Agrologistika va biznes


Fosforli o‘g‘itlar: olinishi, xossalari , qo‘llanilishi


Download 80.01 Kb.
bet8/13
Sana08.01.2022
Hajmi80.01 Kb.
#242328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi 3- bosqich k.t.f.x.b orginal

Fosforli o‘g‘itlar: olinishi, xossalari , qo‘llanilishi

YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, fosforli o‘g‘itlar apatitlar va fosforitlardan olinadi. Fosforitlar o‘z tarkibida fosfat minerallardan tashqari bir yarim oksidlar, qum, loy kabi qo‘shimchalarni tutadi. Tarkibida bir yarim oksidlarning bo‘lishi fosforitlarni qayta ishlash jarayonida ko‘p miqdorda kislotani ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi. SHu bois fosforli o‘g‘itlar olishdan oldin xom ashyo qayta ishlanadi yoki boyitiladi. Xom ashyoni qayta ishlash qo‘yidagi usulda amalga oshiriladi: maydalangan jins suv bilan aralashtirilib, bo‘tana hosil qilinadi va reagent sifatida olein kislotaning kerosin yoki eruvchan oyna bilan aralashmasi qo‘shiladi (1 t jinsga 1 kg miqdorda).

Pulpa orqali yuboriladigan jadal havo oqimi ta’sirida apatit zarrachalari ko‘pik holida yuzaga qalqib chiqadi. Nefelin idishning tubida qoladi va suv oqimi yordamida ajratib olinadi.Undan nordon tuproqlarda kaliyli o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. Nefelindan ajratib, boyitilgan apatit konsentrati tarkibida 39-40 % R2O5 bo‘lib, u dunyoda eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi.Fosforli o‘g‘itlarni eruvchanligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab uchta guruhga bo‘lish mumkin:

1. Suvda yaxshi eriydigan fosforli o‘g‘itlar - oddiy superfosfat va qo‘sh superfosfat.

2. Suvda kamroq, lekin kuchsiz kislotalarda yaxshi eriydigan o‘g‘itlar - pretsipitat, tomasshlak, ftorsizlantirilgan fosfat, ter mofosfatlar.

3. Suvda umuman erimaydigan, kuchsiz kislotalarda ham kam miqdorda eriydigan fosforli o‘g‘itlar - fosforit uni, suyak talqoni.

Donadorlashtirilgan superfosfatning tuproq bilan ta’sirlashish yuzasi kamayadi va fosforning kimyoviy bog‘lanishi susayadi. Kukunsimon superfosfatni namlab, aylanuvchan barabanda quritish yo‘li bilan donador superfosfat (donachalarining diametri 1-4 mm) olinadi.Uning tannarxi birmuncha qimmat bo‘lsada, samaradorligi jihatidan kukunsimon superfosfatga nisbatan muayyan ustunlikka ega. Donador superfosfat tarkibida namning kamligi(1-4 %), o‘zlashtiriladigan fosfor (R2O5)ning ko‘pligi (19,5-22 %), nordonlik darajasining pastligi (1-2,5 %), va fizikaviy xossalarining yaxshiligi bilan kukunsimon superfosfatdan ajralib turadi.Donador superfosfatni urug‘, kartoshka tugunaklari va ko‘chatlarning ildizi atrofiga solish yaxshi samara beradi. Bunday usulda qo‘llanilgan 1 s donador superfosfat 3 s kukunsimon superfosfatning o‘rnini bosadi.qo‘sh superfosfat. qo‘sh superfosfat oddiy superfosfatdan tarkibida gips bo‘lmasligi va shu bois R2O5 miqdorining ko‘pligi (42 -49 %) bilan farqlanadi.

Qo‘sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Konsentrlangan va tashish oson bo‘lgan bu o‘g‘it ayniqsa zavodlardan uzoqda joylashgan viloyatlar tuproqlari uchun ahamiyatlidir.

Qo‘sh superfosfatning kimyoviy va fizikaviy xossalari, ishlatilishi va samaradorligi oddiy superfosfatga yaqin. Faqat uni oltingugurtga o‘ta talabchan ekinlar (masalan, butguldoshlar va dukkaklilar)ga muntazam ravishda qo‘llab bo‘lmaydi. Lozim bo‘lsa, qo‘sh superfosfatni tarkibida oltingugurt mavjud o‘g‘itlar [(K2SO4, (NH4)2SO4 ] bilan birga qo‘llash yoki tuproqqa qo‘shimcha gips kiritish kerak.


1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling