Aхbоrоt-kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаrining tаsniflаnishi Reja


Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni umumiy


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1790466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AKT 1-maruza Davlatova Dildora

Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni umumiy
holda quyidagicha tasavvur etish mumkin:
• tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish;
• kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko'rinishda taqdim etish;
• iste’molchiga axborotni uzatish;
• teskari aloqa, ya’ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomo
nidan qayta ishlangan axborot bilan ta’minlash.


Qo'llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko'rsatishi bir
qator ta’minotlar bilan bog'liqdir. Ularni axborot, dasturiy, texnik, huquqiy, tashkiliy,
matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratish qabul qilingan.
Axborot ta’minoti — axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini (bazasini) yaratish,
hujjatlashtirishning
bir
xil
tartibga
keltirilgan
tizimlarini
ichiga
olgan
axborotni
kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo'yicha uslublar va vositalar yig'indisidir. Qabul
qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko'p jihatdan ishlab chiqilgan
axborot ta’minoti sifatiga bog'liq.
Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi
(MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig'indisidir. Dasturiy ta’minot
tarkibiga bazaviy (umum tizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.


Ta’minotlar turi


Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o‘zaro harakatlarini avto
matlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MQIT
texnik vositalari ishlashini nazorat va diagnostika qilish uchun xizmat qiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling