Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


 О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

10.4. О‘zbekistonda shamol energetikaning potensiali 
 
О‘zbekistonda shamol oqimlar, ularning vujudga kelish о‘ziga xos xususiyatlar va 
Respublikaning Osiyo qit’adagi geografik vaziyati tufayli, mavsumli tavsiflarga egadir. 
Respublikaning tekislik hududlarda shamolning о‘rtacha yillik tezligi 2...5 m/s tashkil etadi. 
Umuman olganda О‘zbekiston bо‘yicha shamol energiyasining yalpi potensiali 2223,2 ming t 
n.e. bilan baholanadi va mintaqalar bо‘yicha ancha notekis taqsimlangan: 4,3 ming t n.e.-dan 
Farg‘ona viloyatida va 924,7 ming t n.e.-gacha Qoraqalpog‘iston Respublikada. Shamol 
oqimning solishtirma quvvat Respublikada о‘rtacha 84,0 Vt/m
2
tashkil etadi va о‘zgaradi 20,0 
Vt/m
2
-dan Andijon viloyatda to 104,0 Vt/m
2
-gacha Navoiy viloyatda. 
Shamol energiyaning potensialini baholash О‘zbekiston meteostansiyalar shamol 
tezligini kо‘zatish ma’lumotlar faqat unchalik katta bо‘lmagan balandlikda (10 metr) 
olinganligi sababdan, zamonaviy SHEQlarni muayyan joyda qurish uchun turli xil 
balandliklarda shamol tezliklar bо‘yicha aniq muntazam tadqiqotlarni о‘tkazish hamda 
shamol kadastrni tayyorlash zarur. Bu esa zamonaviy yirik SHEQlar uchun shamol tezliklar 
sharoitini baholash va shamol tezligining chо‘qqili davrlar bilan iste’molchilarning yuklama 
talablar orasidagi mosligi ta’minlash uchun kerak. 
О‘zbekiston olimlarning tadqiqotlar asosida Respublikaning qator mintaqalar uchun 
shamol energiyasidan foydalanish imkoniyati va istiqbollari belgilangan. 
Masalan, Toshkent viloyat xududning Bekabad-Kokand chizig‘ida 6 m/s dan kо‘p 
tezligi va yilda 42% taqrorligi bilan shamollar bо‘lib turadi. Bu xududa umumiy quvvat 240 
MVt va 800 mln kVt soat dan ortiq yillik elektr energiyani ishlab chiqarish bilan 400-ta dona 
SHEQlarni joylashtirish mumkin. 
Ohirgi yillar quvvati katta bо‘lmagan (3,0 va 6,0 kVt) seriyali ishlab chiqarilgan 
SHEQlarni pilot (tajriba) quyosh-shamol tizimi tarkibidagi obekt telekommunikatsiyaning 
elektr ta’minot uchun tog‘ etagi, hamda 6 kVt quvvatli SHEQning tekislik xududlarda 
foydalanish tajribalar tо‘plangan. 
2012 yilda Toshkent viloyatida Chorvak suv ombori xududida shamol parkda birinchi 
750 kVt quvvatli tajriba SHEQ qurilgan, bir yilda 1,28 mln kVt×soat elektr energiyani ishlab 
chiqarish imkoniyatini beradi. Qurilmaning balandligi - 65 m, parrakning о‘lchami 50 m, 
minora asosining diametri 3,6 m. Tajriba SHEQning ish natijalarga asosan О‘zbekistonda 


81 
shamol potensialga ega bо‘lgan mintaqalarda о‘xshash qurilmalarni qurilish iqtisodiy 
samaradorligini baholash mumkin bо‘ladi. 
2021 yiliga qadar О‘zbekistonda istiqbolli mintaqalarda bir vaqtning о‘zida umumiy 
о‘rnatilgan quvvat 50 dan to 100 MVt gacha bо‘lgan SHEQlar parkni qurilishi 
rejalashtirilgan. Mamlakatda SHEQlar parkni barpo etish uchun eng qulay mintaqalardan 
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlar hamda avtonom Respublika 
Qoraqalpog‘iston hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling