Agroturizm tushunchasi va turlari


Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti → paxta tozalash zavodi → ip-yigiruv korxonasi → tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona


Download 23.57 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.57 Kb.
#1542732
1   2   3   4
Bog'liq
8-ма\'ruza (1)

Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti → paxta tozalash zavodi → ip-yigiruv korxonasi → tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona.
Bu turda, birinchi navbatda paxta maydoniga boriladi, unda hosilni yig‘ib olish jarayoni ko‘rsatilishidan boshlab, tayyor mahsulotga bo‘lgan bir butun faoliyatni qamrab olinadi. Yuqoridagi sxemaga o‘xshab qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarida ham turli turlarni ishlab chiqish mumkin.
Sog‘lomlashtirish va sog‘likni tiklash turizmi bevosita rekreatsiya resurslari bilan bog‘liq bo‘lib, kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o‘z salomatligini va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatidir. Yurtimizdagi havosi toza, o‘ziga xos tabiatiga ega joylarga boy. Bu mintaqalarda sanatoriya – sog‘lomlashtirish majmui hisoblangan kurortlarni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Undan tashqari qishloq joylarimiz diniy turizm , ya’ni aziz avliyolar qadamjolarini ziyorat qilish maskanlariga juda boy hisoblanadi. Birgina Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan Imom Al-Buxoriy ziyoratgohi misolida oladigan bo‘lsak, bu majmua mustaqillikdan keyingi bunyodkorlik natijasida muhim ziyoratgohga aylandi. Bu ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart - sharoit yaratish, ya’ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisoblanadi. Bu yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib ketishlariga erishishimizdir. Buning natijasida xizmat ko‘rsatish sohalari kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Qishloq joylaridagi ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari ekoturizmni muhim obekti bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo‘lgan obektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar (milliy bog‘ va qo‘riqxona) doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o‘simlik hamda hayvonot olami resurslari, ajoyib tabiat kompelkslari , tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Bu hududlarda tabiat ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko‘rsatish sohasi (servis)ni yo‘lga qo‘yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish sohani rivojida hamda qishloq joylarida ko‘pgina yangi ish o‘rinlarini yaralishiga zamin bo‘ladi. Undan tashqari tog‘li hududlardagi xushmanzara joylar nafaqat mahalliy aholini, balki chet ellik sayyohlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Bu imkoniyatlardan qishloq joylarida samarali foydalanish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishimiz lozim:

  • mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o‘rganib chiqish;

  • mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini ekoturizm obekti va rekreasiya resursi sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;

  • ekoturizm obekti sifatida mavjud tabiat go‘shalaridan tartibli foydalanish;

  • xududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan baholash;

  • tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish zarur.

Qishloq joylarimiz turizmni rivojlantirish resurslariga boy ekan, faqat undan samrali foydalanishda turistlarni joylashtirish va ovqatlantirish, transport xizmatini ko‘rstish, umuman olganda xizmat ko‘rstish sohalarini shakllantirish asosiy omil hisoblanadi. Bu sohalarning rivojlanishi natijasida quyidagilarga erishamiz:

  • qishloq manzilgohlarida yangi ish o‘rinlari ochilib, mehnat resurslari ish bilan ta’minlanadi;

  • aholi salomatligi yaxshilanadi;

  • qishloq manzilgohlaridagi turistik – rekreasiya resurslaridan samarali foydalanish katta iqtisodiy foyda keltiradi va shu joyning ekologik holatini yaxshilash imkoniyatlari yaratiladi;

  • qishloq manzilgohlarida turizm rivojlanib, turistik infratuzilma shakllanadi va h.k.

Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling