Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari
Download 52.97 Kb.
|
3-mavzu. Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifal
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi.
AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYATI, TARKIBI VA VAZIFALARI Reja: 1.Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi. 2.Agrosanoat majmuasi tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish munosabatlari. 3.Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi. 1.Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi ko’p jihatdan boshqa tarmoqlar ishlab chiqarish faoliyatiga chambarchas bog’liq. Sababi, bir tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab chiqarish vositasi yoki xom-ashyosi bo’lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta ishlash yoki mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish xizmatini vujudga keltiradi. Qishloq xo’jaligi bir tomondan, texnika, qishloq xo’jaligi mashinalari, yoqilg’i moylash materialllari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, qurilish materiallari va transport vositalari yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog’langan. Bundan tashqari, qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalanuvchi, sanoatning oziq-ovqat, yengil, to’qimachilik kabi tarmoqlari bilan ham mustahkam aloqa mavjud. Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida bunday aloqadorlik ular bazasida, organik jihatdan aloqador bo’lgan va yagona pirovard maqsadga qaratilgan agrosanoat majmui shakllanishuvini vujudga keltiradi. Shunday qilib, agrosanoat majmui qishloq xo’jaligini rivojlantirish bilan, uning ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’langan iqtisodiyot tarmoqlarining to’plamidan iboratdir. Uning faoliyati minimal xarajatlar hisobiga mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan to’laroq qondirishga qaratilgan. Agrosanoat majmuining asosiy ijtimoiy – iqtisodiy maqsadi quyidagilardan iborat: Mamlakatning oziq-ovqat muammosini hal qilish va unga bo’lgan iste’molni ilmiy asoslangan me’yorlarga yaqinlashtirish; Aholini qishloq xo’jaligi xom–ashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat bo’lmagan tovarlarga bo’lgan talabini qondirish; Agrosanoat majmui korxonalarini rivojlantirishning intensiv shakliga o’tkazish va shu asosda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni o’stirishni ta’minlash; Barcha tarmoq va korxonalarda mavjud resurslar salohiyati(potensiali)dan foydalanishni yaxshilash va shu asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; Tashqi savdo oboroti strukturasini, oziq-ovqat mahsulotlarini ko’proq chetga chiqarish hisobiga o’zgartirish. Agrosanoat majmui o’z ichiga uchta sohani qamrab oladi: Download 52.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling