Agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chigarish vositalari ishlab chiqaruvchi sohaning tarkibi


Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati


Download 54.54 Kb.
bet7/8
Sana03.12.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1799817
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
agrosanoat jb

Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati
Qishloq ho’jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
 mamlakatmizni oziq-ovqat fondini shakllantiradi;
 yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini, xavfsizligini ta’minlaydi;
 qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun homashyo yetkazib
beradi;
 aholini ish joylari bilan ta’minlaydi.
Bugungi kunda mamlakat yengil va to’qimachilik sanoatida ishlatilayotgan tolaning 70 foizidan ortiqrog’i o’zimizda ishlab chiqarilgan paxta tolasi hisobiga qondirilmoqda. Qolgan 30 foizga yaqin qismi jun, kanop, pilla va kimyoviy tolalarga to’g’ri keladi. Mamlakat iqtisodiyotida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining ulushi yildan yilga kamayib bormoqda.Respublikaning meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat to‘liq mahalliy xomashyo mahsulotlari evaziga ishlaydi. Sut va go‘shtni qayta ishlash sanoati ham mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlar hisobiga faoliyat ko‘rsatadi. Yog‘-moy sanoatining xomashyolari asosan o‘zimizda yetishtiriladi. Faqatgina o‘simlik moyining ayrim turlarini xorijdan keltirilgan xomashyodan ishlab chiqariladi. Masalan, mamlakat aholisi iste’mol qilayotgan yog‘- moylarning sifati, assortimenti boy bo‘lishi uchun chetdan soya keltirmoqda. Albatta, bu jami yetishtirilayotgan yog‘-moyning juda kam qismini tashkil etadi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotdagi o‘rni juda katta. 2022 yil ma’lumotlari bo‘yicha mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (888.3 trln so‘m)ning 25.1 foizi (364.5 trln.so‘m) shu tarmoqning ulushiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tarmoqda faoliyat yuritayotgan dehqon va tomorqa xo‘jaliklarini ulushi 62.2 foiz, fermer xo‘jaliklarini ulushi 31.4 foizni va boshqa qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi 6.4 foizni tashkil etadi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan erkin harakatdagi qattiq valyuta tushumining yarmidan ko‘prog‘i shu tarmoq mahsulotlarini eksport qilishdan olinadi. Mamlakatda yetishtiriladi gan oziq-ovqatning 98 foizidan ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ishlab chiqariladi. Aholining 60 foizidan ortiqrog‘i qishloq joylarda yashaydi. Halqimizning asosiy kismini turmush farovonligi darajasi aynan shu soha bilan bevosita bog‘liq xisoblanadi, chunki qishloq aholisini ish bilan ta’minlanishi qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq. Bugungi kunda iqtisodiyotda band bo‘lgan mehnat resurslarining 30 foizdan ko‘prog‘i qishloq va o‘rmon xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatadi.


Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling