Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


 Kichik shamol energetikaning iqtisodiyoti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

10.3. Kichik shamol energetikaning iqtisodiyoti 
 
Individual hujaliqlarni elektr energiya bilan ta’minlashda SHEQlarni qо‘llash, ya’ni 
kichik energetikani keng joriy qilishga о‘ziga xos bir qator tо‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud. 
1) Invertorning yuqori narxi – butun qurilmaning narxidan 50%-ni tashkil etadi. 
SHEQdan olinadigan о‘zgaruvchan yoki о‘zgarmas tokni ~220 V 50 Gs-ga о‘zgartirish va 
generator parallel ishlaganda uni tashqi tarmoq bilan faza bо‘yicha sinxronlashtirish uchun 
qо‘llaniladi. 
2) Akkumulyatorli batareyalarning yuqori narxi - qurilmaning narxidan 25%-ni tashkil 
etadi. Tashqi tarmoqdan ta’minot bо‘lmaganda yoki vaktincha yо‘q bо‘lib turganda uzluksiz 
manbai sifatida foydalaniladi. 
3) Ishonchli elektr ta’minotini ta’minlash uchun bunday qurilmalarga ayrim hollarda 
dizel-generator talab etiladi, uning narxi esa butun qurilmaning narxi bilan bir qatorda. 
SHEQlardan olinadigan energiyaning qimmatlashuviga olib boruvchi asosiy omillaridan 
quyidagilar hisoblanadi: 
1) Sanoat sifatidagi elektr energiyani olish talabi - ~220 V 50 Gs (invertorlarni qо‘llash 
talab etiladi). 
2) Ayrim davrlarda avtonom rejmda ishlash zaruriyati (akkumulyatorlarni qо‘llash talab 
etiladi). 
3) Iste’molchilarning uzluksiz uzoq muddatli ishlarni ta’minlash zaruriyati (dizel- 
generatorni qо‘llash talab etiladi). 
Hozirgi vaqtda shamol generator yordamida sanoat sifatidagi elektr energiyani olish 
emas, balki о‘zgarmas yoki о‘zgaruvchan (о‘zgaruvchan chastotali) tokni olib, sо‘ngra uni 
elektr isitqichlar yordamida issiqliqka о‘zgartirish va undan turar joy uylarni isitish hamda 
issiq suvni olish usuli eng iqtisodiy samarali bulib hisoblanadi. Ushbu usuli bir nechta 
afzalliklarga ega: 


80 
1) Har qanday xо‘jalik uchun isitish uchun ta’minot asosiy energiya iste’molchi bо‘lib 
hisoblanadi. 
2) SHEQ va boshqaruvchi avtomatikaning sxemalar tubdan soddalashadi. Eng sodda 
holatda avtomatika bir nechta isiqlik relelardan tuzilgan bо‘lish mumkin. 
3) Energiya akkumulyator sifatida (isitish va issiq suv ta’minoti uchun suv bilan 
tuldirgan)oddiy boylerdan foydalanish mumkin 
4) Issiqlikni iste’mol qilish bо‘yicha sifat va uzlusizligiga talablari jiddiy emas: xonalarda 
havo temperaturani keng oraliqda – 19...25 °S-da, issik suv ta’minoti boylerlarda esa – 40...97 
°S oraliqda (iste’molchilarga zarar keltirmasdan) saqlab turish mumkin. 
Shamol energiyani birinchi navbatda shunday ishlab chiqarish jarayonlarda foydalanish 
kerakki, energiyani uzatish uzlukli bо‘lgan yoki qayta ishlash mahsulot oldindan g‘amlab 
qо‘yilgan hollarda (suvni kо‘tarish va sug‘orish, drenaj, tegirmon, yem-xashakni tayyorlash, 
elektr kimyoviy akkumulyatorlarni zaryadlash va b.). 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling