Agrologistika va biznes fakulteti 4-94 guruh talabasi Doniyorov Elbek G'ofur o'g'liga
Download 41.35 Kb.
|
2 5271836643739836201
Xulosa va takliflar
Boshqaruvni tarmoq tamoyili bo`yicha amalga oshiruvchilar uchun zamonaviy axborot tеxnologiyalarini qo`llash tarmoq axborot tizimlarini barpo etishga olib kеladi, axborot, ma`lumotlar banki va bazasini qayta ishlash tizimini o`zida namoyon etadi. Bu tizimlar shaxsiy kompyutеr lokal hisoblash tarmoqlari bazasida yaratiladi. Tarmoq axborot tizimida axborotni to`plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish amalga oshiriladi. Mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri aholiga xizmat ko`rsatish tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishishning ustuvor yo`nalishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar tomonidan mijozlarga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifati, yangi bosqichga ko`tarilishini ta`minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi. Ko`plab rivojlangan mamlakatlarda tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investisiyalar jalb etilishiga, yangi ish o`rinlari tashkil etilishiga, ilg`or texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot ayirboshlashda, chekimlar qisqartirilishiga bozor qatnashchilari o`rtasida bitishuvlar sodir etilishiga ko`maklashishini ko`rsatadi. O`zbekistan sharoitida korxona boshqaruvini axborot bilan ta`minlashning o`ziga xos xususiyatga ega va bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Muammoli masalalar o`rganildi, bular: Korxona boshqaruvida kommunikatsiya va internetning ahamiyati; Korxona boshqaruvida axborotlar tizimi va uning bo`g`inlari; Korxona boshqaruvida xujjatlarni yuritish jarayonining ahamiyati; Bu muammolarni, o`rganishda barcha qirralar o`rganilib va bu muammolar echimi ko`rsatildi. Xulosa sifatida, hozirgi kunda korxona boshqaruvini axborot bilan ta`minlash manbalari va axborot tizimi zamon talabiga javob berilishi lozimdir. Agarda korxona axborot bilan ta`minlash manbalari eskirgan bo`lsa, unda korxona boshqaruvini axborot bilan ta`minlash mushkul bo`ladi. Bu muammoni hal qilish korxonaning rahbariga yuklatilgan. Rahbar o`z imkoniyatlariga qarab korxonaga yangi zamon talabiga mos kompyutor va texnikalarni o`z vaqtida sotib olishi, ishchilar o`rtasida kerakli anjuman va treninglar olib borishi kerakdir. Hozirgi kunda, Zamonaviy korxonalarda raxbar tomonidan yuqorida aytilgan ishlarni texnika va komukatsion menejerlar bajarishadi. Buning qulay tomoni shundaki, bu menejerlar kerakli malumot va anjomlarga egadir. Hozirgi davrda korxonalarning turli bo`linmalari faoliyatini boshqarish, eng avvalo tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish turli-tuman axborotlarga bog`liq. Axborotlarning xilma-xilligi har bir boshqaruv ob`ektining faoliyati ko`p tomonlamaligi bilan, boshqaruv sohalari ham turli-tumanligi bilan belgilanadi. Bular esa pirovard natijada ishlab chiqarish jarayonlari miqyosining kattaligi, o`ta murakkabligi va davom etish sur`atlarining yuqoriligi bilan bog`liqdir. Boshqaruv axborotlari o`ta turli-tuman bo`lganligi tufayli mazkur boshqarish qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur va yetarli axborotni tanlab olish ancha qiyin. Barcha axborotlarni o`ziga xos belgilariga qarab tur va guruhlarga ajratish, ya`ni klassifikatsiya qilish yoki tasniflash, bu qiyinchilikni bartaraf etish yoki bir oz yengillashtirishga ma`lum darajada yordam beradi. Download 41.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling