O‘z DSt 1106:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Xeshlash funksiyasi”
Ushbu standart axborotni qayta ishlash va muhofaza qilishning kriptografik metodlarida, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimlarda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda elektron raqamli imzo (bundan keyin - ERI) protseduralarini amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan ikkilik simvollarining istalgan ketma-ketligi uchun xeshlash funksiyasining ( bundan keyin - XF) algoritmini va hisoblash protsedurasini belgilaydi.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
GOST 28147-89 Sistemы obrabotki informatsii. Zaщita kriptograficheskaya. Algoritmы kriptograficheskogo preobrazovaniya
O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar
O‘z DSt 1204:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Kriptografik modullarga xavfsizlik talablari”
Ushbu standart ochiq va simmetrik kalitli kriptografik modullarga qo‘yiladigan yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi hamda axborotning kriptografik muhofaza qilish vositalarini loyihalash, ishlab chiqish, sotish (eltib berish) va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Standart EHM, telekommunikatsiya tarmoqlari, ayrim hisoblash komplekslari yoki EHMda saqlanadigan va uzatiladigan konfidensial axborotni muhofaza qiladigan kriptografik modullarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
O‘z DSt 1092:2005 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari.
O‘z DSt 1105:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi.
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.
Do'stlaringiz bilan baham: |