Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi


 Gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/84
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1830012
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
NOANANAVIY ma\'ruza 2023

11.4. Gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyalar 


88 
Mexanik energiyani potensial energiya kо‘rinishda tо‘plash mumkin. О‘z navbatda 
potensial energiya Yer tortish maydonida massaning qо‘chishi bilan bog‘langan. Muayyan 
massani kо‘tarish bilan energiyani tо‘plash vosita sifatida texnikada va energetikada keng 
foydalaniladi. 
Bir kilogramm moddani kо‘tarish bilan tо‘plangan energiya (kDj/kg) H kо‘tarish 
balandligiga bog‘liq va quyidagiga teng: 
W = g H 
(11.6) 
Energiyani akkumulyatsiyalash bunday usuliga GAES – gidroakkumulyatsiyalovchi 
elektrostansiyalarning ishi asoslangan. 
Sutkalik vaqt davomida elektr energiyani iste’mol qilish rejimi notekis bо‘ladi: ikkita 
maksimum (ertalabki va kechkurungi vaqtlarda) va minimum (tungi vaqtda) bilan 
tavsiflanadi. Shanba va yakshanba kunlari ham elektr energiyani iste’mol qilish katta 
minimumlar bilan tavsiflanadi. Asosiy elektrostansiyalar doim hisoblangan nominal rejimda 
ishlaydi, iste’mol qilish minimumlar vaktida ortiqcha elektr energiyani akkumulyatsiyalash 
zarur, elektr energiyani iste’mol qilish maksimum (chо‘qqili) davrida (elektr energiyani 
iste’mol qilishi keskin oshganda) esa uni qaytarib berish uchun. Chuqqili GAESning 
agregatlar yuqori ishlash harakatlanuvchaligiga ega bо‘lish kerak, qisqa muddatda (ayrim 
vaqtlarda ikki–uch minut davomida) tо‘la quvvatini chiqarish va xuddi shunday keskin 
tо‘xtash qobiliyatiga ega bо‘lish zarur. Chuqqili GAESlar sifatida oddiy GESlar ham xizmat 
qilish mumkin. 
11.9- rasmda GAESning sxemasi keltirilgan. 
11.9.-Rasm: Gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyaning sxemasi: 
1-asosiy issiqlik elektrostansiya; 2-oststansiya; 3-iste’molchiga elektr energiya
4-gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiyaning elektr tarmoq; 
5-gidroturbina-elektrogenerator va nasos-elektrodvigatel; 6-suvо‘tkazgich; 
7-yuqori va 8-quyi suv hovuzlar; 9-energiya akkumulyatsiyalovchi va 
10-energiyani qaytaruvchi rejimlar 
Asosiy elektrostansiya 1 minimum iste’mol qilish davrida oststansiya 2 orqali elektr 
energiyaning bir qismi elektr dvigatel-nasos 5 ga yuritish uchun beradi, u suvni quyi 8 
hovuzdan yuqori 7 hovuzga о‘tkazadi. Elektr energiyani maksimum iste’mol qilish vaqtida 
suv yuqori 7 hovuzdan quyi 8 hovuzga oqib о‘tadi va gidroturbina-elektrogenerator 5-ni 
aylantiradi. Generator ishlab chiqarilgan elektr energiya oststansiya 2 orqali elektr tarmog‘i 3 
ga iste’molchilarga uzatiladi. GAESning ushbu rejimdagi ish asosiy (an’anaviy AES va IES) 


89 
elektrostansiyalarning doimiy yuklama bilan muntazam eng samarali ish uchun rejimni 
ta’minlaydi. Hozirgi GAESlarda yuqori unumli qaytuvchan ikki rejimda (gidroturbina- 
elektrogenerator va elektrodvigatel-nasos sifatida) ishlaydigan agregatlardan foydalaniladi. 
GAESga uzatiladigan energiyadan 15%-ga yaqin agregatni bir rejimdan ikkinchi rejimga 
tezkorlik bilan о‘tishni ta’minlash uchun va yana 15%-ga yaqin suv oqimlarning ishqalanish 
va qaytadan taqsimlash uchun sarflanadi. Eng maqbul iqtisodiy rejim tizimidagi yuklamani 
avtomatik ravishda boshqarish bilan ta’minlanadi. 
Hovuzlardagi zarur bо‘lgan suv sathlarning farqi sun’iy va tabiiy yо‘li bilan hosil 
qilinadi. Sun’iy usullarda yerosti hovuzlar yoki baland dambalar quriladi, ular yirik 
qо‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Zarur bо‘lgan suv sathlarning farqni ta’minlaydigan tabiiy 
sharoit va releflardan foydalanish eng samarali hisoblanadi. 
N
p
 (kVt) nominal quvvatli asosiy elektrostansiya tungi vaqtda τ
t
 (soat) davomida elektr 
iste’molning minimum rejimi bо‘yicha (elektr energiyaning ortiqcha k koeffitsiyenti bilan) 
ishlaydi. Bu holatda akkumulyatsiyalovchi qurilmaga beriladigan umumiy energiya 
quyidagicha bо‘ladi: 
W
a
 = k N
n
 τ
m
 ; k = N
m
 / N
n
 
(11.7) 
bu yerda W
a
 – akkumulyatsiyalanadigan umumiy energiya, kDj; 
N
n
 – asosiy elektrostansiyaning nominal quvvat, kVt; 
N
m
 – iste’mol qilinayotgan о‘rtacha minimal quvvat, kVt; 
– elektr energiyani minimum iste’mol qilish davrida elektr energiyanining ortiqcha 
koeffitsiyenti; 
τ
m
 – elektr energiyani minimum iste’mol qilish davrning davomligi, soat. 
(11.6) ga muvofiq, 1 kg suvni quyi hovuzdan yuqori hovuzga H balandlikka kо‘tarish 
uchun zarur bо‘lgan energiya: 
W = g H /(η
a
 η
v

(11.8) 
bu yerda η
a
 – agregatning foydali ish koeffitsiyent; 
η
v
 – suvо‘tkazgichlarning foydali ish koeffitsiyent. 
Elektr energiyaniyani minimum iste’mol qilish davrida akkumulyatsiyalashga 
beriladigan umumiy energiya uchun G
a
 suv miqdorini uzatish zarur, ya’ni: 
G
a
= W
a
 / W 
(11.9) 
(11.8) ni hisobga olganda, (11.9) ifoda quyidagicha bо‘ladi: 
G


W
a

a

в
 
gН 

(11.9a) 
Bundan hovuz uchun zarur bо‘lgan V
a
 hajmni aniqlash mumkin: 
V
a
 = G
a
 / ρ 
(11.10) 
bu yerda ρ – suvning zichligi, kg/m
3

Elektr energiyaniyani maksimum iste’mol qilish davrida GAESdan elektr tarmoqqa W
o
 
energiyani qaytarib olish mumkin, ya’ni: 
W
o
= G
a
 g h η
a
 η
o
 
(11.11) 
GAESning akkumulyatsiyalash koeffitsiyent: 
k
a
 = W
o
 / W
a
 
(11.12) 
(11.9a) va (11.11) ifodalarga asosan, (11.12) formula quyidagicha bо‘ladi: 
k
a
 = η
a
 η
v
 η
a
 η
v
 
(11.12a) 
(11.9a), (11.11) va (11.12a) formulalardan kо‘rinadiki, GAESning ish samaradorligi 
asosan agregat η
a
 va suvо‘tkazgich η
v
 larning FIKga bog‘liq. 


90 
Zmonaviy ikki rejimda ishlaydigan (gidroturbina-elektrogenerator va elektrodvigatel- 
nasos) qaytuvchan agregatlarning FIK η
a
=0,8...0,9 oraliqda bо‘ladi. Suvо‘tkazgichlarning FIK 
ularni ishlab chiqarish sifatiga bog‘liq (devorlarning g‘adir-budurligi hamda mahalliy 
qarshiliklar) va η
v
=0,85...95 oraliqda о‘zgaradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling