Agrologistika va biznes fakulteti 4-94 guruh talabasi Doniyorov Elbek G'ofur o'g'liga


Download 41.35 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi41.35 Kb.
#1550488
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5271836643739836201


Agrologistika va biznes fakulteti
4-94 guruh talabasi
Doniyorov Elbek G'ofur o'g'liga

Tavsifnoma


Doniyorov Elbek G'ofur o'g'li 12.12.2022 dan 23.12.2022 gacha 09.01.2023 dan 03.02.2023gacha “Oqtepa Sohil Bo’yi” MChJ da amaliyot o'tadi. U mehnatsevarligi, ishga mas'uliyat bilan yondashishi, o'z bilim-ko'nikmalarini oshirishga intilishi bilan raxbariyatning e'tiborini qozondi.


Amaliyot davomida barcha bo'limlardagi ishlar bilan tanishib chiqdi. Boshqa xodimlar bilan ham tezda chiqishib ketdi. Ularga qiziq mavzular bo'yicha o'z taklif-mulohazalarini bildirdi.
Doniyorov Elbek sohasida o'z o'rniga ega mutaxassis bo'ladi deb ishonamiz.
Tavsifnoma Agrologistika va biznes fakultetiga topshirish uchun berildi.

Ijrochi direktor Qobiljonov I.


……………………………………………………………..………….2

  1. “Oqtepa Sohil Bo’yi” xususiy korxonasi faoliyati……………………....…...3

  2. “Oqtepa Sohil Bo’yi” korxonasi buxgalteriyasi ………………….………………………...……………………………………..6

  3. “Oqtepa Sohil Bo’yi” korxonasi marketing strategiyasi………………..……9




  1. Marketda oziq-ovqat xavfsizligi…………………..………………………..14

Xulosa va takl…………………………..……………..........…19
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………..…………..........…..22
Ilovalar.............................................................................................................24
Kirish

Yurtimizda tadbirkorlik ishlari kun sayin keng quloch yozib, yangi-yangi bino va inshootlar, ko`p qavatli turar joylar, madaniy-maishiy obyektlar, marketlar, supermarketlar va boshqa obyektlar jadal sur`atlar bilan qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari ham keng ko`lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Shu qatorda yurtimizning istalgan joyida oziq-ovqat marketlarini ko’rishimiz mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qaroriga quyidagilar ta`kidlab o`tilgan;Prezident Shavlat Mirziyoyev “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.
Shu bilan birga, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltiriladi.
Bunda, ajratiladigan mablag‘larning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa, shaharlarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo`yilgan vazifa va topshiriqlarni so`zsiz bajarish, sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish yo`nalishini yanada rivojlantirish maqsadida, yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qurilish materiallarining kam resurs va energiya talab etadigan zamonaviy turlarini ishlab chiqarishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo`luvchi yangiliklarga boy bo`lmoqda, jadal sur`atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog`idan biri hisoblangan ko’p tarmoqli supermarketlarga yanada ko`proq ehtiyoj sezilmoqda.
Darhaqiqat, tadbirkorlik sohasida ham axborot texnologiyalarini qo`llagan holda ko`rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir.

Download 41.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling