Aхbоrоt-kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаrining tаsniflаnishi Reja
Axborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha information
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
AKT 1-maruza Davlatova Dildora
Axborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi.
Axborot lotincha information so`zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma`lumot ma`nosini anglatadi. Axborot tushunchasidan inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Ayni paytda uning miqdoriy tavsifi, ya’ni texnik iqtisodiy va falsafiy, shuningdek, gnoseologik (axborot anglash vositasi sifatida), kibernetik kabi bir qator jihatlari farqlanadi. 1. Falsafiy nuqtai nazardan axborot ongga nisbatan ikkinchi darajali deb qaraladi. Ong ham , o‘z navbatida, borliqqa nisbatan ikkinchi darajali. Shundan kelib chiqqan holda, axborot signallarining tartibga solingan ketma-ketligi obrazi bo'lishi lozim. Aniqroq aytganda, semantikaga (mazmun, mohiyatga) ega, fikr tashuvchi bo'lishi kerak. Axborotning moddiy tashuvchisi axborotni uzatish va saqlashni aks ettirgandagina axborot mavjud bo'ladi, aks holda borliq axborotsiz qoladi. Shunday qilib, axborot moddiy tashuvchining uzviy mazmuni va mohiyati sanaladi. 2. Kibernetik nuqtai nazardan tirik organizm, avtomatik harakatlanuvchi mashina yoki inson mashina tizimi tomonidan amalga oshiriladigan har qanday jarayonda (ongli yoki ongsiz ravishda) axborot yuzaga keladi, uni qabul qilish, uzatish, qayta ishlash yuz beradi. Ayni paytda keladigan axborot signallari obyektning tashqi ta ’sirlarga bo'lgan munosabatini ishlab chiqadigan signallarga aylantiriladi. Signallarni uzatish va axborotni qayta ishlash materiya yoki energiyaning borliq va vaqtda harakatlanishi hamda obyektlar yoxud muhitlarning o'zaro aloqasi holatini, tarkibining o'zgarishini yuzaga keltiruvchi har qanday jarayonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. 3. Axborot nazariyasida ko'pincha «axborot miqdori» tushunchasidan foydalaniladi. Bunda asosan axborot — bu axborot olinguncha va olingandan so'ng mumkin bo'lgan javoblar sonining funksiyasi ekanligi anglashiladi. Axborot harakatlanishi undagi mavhumlikni (noaniqlikni) bartaraf etishdan iborat 4. Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish obyekti sanalgan barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi. Bunday hollarda axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta tashkil etish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. 5. Iqtisodiy-xo'jalik faoliyatida axborot deganda, keng ma’noda, atrof-muhit tog‘risidagi har qanday ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadan, unga moslashishdan va uning o‘zgarishi jarayonidan olingan bo‘lishi mumkin. Iste’molchi nuqtayi nazaridan axborot — bu eng oxirgi foydalanuvchi tomonidan olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi m a’lumotdir АXBOROT TUSHUNCHАSI VА UNING TURLАRI Аxoborot - butun borliq, undagi roʼy beradigan hodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va maʼlumotlardir. Аxborot lotincha information soʼzidan olingan boʼlib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumot maʼnosini anglatadi. Аxborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi aʼzolarimiz (koʼz, quloq, burun, ogʼiz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday maʼlumotni tushunamiz. Аxborot asosan quyidagi turlarga boʼlinadi: 1. Matnli axborot; 2. Grafikli axborot; 3. Tovushli axborot; 4. Videolavhali axborot; 5.Belgili axborot; 6,Raqamli axborot. АXBOROTNING OʼLChOV BIRLIKLАRI Hammamizga maʼlumki hozirgi kunga kelib barcha axborot tizimlari (kompyuterlar, planshetlar, mobil qurimalar va boshqalar) ikkilik sanoq sistemasida, yaʼni 0 va 1 raqamlar orqali axborotni qabul qiladi va uzatadi. Аxborotni oʼlchashda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yoʼqligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi maʼlumotlar sigʼimini oʼlchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.oʼlchamlar mavjud: 1 Bit = 0 yoki 1, 1 Bayt = 8 Bit, 1 Kb =1024 Bayt, 1 Mb =1024 Kbayt, 1 Gb =1024 Mbayt, 1 Tb =1024 Gbayt, 1 Pb =1024 Tbayt. Avtоmаtlаshtirilgаn ахbоrоt tехnоlоgiyalаri: tаsnifi vа rivоjlаnish istiqbоllаri. “Informatika” atamasi 1960-yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʼlib, information va automatique soʼzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʼrganuvchi sohani nomlash uchun oʼylab topilgan. Informatika (nem. informatik, fransuzcha: informatique, inglizcha: computer science - komputer fani), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy hossalari va koʼrinishlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʼsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʼrganish bilan shugʼullanadigan ilmiy fandir. Inson faoliyatining kompyuterlar bilan bogʼliq boʼlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Аxborot texnologiyalari - maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Аxborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʼish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Аxborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud boʼlgan boʼlsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining oʼziga xos hususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy isteʼmol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, yaʼni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi oʼrinni egallamoqda. АXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHАSI |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling