1. Urush olib borishni xalqaro-huquqiy tartibga solish. Xalqaro gumantar huquq tushunchasi
Download 34.31 Kb. Pdf ko'rish
|
18-mavzu Qurolli ziddiyatlar davrida xalqaro huquq
1. Urush olib borishni xalqaro-huquqiy tartibga solish. Xalqaro gumantar huquq tushunchasi. 2. Urushning boshlanishi va uning huquqiy oqibatlari. 3. Harbiy harakatlar ishtirokchilari. 4. Urush olib borishning usul va vositalarini tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy normalar. 5. Urush qurbonlari va madaniy qadriyatlarni xalqaro-huquqiy himoya qilish. 6. Betaraf davlatlar. 7. Urushning tamom bo‘lishi va uning huquqiy oqibatlari. 1. Urush olib borishni xalqaro-huquqiy tartibga solish. Xalqaro gumantar huquq tushunchasi Xalqaro gumanitar huquq normalari faqat tinchlik davrida emas, balki urush va qurolli ziddiyatlar davrida ham amal qiladi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 200 dan ortiq qurolli to‘qnashuvlar va ziddiyatlar bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zining ijtimoiy xarakteri va maqsadidan (davlatlararo, fuqarolik urushi), qonuniyligi (mudofaa, milliy-ozodlik, BMT Ustaviga asosan harbiy sanksiyalar) yoki noqonuniyligi (agressiv urushlar, urush agressiyasi)dan qat’i nazar, harbiy ziddiyatlar qatoriga kiradi. Bunday xalqaro huquqiy normalar urush qonunlari va an’analari yoki xalqaro gumanitar huquq deb ataladi. Xalqaro gumanitar huquqi — qurolli mojarolar davrida qo‘llaniladigan, qurolli kurash olib borishning ma’lum usullari va vositalarini qo‘llashni taqiqlovchi yoki cheklovchi, bunday kurashlar davomida inson huquqlarini ta’minlovchi va ular buzilganligi uchun xalqaro- xuquqiy javobgarlikni belgilovchi yuridik normalar va tamoyillar tizimidir. Xalqaro hukuqning ushbu sohasi turli manbalarda turlicha: qurolli mojarolar davrida qo‘llaniladigan huquq, xalqaro gumanitar huquq, urush huquqi, qurolli mojarolar huquqi, urush qonunlari, odatlari va hokazolar tarzida nomlanadi. Xalqaro huquqning amaldagi normalari xalqaro qurolli ziddiyatlarga ham, xalqaro maqomga ega bo‘lmagan qurolli ziddiyatlarga ham taalluqlidir. Davlatlar va boshqa ishtirokchilarning qurolli to‘qnashuvlar davridagi faoliyatini tartibga solib turuvchi xalqaro-huquqiy jihatlar orasida 1899 va 1907 yilgi Gaaga konvensiyalari alohida o‘rin tutadi. Ushbu konvensiyalar urush harakatlarining boshlanishi, quruqlikdagi urushning qonun-qoidalari, betaraf davlat va shaxslarning quruqlik yoki dengizdagi urush harakatlaridagi huquq va majburiyatlar, savdo kemalarini harbiy kemaga aylantirish borasidagi tartib-qoidalar keltirilgan. Mazkur tartib-qoidalar 1949 yilgi Jeneva konvensiyasida o‘zining aksini topgan. 2. Urushning boshlanishi va uning huquqiy oqibatlari Xalqaro gumanitar huquq urushning oldindan e’lon qilinishini talab etadi. 1907 yilda qabul qilingan III Gaaga konvensiyasi davlatlar o‘rtasidagi urush harakatlari ogoxlantirishdan boshlanishini talab qiladi. U ikki xil shaklda bo‘lishi mumkin: birinchisi — asosiy ravishda urush e’lon qilish; ikkinchisi — ultimatum , ya’ni bir davlatning ikkinchi davlatga e’tirozlari bajarilmasa, ushbu davlatlarga qarshi urushni boshlashidir. Xalqaro gumanitar huquqda asosan urush e’lon qilinishi agressiyaning bir turi sifatida e’lon qilinsada, urush boshlanishini oldindan e’lon qilinmaslik bu jinoyatni yanada og‘irlashtiradi. Urush holatining boshlanishi amalda urush harakatlari boshlanmasa ham bir qancha xalqaro-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Urush holati oqibatlariga urushayotgan davlatlar o‘rtasida barcha aloqalar (masalan, diplomatik, konsullik, savdo va boshqalar)ning to‘liq to‘xtatilishi kiradi. Ularning diplomatik va boshqa vakolatxonalari yopiladi, vakolatxona xodimlari esa o‘sha davlat hududini tashlab chiqib ketadi. Urushayotgan davlatlar o‘rtasidagi shartnomalar (ularning turlari va xarakteriga qarab) to‘xtatiladi yoki bekor qilinadi. Urush boshlanishiga mo‘ljallab ishlab chiqilgan shartnomalar (Gaaga va Jeneva konvensiyalari) amalga kiritiladi, ya’ni kuchga kiradi. Urush harakatlari urushayotgan davlatlar hududida ham, xalqaro hudud (masalan, ochiq dengiz)da ham olib boriladi. Ushbu hudud tarkibiga urushayotgan davlatlarning quruqlik, suv va havo hududlari hamda ochiq dengiz va uning ustidagi havo bo‘shlig‘i kiradi. Betaraf davlatlar va doimo betaraf davlatlar hamda betaraf hududlarda urush harakatlari olib borilishi mumkin emas. Ushbu hududlar maxsus shartnomalarga asosan harbiy harakatlar olib boriladigan hududlar qatoridan olib qo‘yiladi. Ushbu hududlarga Magelan bo‘g‘ozi, Sues kanali, Aland orollari, Antarktika, Iroq va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi betaraf hudud kiradi. Urush harakatlari olib boriladigan hududdan davlat hududining ayrim qismlari maxsus(masalan, sanitar) zona va joylar sifatida chegaralab qo‘yilishi mumkin. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq ochiq shaharlar va katga madaniy merosga ega bo‘lgan markazlar ham urush harakatlari olib boriladigan hududlar qatoridan chiqaradi. Ikkinchi jahon urushi davrida Parij va Rim ochiq shahar deb e’lon qilingan. Ushbu normalar 1954 yilda qabul kdlingan madaniy boyliklarni himoya kilish borasidagi Gaaga konvensiyasida 180 modda hamda 1949 yilgi Jeneva konvensiyasiga 1-Qo‘shimcha Protokol (59-60-moddalar)da o‘z aksini topgan. 3. Harbiy harakatlarning ishtirokchilari Urush davrida amalda bo‘ladigan va xalqaro gumanitar huquqqa tegishli bo‘lgan asosiy tamoyillaridan biri bu urush davrida faqat dushmanning qurolli kuchlariga qarshi (tinch aholisiga emas) harbiy harakatlarning oldi olib borilishdir. Tinch aholi har doim daxlsiz deb hisoblanadi. Qurolli kuchlar bilan tinch aholini ajratmagan holda yoppasiga urush harakatlari olib borilishi xalqaro jinoyatdir. Huquqiy jihatdan qaraganda qurolli kuchlar ham: kombatantlar (jang qiluvchilar) va nokombatantlar (jangda qatnashmaydiganlar)ga bo‘linadi. Kombatantlar — qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi va shaxsan urush harakatlarida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardir(1977 yilgi Qo‘shimcha protokolning 43- moddasi, 2-bandi). Ular qo‘lga qurol olib dushmanga qarshi urush harakatlari olib boradilar va faqat ularga nisbatan harbiy zo‘rovonlik, yo‘q qilishgacha bo‘lgan chora- tadbirlarni qo‘llash mumkin. Ular dushman qo‘liga tushib qolsalar, harbiy asirlarga aylanadilar. Ular tarkibiga: 1.Doimiy qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi ; 2. Doimiy bo‘lmagan kuchlar — partizanlar, ko‘ngillilar, lekin shu shart bilanki, - ushbu otryadlarga bosh-qosh bo‘ladigan javobgar shaxs bo‘lsa, - uzoqdan yaqqol ko‘zga tashlanadigan belgilari bo‘lsa, - o‘z harakatlarida urushning qonun va urf-odatlariga amal qilsalar, - har bir qurolli to‘qnashuvlarda ochiq holda, xususan urush oldidan saflanganda dushman ko‘z oldida (optik asboblar yordamida ham aniqlanishi mumkin) ochikdan-ochiq qurol olib yursalar; 3. Uchinchidan, dengiz savdo kemalari va fuqaro samolyotlari ekipajlari, (agar ular harbiy kema va samolyotlarga aylantirilgan bo‘lsa); 4. To‘rtinchidan, milliy-ozodlik urushida qatnashayotgan jangchilar; 5. Beshinchidan, bosib olingan hududlar aholisi (agar ular dushman bostirib kelganda doimiy qo‘shinga aylanishga ulgurmay qo‘llariga qurol olib jang qilsalar va qurol olib yurib, urush qonunlari va urf-odatlariga rioya etsalar) tarkibi kiradi. YOllanganlar kombatantlar sifatida tan olinmaydi. Ushbu shaxslar haq to‘lash evaziga noqonuniy (mustamalakachilik, irqchilik kabi) rejimlarni himoya qiladilar. YOllanganlar xalqaro gumanitar huquq ta’siri doirasida bo‘lmay, jinoyatchilar sifatida jazolanadi. BMTda yollanma askarlarni yollash, ulardan foydalanish, yordam ko‘rsatish va ularni o‘qitishga qarshi qaratilgan konvensiyani ishlab chiqish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etilgan. YOllanma askarlarga harbiy instruktorlar va maslahatchilar tarkibi kirmaydi. Ushbu shaxslar ikki tomonlama shartnomalarga asosan qurolli kuchlarni shakllantirish, harbiy kadrlar va qo‘shinni janglarga tayyorlash maqsadida jo‘natiladi. Lekin ular shaxsan harbiy harakatlarda qatnashmaydilar. Urush davrida harbiy josus va harbiy razvedkachi tushunchalarini ajrata olish masalasi paydo bo‘ladi. Harbiy josus o‘z shaxsiyatini va o‘z faoliyatini berkitib , dushman qurolli kuchlari to‘g‘risida xufyona tarzda ma’lumot yig‘adi. Harbiy razvedkachilar josuslardan farqli o‘laroq dushman hududiga o‘z harbiy kiyim-boshlarida kirib oladilar va dushman qo‘liga tushib qolgudek bo‘lsalar, harbiy asirlar sifatida tan olinadilar. Urushayotgan tomonlarning qurolli kuchlari tarkibiga nokomba-tantlar ham kiradi. Ular kombatantlardan farqli ravishda faqat qurolli kuchlarning faoliyatini ta’minlab berish bilan shug‘ullanib, faqat o‘zlarini himoya qilish uchungina qurol ishlatishlari mumkin. Nokombatantlarga tibbiyot xodimlari va indendentlar tarkibi, harbiy yuristlar, muxbirlar, reportyorlar, diniy shaxslar kiradi. Nokombatantlarga nisbatan qurol ishlatilishi mumkin emas. Lekin ular vaziyat ta’siri ostida urush harakatlarida va janglarda qatnashsalar, kombatantlarga aylanadilar. Dushman asirligiga tushib qolsalar, ularga ham harbiy asirlar rejimi tadbiq etiladi (tibbiyot xodimlari va diniy arboblardan tashqari, ular o‘z vazifalarini bajarishni to‘xtatmaydilar). Parlamentyorlar alohida huquqiy maqomga ega. Parlamentyor — harbiy qo‘mondonlik tomonidan dushman harbiy qo‘mondonligi bilan muzokaralar olib borishi uchun tayinlangan shaxsdir. 1907 yilgi IV Gaaga konvensiyasiga asosan, parlamentyor, unga hamrohlik qiluvchi trubachi, gornist yoki barabanchi, bayroq ko‘tarib olgan shaxs va tarjimon daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Parlamentyorning alohida xususiyati oq bayrokdir. Parlamentyor dushman tomonidan qabul qilinishi yoki qaytarib yuborilishi mumkin. Nima bo‘lganda ham u orqaga — o‘z qo‘shini hududiga qaytish uchun xavfsizlik chora-tadbirlari bilan ta’minlanishi mumkin. Parlamentyorlarning daxlsizligini buzish yoki ularni o‘ldirish harbiy jinoyatlar turiga kiradi. 4. Urush olib borishning usul va vositalarini tartibga solib turuvchi xalqaro-huquqiy normalar 1907 yilgi Gaaga konvensiyasi "urushayotganlar o‘z dushmanlariga ziyon etkazishning barcha vositalaridan foydalana olish huquqiga ega emaslar deb nomlanuvchi maxsus normaga ega. Xalqaro gumanitar huquq nuqtai nazaridan urushni olib borishning vositalari ruxsat etilgan (huquqqa mos) va ruxsat etilmagan(hukuqqa xilof) vositlarga bo‘linadi. Huquqqa zid deb urush vaqgidagi xalqaro gumanitar huquq tamoyillari va normalariga qarama-qarshi bo‘lgan barcha turdagi qurol-yaroqlar tan olinadi. Ushbu qurollarga yalpi qirg‘in qurollari, keragidan ortiqroq jabr beruvchi , tabiatga katta, uzoqqa mo‘ljallangan va jiddiy ziyon etkazuvchi vositalar kiradi. Ruxsat etilmagan, huquqqa xilof bo‘lgan vositalar muayyan xalqaro shartnomalarda man etish ob’ekti emas. Bular yadroviy, neytron, radiologik va boshqa turdagi qurollar: infratovush (insonning ichki organlariga zarar etkazish uchun), genetik (inson nasliga zarar etkazish uchun), etnik (aholining alohida guruhlariga tanlab zarar etkazish uchun), psixotrop (harbiy maqsadlarda inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida), geofizik (tabiat va iqlimni sun’iy ravishda o‘zgartirish uchun). Xalqaro gumanitar huquq nuqtai nazaridan shu narsani aytish lozimki, to‘liq man etilgan holat bo‘lmasa ham ushbu turdagi qurollar ruxsat etilmagan, qonuniy qurollar sirasiga kirmaydi. SHu bilan birga xalqaro gumanitar huquq urush olib borishning ayrim usullarini cheklaydi yoki man etadi. Ularga asosan munofiq usullar kiradi. Xalqaro gumanitar huquq azaddan davlatlarga urushda munofiq usullardan foydalanishni man etgan. 1907 yilgi IV Gaaga konvensiyasi: birinchidan, dushman qo‘shinlariga yoki aholisiga tegishli shaxslarni sotqinlik bilan o‘ldirish yoki yarador qilish; ikkinchvdan, taslim bo‘lganlarni o‘ddirish yoki yarador qilish; uchinchidan, hech kimga raxm qilinmaslik to‘g‘risida e’lon qilish; to‘rtinchidan, parlamentyorlik yoki milliy bayroqdan, Qizil Xoch bayrog‘idan, harbiy belgilar va dushmanning harbiy kiyim-boshi-dan noqonuniy tarzda foydalanish singari munofiq usullarni man etadi. Jeneva konvensiyasiga qo‘shimcha sifatida qabul qilingan 1977 yilgi Birinchi qo‘shimcha Protokol noinsoniy harakatlarga baho berib, uni xalqaro-huquqiy himoya borasida ishonchni aldash deb tushuntiradi. Masalan, sulx to‘g‘risida muzokaralarni go‘yo olib borishga o‘xshatish, kasallik yoki yarador bo‘lishga o‘xshatish, so‘zsiz taslim bo‘lishga simulyasiya qilish. Xalqaro gumanitar huquq harbiy hiylalarni man etmaydi, chunki ular xalqaro gumanitar xuquq tomonidan beriladigan himoyalarga tegishli bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘zlab dushman ishonchini aldamaydi. Ular sirasiga maskirovka ishlatish, chalg‘ituvchi operatsiyalarni qo‘llash, qo‘shinlarni bir joydan ikkinchi joyga aldab ko‘chirish, dushmanga yolg‘on axborot berish va boshqalar kiradi. Urush olib borishning man etilgan usullariga turli sabablarga ko‘ra himoya qilinmagan uy- joylarni yoki inshootlarni bombardimon qilish, madaniyat obidalari, machit, cherkovlar , gospitallarni yo‘q qilish yoki ularga ziyon etkazish kiradi. SHaharlar va aholi yashaydigan joylarni talashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. 1977 yilgi konvensiya tabiiy muhitga bo‘lgan barcha sun’iy aralashishlar, masalan, er tizimi, tarkibi va dinamikasiga sun’iy ta’sir ko‘rsatish (biota, litosfera, gidrosfera, atmosfera) yoki koinotga ta’sir ko‘rsatishni taqiqlaydi. Harbiy maqsadlarda sun’iy ravishda er qimirlash, tegishli rayonning ekologik muvozanatini buzish, ob-havoni o‘zgartirish (bulut, yog‘ingarchilik, dovullar, shtormlar), iqlimni o‘zgartirish, okean oqimlarini o‘zgartirish, ozon qatlamini, ionosferani o‘zgartirishni man etadi. Xalqaro gumanitar huquq urush olib borishning vahshiylarcha usullarini ham man etadi. Ular sirasiga, masalan, aholiga qat-tiqqo‘llik munosabatida bo‘lish, garovga olish va garovga olingan-larni o‘ldirish, kaltaklash va qiynoqqa solishdan foydalanish kiradi. 1977 yilgi Birinchi qo‘shimcha Protokol hech kimni tirik qoldirmaslik to‘g‘risida buyruq berish, dushmanni shu vosita bilan qo‘rqitish yoki urush haraktlarini shu asosda olib borish usuli sifatida foydalanishni man etadi. 5. Urush qurbonlari va madaniy qadriyatlarni xalqaro-huquqiy himoya qilish Urush qurbonlariga harbiy asirlar, kasallar va yaradorlar, dengizdagi qurolli kuchlar tarkibidagi kema halokati qurbonlari , shuningdek, bosib olingan hududlardagi tinch aholi kiradi. Ushbu shaxslarning har bir toifasi 1949 yilgi Jeneva konvensiyasi va 1977 yilgi Qo‘shimcha protokollarning tegishli to‘rtta konvensiyasi himoyasida bo‘ladilar. Ushbu xalqaro-huquqiy hujjatlarga asosan, urush qurbonlari nima bo‘lsa ham hech qanday kamsitishlarsiz (irqi, terining rangi, dini, jinsi, kelib chiqishi yoki moddiy ta’minlanganligidan qat’i nazar) himoya bilan ta’minlanishga va ularga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishga haqlidirlar. Ularning hayotiga qasd qilish va shaxsiy daxlsizligini buzish, xususan o‘ldirish, tan jarohati etkazish, noinsoniy munosabatda bo‘lish, qiynoqqa solish, insoniy qadriyatiga tegish, haqoratomuz munosabatda bo‘lish, sud ishtirokisiz xukm chiqarish va jazoni ijro etish, sodir etilmagan huquqbuzarlik uchun, shuningdek, umumiy tarzda jazolash man etiladi. Bolalar alohida himoya va vasiylikka egadirlar. Ayollarga alohida hurmat bilan qarash ta’kidlab o‘tiladi. Harbiy asirlarga nisbatan urushayotgan tomonlar insoniy munosabatda bo‘lishlari lozim. Ularni o‘ldirish, jismoniy ziyon etkazish, ular asosida ilmiy yoki tibbiy tajriba o‘tkazish man etiladi. Ular vaqtincha dushman qo‘lida hisoblanib, dushman tomoni ularning taqdiriga to‘liq javob beradi. SHuning uchun urushayotgan tomonlar harbiy asirlarni zo‘ravonlik va qo‘rqitishlardan, haqoratlardan himoya qilib, ularning shaxsi va qadr-qimmatlarini hurmat qilmog‘i darkor, ayol jinsidagi harbiy asirlarga nisbatan , erkaklarga qilingandek munosabatda bo‘lish, ularga hech qanday qiynash usullarini qo‘llamasliklari va ularni qandaydir ma’lumotlar olishga majbur qilmasliklari lozim. Harbiy asir faqat o‘zining familiyasi, ismi, ota ismi, unvoni, tug‘ilgan vaqti va shaxsiy raqamini aytishga majbur. Harbiy asirlar o‘z mehnatiga haq olishlari, harbiy hayot uchun xavfli va qadr-qimmatni pastga uruvchi ishlarga jalb qilinmasliklari lozim. Harbiy asirlar o‘zlari uchun maxsus mo‘ljallangan lagerlarda joylashtirilishi mumkin. Ular oziq-ovqat, kiyim-kechak va tibbiy yordam bilan ta’minlanishlari lozim. Umumiy tarzdagi jazolar man etiladi. Harbiy asirlarga yakka tartibda intizomiy va jinoiy jazo qo‘llanishi, lekin faqat bir qilmish yoki jinoyat uchun bitta jazo berilishi mumkin. Harbiy asirning qochib ketishi jinoiy xatgi-harakat emas, agar u muvaffaqiyatli amalga oshmasa, faqat intizomiy jazoga tortilishi mumkin. Urush tugaganidan so‘ng davlatlar barcha harbiy asirlarni maxsus kelishuvlar asosida umumiy repatriatsiya (qaytarish) tartibida doimiy yashash joylariga qaytarishlari lozim. Qisman bo‘lgan repatriatsiya urush tugagunga qadar ham o‘tkazilishi mumkin. Urushayotgan tomonlarning qurolli kuchlari tarkibidagi shaxslar yarador yoki kasal bo‘lganlarida maxsus ximoyaga ega. 1949 yilgi Jeneva Konvensiyalari va 1977 yilgi Qo‘shimcha protokollar urushayotgan tomonlarga dushmanning yarador kasallariga tibbiy yordam ko‘rsatilishi va xuddi o‘z askarlariga ko‘rsatilgan mulozamat amalga oshirilishi lozim. Urushayotgan tomonlar yarador bo‘lgan kasallar va o‘lganlarning familiyalarini e’lon qilishlari, ularni dafn etishlari, o‘g‘irlikning oldini olish, mahalliy aholiga (dengizda betaraf davlatlar harbiy va savdo kemalariga) yaradorlar, ularga yordam ko‘rsatishlariga ruxsat berishga hamda dushmanning gospital kemalariga bosib olingan portlardan chiqib ketish uchun ruxsat berishga majburdir. Sanitar guruhlari (sanitar otryadlari, gospitallar, poezdlar, kemalar, samolyotlar) harbiy harakatlar ob’ekti bo‘la olmaydi, ular daxlsizdir. Sanitar xizmatlarining ajratib ko‘rsatuvchi asosiy belgisi qizil xoch , qizil yarim oy yoki qizil sher tasvirlangan oq bayrokdir. Gospital kemalar tegishli emblemalarga ega bo‘lgan oq rangga bo‘yalishi lozim. Urushayotgan tomonlar barcha kasallar, yaradorlar, harbiy asirlar hamda ularning o‘limi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezlik bilan SHvetsariyada joylashgan harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy axborot agentligiga etkazishi lozim. Harbiy harakatlar oqibatlaridan tinch aholi va harbiy bo‘lmagan ob’ektlar xalqaro-huquqiy himoya ostidadir. Tinch aholi daxlsiz. Ular zo‘ravonlik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas. Tinch aholiga insoniy munosabatda bo‘lib, ularni zo‘ravonlik, qo‘rqitish, terror va haqoratlardan himoya qilish darkor. Ular repressaliyalar ob’ekti bo‘lishlari mumkin emas. Tinch aholining yashashi uchun zarur bo‘lgan ob’ektlar (qoramol, ekinlar, oziq-ovqatlar, suv zahiralari)ga hujum qilish va yo‘q qilish man etiladi. Urushayotgan davlatlardan birining hududi vaqtincha okkupatsiyaga tushib qolishi mumkin. Bu holda ushbu hudud harbiy okkupatsiya rejimini oladi, shuning uchun suverenitet okkupant tomonga o‘tmaydi va anneksiya deb hisoblanmaydi. 1907 va 1954 yillardagi Gaaga konvensiyalari va 1949 yilda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga asosan bosib oluvchi tomon bosib olingan hududda cheklanmagan erkinlikka ega emas, balki bir qancha majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi. Ular jamoat tartibini qayta tiklash, aholi osoyishtaligini, ularni oziq-ovqat, sanitar jihozlari bilan ta’minlash, madaniy boyliklar saqlanishiga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim. 6. Betaraf davlatlar Betaraf davlatlarning quruqlikdagi urushda huquq va majburiyatlari V Gaaga konvensiyasi bilan, dengizdagi urushda esa — XIII Gaaga konvensiyasi (1907) bilan tartibga solinadi. Ushbu Konvensiyalarga asosan betaraf davlatlarning hududi urush harakatlari bo‘layotgan hudud (urush teatri) bo‘la olmaydi, ushbu hudud urushayotganlar tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. Bunday hududlarda harbiy otryadlarni tuzish ishlari olib borilishi mumkin emas. Urushayotgan tomonlar betaraf davlatlar hududiga qurolli qo‘shinlarini olib kirishlari mumkin emas, agar ular olib kirilsa, betaraf tomon bo‘lgunicha ularni internirovat qilishi lozim. Betaraf davlat hududiga bo‘lgan barcha xurujlar qurolli kuchlar yordamida qaytarilishi mumkin. Betaraf davlatlar hech qanday cheklashlarsiz va to‘siqlarsiz boshqa betaraf va urushayotgan tomonlar bilan savdo-sotiqni amalga oshirishlari mumkin. Lekin betaraf davlatlar harbiy maqsadlarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kemalar, qurol-yarog‘, o‘q- dorini urushayotgan tomonga bermasliklari lozim. Ular harbiy kontrabanda bo‘lib, urushayotgan tomonlar uni musodara qilishlari mumkin. Dengiz urushlarida urushayotgan tomonlarning kemalari betaraf davlatlar qatnovlari va dengiz hududlarida 24 soatdan ortiq bo‘lishlari mumkin emas. 7. Urushning tamom bo‘lishi va uning huquqiy oqibatlari Urushning tamom bo‘lishi xalqaro-huquqiy jihatdan urush holatlarining tugatilishi , ya’ni urushayotgan tomonlar o‘rtasida tinchlik munosabatlarining qayta tiklanishidir. Davlatlar urush oqibatida to‘xtatilgan diplomatik, konsullik va savdo aloqalarini qayta tiklaydilar, fuqarolar (yuridik shaxslar)ga bo‘lgan cheklashlarni olib tashlaydilar, chunki ular urush vaqtida dushman bo‘lgan davlat fuqarolari sifatida qabul qilinar edi. Urush holatini to‘xtatish harbiy harakatlarni to‘xtatish demakdir. Urush harakatlari to‘xtatilishining eng ko‘p tarqalgan shakli — sulh tuzishdir. U kichik bir hududda (frontning Download 34.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling