Agrosanoat majmui. Agrobiznes
Download 35.63 Kb.
|
AGROSANOAT MAJMUasi agrobiznes (aim.uz) (1)
Monopol renta alohida tabiiy-iqlim sharoitiga ega bo’lgan, o’ta noyob mahsulot yetishtiriladigan yer uchun uning egasiga to’lanadigan rentadir. Faqat ana shunday yerlarda kamyob mahsulotlar (masalan, choy, kofe, sitrus o’simliklari mevasi, maxsus yog’och - qizil yog’och) yetishtiriladi. Ularga talab katta bo’lgani holda taklif oz bo’ladi, chunki ularni ishlab chiqarish maxsus, kam uchraydigan yer iqlim sharoitini talab qiladi. Mazkur tovarlar taklifi o’zgaruvchan (elastik) bo’lmaydi, chunki narxning o’zgarishi ularni oz yoki ko’p ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. Shu boisdan kamyob mahsulotlar monopol narxda sotiladiki, bu narx ularni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan ancha yuqori bo’ladi, natijada yer egalari monopol renta olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bunday renta sharoiti nayob yerlar uchun boshqalarga qaraganda yuqori ijara haqi belgilanishida ifoda etiladi. Mazkur renta yo’qolishi ham mumkin, chunki fan-texnika taraqqiyoti tufayli ayrim yerlar o’zining noyob xususiyatini yo’qotadi, bunday yerlarda yetishtiriladigan mahsulotlarni boshqa yerlarda ham yetishtirish imkoniyati paydo bo’ladi, bunga mos navlar yaratiladi, sun’iy iqlim sharoiti yaratiladi va hokazo.
Ilgarilari limon faqat maxsus iliq dengizlar qirg’og’idagi yerlarda yetishtirilgan. Shu boisdan mazkur yerlar monapol renta bergan. Fan-texnnka rivoji tufaydi limon O’zbekistonda ham yetishtirila boshlandi, binobarin, bu bilan maxsus dengiz bo’yi yerlarining monopol holati tugatildi. Avval hurmo faqat Surxondaryoda yetishtirilgan edi. Uning boshqa yerlarda ham o’sadigan navlarining paydo bo’lishi Surxon vohasining shu sohadagi monopoliyasini cheklab qo’ydi. Yer undirma sanoat uchun ham eng (muhim resurs hisoblanadi. Yer qa’ridagi boyliklar uning qadrini oshiradi, chunki yer osti boyliklari bo’lmasa, undirma sanoat ishlay olmaidi. Yerning mulk bo’lishi va boylikka egaligi undirma sanoatda ham renta bo’lishini taqozo etadi. yerda boylik bo’lganidan yer egalariga renta to’lashadi, aks holda bu boylik ishlanmaydi. Qazilma boylikni yerdan ajratib bo’lmaydi, uning ustidagi va ostidagi boylik yer bilan birgalikda mulk bo’lada. Mulk egasiga, undan foydalanganlik uchun tadbirkorlar renta to’laydilar. Undirma sanoatdagi renta tuproq hosildorligiga emas, balki yer qa’ridagi qazilma boyliklarga, ularning sifatiga, qazib olish xarajatlariga bog’liq bo’ladi. Shubhasiz, sayoz joylashgan, tarkibi boy, geologik sharoiti yaxshi, tashib olish oson boyliklar mavjud yerdan katta renta olinadi, chunki boyliklarni undirib, qayta ishlash kam xarajat talab etadi. Qurilish uchastkalari uchun ham renta to’lanadi. Bino-inshootlar muallaq turmay, yer ustida qad ko’taradilar. Qurilish dehqonchilik va sanoatga nisbatan yerni ishlatishning muqobil usulidir. Qurilish uchun to’lanadigan renta yerni boshqa usulda ishlatishdan keladigan rentadan ko’p bo’lgan taqdirdagina yer qurilish uchun ijaraga beriladi. Qurilish uchastkasidan undiriladigan renta miqdori faqat tuproq sifatiga emas, balki yerning joylashuv o’rniga ham bog’liq. Agar, yer qanchalik shahar markazida, ekologik sharoiti yaxshi bo’lsa, yoxud u kommunikatsiyalar (trasport, aloqa vositalari, yo’llar, suv va issiqlik quvurlari va h. k.) bilan yaxshi ta’minlangan bo’lsa, renta shunchalik yuqori bo’ladi, chunki bular qurilish xarajatlari va qurilgan bino-inshootlarni ishlatib turish sarfini qisqartiradi. Renta o’z turlaridan qat’iy nazar uni to’lovchilar uchun xarajat bo’lsa, yer egalari uchun daromad bo’ladi. U bir jihatdan doimiy xarajatlarni shakllantirsa, ikkinchi jihatdan odat’iy belgilangan daromadni tashkil etadi. Yerga talab uning taklifidan har doim ko’p bo’ladi. Uni nafaqat dehqoichilik, balki sanoat, transport, uy-joy, madaniy-maishiy qurilish ham yuzaga keltiradi. Yerni qishloq xo’jaligi yuritishdan boshqacha, muqobil ishlatish doirasining kengayishi, unga bo’lgan talabni muttasil oshirib boradi. Download 35.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling