Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari


Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi


Download 52.97 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2023
Hajmi52.97 Kb.
#1641019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu. Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifal

3. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi


Iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Iqtisodiy xavfsizlik deganda, mamlakatdagi ishlab chiqarishning shunday holatini tushunish kerakki, qaysiki, unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va iqtisodiyotning mustaxkam rivojlanishi tashqiomillarning mavjudligi va harakatiga bog’liq bo’lmagan holda, ta’minlanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakatni mavjud salohiyatlar, resurslar bilan ta’minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga bog’liq bo’lmagan holda, ilmiy jihatdan asoslangan tibbiy me’yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlariga kafolatlash demakdir. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash potensial xavfning aniq va istiqboldagi holati, shuningdek aholini oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlashning samarali sistemasini yaratish to’g’risidagi bilimlarni yuzaga keltiradi.
Oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlash – bu davlatning ichki extiyojini oziq-ovqatning barcha turlari hamda alohida maxsulot turlari bilan ham ta’minlash, qoplash qobiliyatidir.
Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va bilvosita yo’qotishlar bo’lib, u quyidagilar bilan bog’liq:

  • Ta’minlovchi tarmoqlar va agrosanoat majmui tizimlari va elementlarining buzilishi;

  • Oziq-ovqat maxsulotlariga oshirilgan baholar bo’yicha import to’lovlari;

  • Mehnatga yaroqli aholining kamayishi hisobiga mehnatning iqtisodiy samaradorligining pasayishi.

Oziq-ovqat qaramliligi va oziq-ovqat mustaqilligi. Mamlakatda oziq-ovqat qaramliligi shunday holatda vujudga keladiki, unda jamiyat o’z oziq-ovqat xavfsizligini o’zi mustaqil hal qilish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. U qishloq xo’jaligi, sanoat va transport kabi tarmoqlar majmuining buzilishiga, shuningdek zaruriy oziq-ovqat maxsulotlari importiga mamlakat iqtisodiyotining to’lovqobiliyatli emasligiga asosiy sabab bo’ladi. Oziq-ovqat qaramliligining paydo bo’lishi uchun asosiy sharoit davlatning xususiy ishlab chikaruvchilarni qo’llab quvvatlamasligi va oziq-ovqat maxsulotlari importining haddan tashqari ko’payib ketishi bo’lib hisoblanadi.
Oziq-ovqat mustaqilligi bu aholini o’rnatilganovqatlanish me’yorlari bo’yicha oziq-ovqatlar bilan ta’minlash uchun energiya, yer resurslari, qishloq xo’jaligi mashinalari, moddiy resurslarning strategik zaxiralari mavjudligini taqozo qiladi. Uni amalga oshirish uchun agrosanoat majmui aholining asosiy oziq-ovqat maxsulotlari turlariga bo’lgan talabini zaruriy miqdorda va assortimentda mustaqil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va ta’minlashga qodir bo’lishi kerak.

Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling