Barchamizga ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng juda ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi, o’z fuqarolari turmush sharoitini yaxshilash uchun ko’pdan ko’p islohotlar o’tkazdi


Download 196.33 Kb.
bet1/7
Sana22.01.2023
Hajmi196.33 Kb.
#1108520
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdugaforov A.


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ
ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ


ИҚТИСОДИЁТ ФАКУЛЬТЕТИ СИРТҚИ ТАЪЛИМ



ИҚТИСОДИЁТ (ТАРМОҚЛАР ВА СОҲАЛАР БЎЙИЧА)”


таълим йўналиши 5-курс (ўзбек) талабаси


________________________________________________нинг


____________________________________________ фанидан
НАЗОРАТ ИШИ (ОН,ЯН)


Рўйхатга олинди №__________


Манзил: ___________________________________________
Телефон: __________________
Электрон манзил:
ТОШКЕНТ-2022

Kirish




  1. Bozor iqtisodiyoti va uning mazmuni



  2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi borasidagi iqtisodiy nazariyalar

Bozor iqtisodiyotini boshqarish usullarining tahlili
Pandemiya sharoitida iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng juda ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi, o’z fuqarolari turmush sharoitini yaxshilash uchun ko’pdan ko’p islohotlar o’tkazdi. Bular ichida o’z milliy iqtisodiyotimizga tamal toshini qo’yish alohida o’rin egallaydi. Mustaqil iqtisodiyotni ta’minlash bozor asosidagi iqtisodiyotni yaratish orqali amalga oshdi. Shunga asosan, bundagi asosiy yo’l bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish bo’ldi. Iqtisodiy rivojlanish muammolarini ma’lum darajada hal etib, iqtisodiyotning porloq kelajagini ta’minlay oladigan yo’l bozor usuli ekanligi, mamlakatimiz uchun bundan boshqa samaraliroq va mosroq iqtisodiy tizim, yo’l yo’qligi ayni haqiqatdir.


Shunga ko’ra bozor iqtisodiyotining mohiyati, shakllari, qonuniyatlari va bulardagi bor xususiyatlar kabilarni aniqlash, o’rganish, ularni tahlil qilish va uni tartibga solish usullarini ishlab chiqish hozirgi iqtisodiy amaliyotimiz uchun juda dolzarb vazifadir.
Bozor iqtisodiyoti o’zining obyektiv qonunlari hamda o’zini tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatroda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularing eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munoabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklarning kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, infilyatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo’ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblash zarur bo’ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi tatiblashning bozor mexanizini uyg’unlashtirishni taqazo etadi.
Biz bozor iqtisodiyoti tizimida ekanmiz, bizor iqtisodiyoti tizimi mexanizmlari, qonuniyatlari va kategoriyalarini o’rganish, uning mohiyatini anglash biz uchun doim ahamiyatli va birlamchidir. Bu esa mavzuning naqadar muhim va dolzarb ekanligining yaqqol isbotidir.
Prezidenimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek: “Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu – Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi”1

Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va iqtisodiy nazariyalar


Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib, resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir.
Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilma-xil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining, chunonchi xususiy individual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotida har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx
talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bu holatni quyidagi chizmada yaqqol ko’rishimiz mumkin.


Q D





S
P
1-chizma: Muvozanatli narx
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqidan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻ-lkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehr-shafqat va xayr-ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat qiladi va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari 4 guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori), davlat va banklar.
Uy xo’jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchiJar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehti- yojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori — bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.

2-chizma: . Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyida gilardan iborat:


-turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri bu mulkchilikning xilma-xilligidir. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasiga yo’l qo’yilmaydi
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri bu uning o’zini o’zi tartibga solib turishidir. Adam Smit2 aytganidek, bozor iqtisodiyotini shunday mexanizm boshqarib turadiki u orqali iqtisodiyot o’zining barqaror holatini saqlaydi. Bu mexanizm bozor mexanizmidir. Bu mexanizm 4 ta dastakdan iborat: talab, taklif, narx hamda raqobat. Bu 4 ta dastak iqtisodiyotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridir. Buni Adam Smit o’zing “ko’rinmas qo’l” nazariyasida isbotlab bergan. Bu 4 ta dastak bir-biriga shu darajada chambarchas bog’liqki, birini birisiz mukammal tasvirlab bo’lmaydi. Narx talab va taklif nisbatini shakllantiradi. Talab va taklif orqali esa muvozanat narx tashkil topadi. Raqobat esa mana shu uchchala omilni doimo mukammal darajaga qarab intiltiradi.

Download 196.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling