Ahamiyatga ega


Download 0.5 Mb.
bet1/13
Sana31.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1313367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Охирги вариант 2022 Kurs ish IQTISODIYOT NAZARIYASI qullanma tayyor


KIRISH
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv jarayonining zarur elementi – ushbu yo’nalishlar o’quv rejasida ko’zda tutilgan asosiy fanlardan kurs ishlarini bajarish hisoblanadi va talabalarda ilmiy izlanishlar olib borish ko’nikmalarini tarbiyalash, tanlangan mavzuni mustaqil ravishda chuqur o’rganish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash, ilmiy, nazariy va amaliy xulosalarni shakllantirish va pirovardida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur qo’llanma Oliy ta’limning bakalavriat yo’nalishiga mo’ljallangan o’quv rejaga mos holda, 1-kurs bakalavriat asosiy fanlaridan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishlarini bajarish bo’yicha tavsiyalar va tartib-qoidalarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishini bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida talaba “Iqtisodiyot nazariyasi” fandan olgan nazariy bilimlarini mustaqil ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi, maxsus adabiyotlardan olingan, iqtisodiyot, moliya, bank, soliq va agrar sohadagi ma’lumotlar, hisobotlari materiallarini hamda ilmiy tezis va maqolalarni o’rganish asosida to’plangan, shuningdek, Internet resurs manbalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish bo’yicha dastlabki bilim va ko’nikmalarni hosil qiladi.
Qo’yilgan maqsadning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun kurs ishlarini bajarishga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • kurs ishida mavzuga taalluqli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, ma’ruzalari va Prezident asarlaridan ma’lumotlar, Oliy Majlis sessiyalari materiallari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari sharhi o’z aksini topishi lozim;

  • kurs ishini yozish jarayonida tadqiq etilayotgan mavzu va o’rganilayotgan amaliy ma’lumotlarning nazariy asoslarini chuqur o’rganish va mavzu bo’yicha samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilashning bugungi sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning turli dastak va vositalaridan foydalanish shakllari va usullarini takomillashtirish nuqtai nazardan ilmiy, ijodiy yondoshish zarur;

  • kurs ishi mazmunini ravon adabiy tilda bayon qilish, tadqiqotlar va izlanishlar natijalarini rasmiy hujjatlarga qo’yiladigan asosiy talablarga rioya qilgan holda aks ettirish lozim.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling