Ahamoniylar davlati
Download 10.14 Kb.
|
AHAMONIYLAR DAVLATI
Axomaniylar davlati madaniyati va sanʼati Eron madaniy anʼanalarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa mamlakatlar anʼanalari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar. Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod etilganlar. Fors zodagonlari eng muhim harbiy va fuqarolik lavozimlarini egallashgan. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asoslangan katta xoʻjaliklarga ega boʻlishgan. Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega boʻlmagani tufayli beqaror harbiy-maʼmuriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan (mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va Margʻiyonadagi qoʻzgʻolon, 500 — 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil Misrdagi qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda oʻzaro urush olib borganlar, baʼzan esa hatto podshohning oʻziga ham qarshi qurol koʻtarganlar. 500 — 449 yillardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors qoʻshinining jangovarlik qobiliyati anchagina yoʻqotilgan. Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr Makedonskiy qoʻshini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan. Turon xalqlarining Axomaniylar davlatiga qarshi olib borgan kurashlari haqida: qarang Toʻmaris, Shiroq, Margʻiyona qoʻzgʻoloni.Axomaniylar davlati madaniyati va sanʼati Eron madaniy anʼanalarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa mamlakatlar anʼanalari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar. Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod etilganlar. Fors zodagonlari eng muhim harbiy va fuqarolik lavozimlarini egallashgan. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asoslangan katta xoʻjaliklarga ega boʻlishgan. Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega boʻlmagani tufayli beqaror harbiy-maʼmuriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan (mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va Margʻiyonadagi qoʻzgʻolon, 500 — 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil Misrdagi qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda oʻzaro urush olib borganlar, baʼzan esa hatto podshohning oʻziga ham qarshi qurol koʻtarganlar. 500 — 449 yillardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors qoʻshinining jangovarlik qobiliyati anchagina yoʻqotilgan. Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr Makedonskiy qoʻshini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan. Turon xalqlarining Axomaniylar davlatiga qarshi olib borgan kurashlari haqida: qarang Toʻmaris, Shiroq, Margʻiyona qoʻzgʻoloni.Download 10.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling