Agroturizm tushunchasi va turlari
O‘zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari
Download 23.57 Kb.
|
8-ма\'ruza (1)
O‘zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari
Turizmni shakllanishiga asos bo‘luvchi turistik resurslar asosan qishloq joylarida joylashgan. Bu holatni Samarqand viloyati buyicha tahlil etadigan bo‘lsak, viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog‘, tog‘ oldi etaklari hamda tog‘ oralig‘i soylarida tabiiy ravishda hosil bo‘lgan landshaftlar (tabiat manzaralari), yam-yashil o‘rmonzorlar (Omonqo‘ton), tog‘u-tosh jins shakllari (Qoratepa), tog‘ daralari (chuqurliklari), g‘orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G‘us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko‘llar (Muz buloq, Alvasti ko‘llari), go‘zal shar-sharalar (G‘ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik obektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog‘, tog‘ oldi hududlarida mavjud bo‘lgan beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko‘lamda foydalanadigan chashma va buloq suvlari o‘zining ekologik jihatdan tozaligi, xilma-xil kimyoviy elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog‘ligini tiklash, sog‘lomlashtirish, dam olish uchun qo‘lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda rekreatsiya (sog‘lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi. Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrobod va boshqa tumanlari tog‘, tog‘oldi hududlarida tarqalgan bo‘lib, ulardan turizm maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Viloyatning yana bir qator tumanlarida va qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar) hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular qatoriga Urgut shahridagi yuqori Chor Chinor (1020 yillik), Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo qishlog‘idagi chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog‘idagi archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi qishlog‘idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin. Ayniqsa, Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan Zarafshon qo‘riqxonasi betakror o‘simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Viloyatning chala cho‘l va cho‘l hududlari ham esa o‘ziga xos hayvonat va o‘simlik dunyosiga ega. Ularda sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli ilonlar, cho‘l toshbaqalari, qushlardan to‘rg‘ay, qarchig‘oy, sut emizuvchilardan sariq sassiq ko‘zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o‘simlik va hayvonat dunyosiga qiziquvchi ekoturizm ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni talab qiladi. Agroturizmni ma’lum bir mintaqaning o‘ziga xos dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko‘rsatish maqsadida tashkil etish mumkin. Bu tajriba Yevropaning bir qancha davlatlarida rivojlangan. Masalan, Fransiya va Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli ichimliklar olishgacha bo‘lgan bir butun jarayon tur sifatida taklif etilgan. Xuddi shunday jarayonlarni mamlakatimizda ham rivojlantirish imkoniyatlari keng. Mamlakatimizning xalqaro darajada ixtisoslashgan tarmog‘i hisoblangan paxtachilik tarmog‘ida ham bir qancha turlarni ishlab chiqish mumkin. Bu jarayonni quyidagi ketma - ketlikda amalga oshirsa bo‘ladi: Download 23.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling