Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chigarish vositalari ishlab chiqaruvchi sohaning tarkibi


Dehqon xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 54.54 Kb.
bet6/8
Sana03.12.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1799817
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
agrosanoat jb

Dehqon xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Dehqon xo’jaligi oila mehnatiga asoslangan, asosan xonadon iste’moli uchun va mayda tovar qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklardir. “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan qonunining 1-moddasida dehqon xo’jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalikqilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi”.Dehqon xo’jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda. Dehqon xo’jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi mumkin. Yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo’jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy ravishda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga badallar to’lab borishlari mumkin. SHunday hollarda Pensiya jamg’armasining tuman bo’limlarida ularga mehnat daftarchasi belgilangan tartibda yuritiladi. Dehqon xo’jaliklari qishloq aholisini ijtimoiy foydali mehnatga va tadbirkorlikka jalb etish yordamida qishloq joylardagi (aholi uy xo’jaligidagi) resurslardan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilmoqda. Dehqon xo’jaliklari aholining ish bilan bandligini oshiradi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’payishiga olib keladi. Natijada, mamlakatning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini oshiradi va oziq-ovqat xavfsizlini ta’minlashda ijobiy rol o’ynaydi. Dehqon xo’jaligi qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega. Bu afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. ishlab chiqarish hajmining kichikligi tufayli bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga nisbatan tez moslashadi hamda ko’p mablag’ sarflamay, o’z faoliyati yo’nalishlarini qayta tashkil eta oladi;
2. xalqimizda qadimdan shakllanish kelayotgan dehqonchilik madaniyatini avloddanavlodga o’tkazish imkonini beradi;
3. oila a’zolari mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar va bolalar mehnatidan ham unumli foydalanish imkonini yaratadi;
4. xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mulkdan (erdan) samarali foydalanish uchun imkon beradi;
5. yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi rolini o’ynaydi.



Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling