoviy tahlil ida alangali fotometriya, spektrome-triya va polyarografiya usullaridan keng foydalaniladi. O‘simliklar tahlili ularning o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashda tobora keng qo‘llanilmoqda. Keyingi vaqtda yangi uzilgan o‘simlik namunasi tarkibidagi mineral oziq moddalar miqdorini aniqlash keng tarqaldi. Dala sharoitida o‘simlik sharbati tarkibidagi oziq elementlarining kimyoviy tahlili yoki uning kes-malarida kuzatiladigan mikroreaksiya orqali o‘simliklar oziqlanishini na-zorat qilishning bir qator usullari ishlab chiqilgan. O‘simliklarning azot bilan oziqlanishini aniqlashda Davtyan usuli, Magnitskiyning soddalashtirilgan kimyoviy tahlil usuli, Serlingning o‘simliklar kesmalarida nitratlar, am-miak, fosfor va kaliyni aniqlash usuli va boshqa shular jumlasidandir.O‘g‘itlar tahlili o‘g‘it tarkibida o‘simlik o‘zlashtira oladigan oziq elemen-ti miqdori, oziq elementining umumiy miqdori, turli qo‘shimchalarning mavjudligi, suv miqdori, o‘g‘itlar reaksiyasi, o‘g‘itlarning fizik xususiyatlari va sochiluvchanligi hamda o‘g‘itlar donadorligi (granulasi)ning mustahkamligini aniqlashda qo‘llaniladi. Azotli o‘g‘itlar tahlili ammiakni formalin biriktirib, organik birikma – geksametil-tetramin hosil qilishiga va ajralib chiqqan kislotani titrlashga asoslangan. Ammiak va nitratli o‘g‘itlar suvli erit-masining tahlili xuddi o‘simliklarda umumiy azot miqdorini aniqlagandek, ishqor yordamida haydash usuli bilan o‘tkaziladi. Fosforli o‘g‘itlar tahlili tegishli erituvchi yordamida fosfat kis-lotani ajratib olib, R2O5 miqdorini aniqlashdan iborat. O‘g‘itlar tarkibiga qarab turli erituvchilar qo‘llaniladi. Hosil qilingan eritmalarda P2OSni ishqoriy muhitda magnezial eritma bilan magniy ammoniy fosfatning ikkilamchi tuzi holida cho‘ktirib (Betxer – Vagner usuli) yoki ammoniy fosfat, molibden oksidi va suvdan iborat kompleksli tuzni molibdat ammoniy bilan cho‘ktirib (Lorens usuli) aniqlash mumkin. Kaliy-li o‘g‘itlar tahlili kaliyni eritmadan natriy kobaltnitrit hamda perxlorat kislota yoki geksaxloroplatinat kislota yordamida cho‘ktirish usuli orqali amalga oshiriladi. Tanlab olingan tahlil usuliga kura kaliy og‘irlik yoki hajmiy usulda aniqlanadi.Tuproqning agrokimyoviy tavsifi uchun suvda eriydigan tuzlar tahlili, umumiy chirindi, yalpi azot, fos-for hamda azot, fosfor va kaliyning harakatchan birikmalari miqdori, alma-shinish sig‘imi va undagi singdirilgan asoslar tarkibi kabi ma’lumotlar zarur bo‘ladi Download 21.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling