Qoraqalpogʻiston Oʻzbekistondagi avtonom respublika


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1133310
  1   2
Bog'liq
Qoraqalpogʻiston - Vikipediya



Qoraqalpogʻiston
Oʻzbekistondagi avtonom respublika
Qoraqalpogʻiston— Oʻzbekiston
Respublikasi tarkibidagi respublika.
Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2
millionga yaqin (2022). Respublika
poytaxti — Nukus shahri. Tarkibida 16
tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124
fuqarolar yigʻini bor.
[1]


Qoraqalpog'iston Respublikasi
Qaraqalpaqstan Respublikası
Gerb
Bayroq
Oʻzbekiston tarkibidagi subyekt
Madhiya: Jayxun jag'asinda
o'sken bay terek, Tu'bi
bir shaqasi min bolar
demek.
Tarkibida 16 tuman va Nukus
shahri
Maʼmuriy markazi Nukus
Yirik shahari Nukus


Boshqa yirik
shaharlari
Xoʻjayli, Qongʻirot,
Beruniy, Toʻrtkoʻl,
Chimboy, Boʻston,
Kegeyli, Mangʻit,
Aqmangʻit,
Tahiyatosh, Moʻynaq,
Qoraoʻzak
Asos solingan
sanasi
1924-yil 14-oktabr
Qoraqalpogʻiston
respublikasi Joqarg'ı
Ken'esi raisi
Orinbayev Amanbay
Tleubayevich
Qoraqalpog'iston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
raisi
Sariyev Qahramon
Ramatullayevich


Rasmiy tillar Qoraqalpoq tili,
Oʻzbek tili
Aholi (2021) 2 000 000
(4 % , (9-oʻrin)
Zichligi 12,03
kishi./km² (13- joy)
Dinlar tarkibi Islom-Sunniylar,
Xristianlar va
boshqalar
Maydoni 166 600
km² (40 %, 166.600-
oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
Baland choʻqqisi
Oʻrtacha balandligi
473 m
120 m


Soat mintaqasi UTC+5
Qisqacha UZ-QR
Kod ISO 3166-2 UZ-QR
Indeks FIPS UZ-KRK
Telefon kodi +998 61
Pochta indeksi 2301XX
Internet domeni .uz


Avtomobil raqami
kodi
23 (1998—2009-
yillardagi koʻrinishi)
95 — 99 (2009-yildan
keyingi yangi
koʻrinishi)
Rasmiy sayti http://sovminrk.gov.uz


Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv
shakliga ega boʻlgan O'zbekiston
respublikasi tarkibidagi suveren
demokratik respublikadir. Qonun
chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi —
koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga
saylangan deputatlardan iborat
Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi
Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston
hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika
rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh
deputatlari orasidan 5 yil muddatga
saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan
oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro
etuvchi-boshqaruvchi organi
Davlat tuzumi


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston
Respublikasi hukumati hisoblanadi.
Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir
vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy
kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-
chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan
Qoraqalpogʻiston Hududi
Konstitutsiyasiga amal qilinadi.
Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari:
gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.
[1]
Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining
shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-
sharqiy qismi va Amudaryo deltasida
Tabiati


joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi
Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning
shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon
pasayib boruvchi keng yassi tekislik
boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar
(balandligi 75 m dan 100 m gacha)
uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng,
yirigi — Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473
m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va
sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng
sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli
(Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining
balandligi 29-101 m) Ustyurt platosi
joylashgan. Plato Orol dengizi va
Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli
jarlik — chinklar hosil qilib tushgan.


Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish
soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber
tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish
materiallari va boshqalar bor. Iqlimi
keskin kontinental, yozi quruq va qishi
nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar
oyining oʻrtacha temperaturasi janubda
−4,9°, shimolida — 7,6°, iyulda janubida
28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm,
asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi.
Vegetatsiya davri 194-214 kun. Eng yirik
daryosi-Amudaryo (quyi oqimi).
Amudaryo havzasi qadimdan
sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum.
Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi.


Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi
boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli,
Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha
boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning
barcha suv chiqarish inshootlarini
nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda
daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi
natijasida hozirgi Amudaryo Orol
dengiziga bevosita quyilmaydi.
Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli —
Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl —
Qora-jar koʻllar sistemasi bilan
bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi
hamda Orol dengizining qurib qolgan
qismida tashkil etilgan sunʼiy suv
havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil


ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida
sugʻoriladigan yerlarning kengayishi
natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil
boshida 23 m pasaydi.
Qoraqalpogʻistonning barcha suv
havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq
xoʻjaliklari tashkil etilgan.
[1]
Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq,
allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va
botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt
platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar,
Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida
kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib
Tuprogʻi, oʻsimlik va
hayvonot olami


qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari
tarqalgan.
Qoraqalpogʻistonda yuksak
oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning
41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi
oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi
qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy
oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7
turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga
kiritilgan. Qoraqalpogʻiston hududi tropik
boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi
sababli oʻsimlik qoplami zonalar boʻyicha
ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo
deltasi, Qizilqum shimoli-gʻarbiy va qoldiq
past togʻlar tabiiy geografik zonasi.
Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va


qumli choʻl boʻlib, oʻsimliklari gipsofit,
galofit va ozroq psammofitlardan iborat.
Bu hududda 400 dan ziyod yuksak
oʻsimlik turi mavjud.
Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli
oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida,
aksincha, oʻsimlik turi kam, asosan, qalin
toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat.
Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismida
katta maydonlarda siyrak oʻt-butali
choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil
boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulgʻun,
oq sak-sovul) oʻsadi.
Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan
koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak


oʻsimlik uchraydi.
Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy
oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon
(toʻqay) xom ashyosi va dorivorlar
sifatida, 50 % yer maydonidan (9387,7
ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi.
Qoraqalpogʻiston oʻrmon-toʻqay fondi
1129 ming ga maydonni egallaydi.
Toʻqaylar asalarichilikda ham ahamiyatga
ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning
364 turi mavjud.
Hayvonot dunyosi ham xilma-xil:
umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin,
shu jumladan, sut emizuvchilarning 68,
qushlarning 300 dan ziyod,


sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda
yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga
yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz
hayvonlarning 3500 dan ortiq turi
aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida
Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi
ancha oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina
turlar soni qisqardi va ular noyob yoki
yoʻqolib borayotgan turlar qatoriga
kiritildi. Sut emizuvchilarning 10,
baliqlarning 12, qushlarning 37,
sudraluvchilarning 10 turi Oʻzbekiston
Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib
yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar;
kemiruvchilardan yumronqoziq,
qumsichqon, qoʻshoyeq; yirik sut
emizuvchilardan jayran, boʻri, tulki;


qushlardan saksovul soykasi, burgut,
tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay;
oʻrgimchaksimonlardan chayon, falanga
va boshqa yashaydi. Toʻqaylarning
hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul,
oʻrdak, gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut
emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay
mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon, qobon
va boshqa Ondatra iqlimlashtirilgan.
Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan,
taran, laqqa baliq va boshqa ovlanadi.
Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat
ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan birga
Qoraqalpogʻiston suv havzalarida
baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.


Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan
tabiiy hudud: „Badaytoʻqay“ davlat
qoʻriqxonasi, „Saygʻoq“ va „Sudochye“
buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan.
Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy
maydoni 1056,5 ming ga.
[1]
Hududiy boʻlinishi


Tuman nomi
Tuman markazi
1 Amudaryo tumani Mangʻit (shahar)
2 Beruniy tumani
Beruniy (shahar)
3 Chimboy tumani
Chimboy
4 Ellikqalʼa tumani
Boʻston
5 Kegeyli tumani
Kegeyli
6 Moʻynoq tumani
Moʻynoq
7 Nukus tumani
Oqmangʻit
8 Qanlikoʻl tumani
Qanlikoʻl
9 Qoʻngʻirot tumani Qoʻngʻirot
10 Qoraoʻzak tumani Qoraoʻzak
11 Shumanay tumani Shoʻmanoy
12 Taxtakoʻpir tumani Taxtakoʻpir
13 Toʻrtkoʻl tumani
Toʻrtkoʻl
14 Xoʻjayli tumani
Xoʻjayli
Aholisi, asosan, oʻzbeklar va
qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar,
qirgʻizlar, turkmanlar, rus, ukrainlar tatar,
koreyslar va boshqa oʻtizga yaqin
millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha
zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi
Aholisi


48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat
tillari — qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik
tarkibi — O'zbeklar 38,8 %, Qoraqalpoqlar
35,8 % Qozoqlar, 11,8 % boshqa millatlar.
Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik
shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati
boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda),
Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot,
Chimboy.
[1]
Qoraqalpogʻiston
Respublikasida 2 millionga yaqin kishi
yashaydi.(2022-yil)
Qoraqalpogʻiston Respublikasining
Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik
organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi
Davlat boshqaruvi


Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng
yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir
vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari
hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining
oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi
hisoblanadi.
[1]
Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi
paleolit davridan yashay boshlagan.
Miloddan avvalgi 5-ming yillik — 2-ming
yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo
deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon
atroflaridagi choʻllarda joylashgan.
Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu
Tarixi


hududda sugʻoriladigan dehqonchilik
paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi −6-
asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qad.
davlatchilik markazlari yuzaga kelgan.
Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar
saltanati tarkibidan ajralib chiqqach,
yagona qad. Xorazm davlati tashkil
topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va
Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish
vaqtida qad. yozma yodgorliklar
(miloddan avvalgi 4-asrga oid),
Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada
qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik
yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning
Tuproqqalʼa (milodiy 3- 4-asr boshlari)
saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan
yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda


arablar olib kelgan islom dini
zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi.
12-13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar
davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharqda eng
yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda
moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat
parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin
Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga
aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan
Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti
Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo
yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim
ahamiyatga ega boʻlgan.
Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi
Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi
choʻllarida miloddan avvalgi 7-4-asrlarda


yashagan sak-massaget qabilalari bilan
bogʻliq. 6-8-asrlarda mahalliy aholi bilan
turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan.
8-10-asrlarda bijanak (pecheneg va
oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati
shakllana boshladi. Chingizxonning
bosqinchilik harakatlari vohani choʻlga
aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi
atroflarida yashagan aholining koʻplab
koʻchib ketishiga sabab boʻlgan.
Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va
Ural tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda
Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular
Rashiduddin asarida „qavmi kulohi siyoh“
deb atalgan.


Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 —
18-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta
va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning
oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq
xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga
hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo
deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi — Janadaryo
boʻylariga koʻchib oʻtdilar va
Amudaryoning quyi oqimida yashovchi
qoraqalpoqlar orol oʻzbeklari bilan
birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot,
soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy)
boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar.
Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik,
dehqonchilik va baliq ovlash bilan
shugʻullanganlar.


1811-yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga
tobe boʻldi. 1873-yildarus podsho
qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan
soʻng va Gandimiyon shart-nomasi
tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi
qoraqalpoqlar yashaydigan hudud
Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda
Turkiston general-gubernatorligining
Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil
etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd:
markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan
Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan
Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib,
qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga
ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva
xonligi tarkibida qoldi. Bu esa
qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy


birlashuviga gʻov boʻldi. Mustamlakachilik
zulmi 20-asr boshlarida zoʻrayib ketdi.
1916-yilda Chimboy, Toʻrtkoʻl va boshqa
joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga
qarshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1917-yilda
podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil
qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi,
1918-yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati
oʻrnatildi. 1919-yilda Chimboy volostida
xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920-yilda
Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning
Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920-yil
aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm
Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning
tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan
joylar ham kiritildi. 1924-yil aprelda
QozogʻistonQoraqalpogʻiston muxtor


viloyati tuzildi. Usha yilda chap vaoʻng
sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq
muxtor viloyati maqomida qozogʻiston
muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-
yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet
respublikalarida milliy-davlat
chegaralanishi davomida Turkiston ASSR
tarkibidagi Qoraqalpogʻiston muxtor
viloyati tuzildi.
1929-yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy
aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi
chiqdi. Bu voqea Qoraqalpogʻistonni
Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib
olish uchun asosiy sabab boʻldi. 1932-yil
martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati


q. muxtor respublikasiga aylantirildi.
1936-yildan Oʻzbekiston tarkibida.
Qoraqalpogʻiston bir qancha
repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 —
22, 1928-30, 1932-33, 1934-36, 1936-38,
ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi
yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy
jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar
yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi
qatagʻonga uchradi.
1950—1980-yillarda Qoraqalpogʻistonda
totaligar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi.
Paxta yak-kahokimligi, qishloq
xoʻjaligidagi maʼmuriy buy-ruqbozlik
siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol


dengizining qurishiga olib keddi. Orol
fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni keltirib chiqardi, aholi
sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston
Respublikasi suvereni-teti eʼlon qilindi.
1991-yil 31-avgustda bu holat
„Oʻzbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi
Qonunda oʻz aksini topdi. 1993-yil 4-
dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Milliy mustaqillik davrida respublika
suverenitetining meʼyoriy-huquqiy
asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy
hokimiyat tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi.
Respublikada 17 shahar va tuman
hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy oʻz-


oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi,
200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab
turibdi.
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba
uyushmalari va boshqa jamoat
tashkilotlari. Qoraqalpogʻistonda
Oʻzbekiston Xalq Demokratik

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling