Aхbоrоt-kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаrining tаsniflаnishi Reja


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana21.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1790466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AKT 1-maruza Davlatova Dildora

bilimlarimizdagi
noaniqlikni
bartaraf
etilishi
kabi
e’tirof etadi. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner
axborotni
bizni
va
sezgilarimizni
tashqi
olamga
moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash, deb qaraydi.
Axborotga olimlar tomonidan yuqoridagi kabi ta’rif
berishga
urinishlar
ko‘p
bo‘lgan.
Lekin
axborot
tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berish
mumkin emas. Chunki axborot informatikaning asosiy
tushunchasi bo‘lib, u juda ko‘p ma’noni o‘z ichiga oladi.
Ba’zan axborot sifatida unga ishonishli bo‘lgan ma’lumot
yoki berilganlar so‘zlari ham tushuniladi.


Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko‘pchilik a ’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy
shakli bo'lgan ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan
jamiyat. Axborotlashgan jamiyatga o‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot
texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Hozirgi paytda u
yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o‘rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy
musobaqada teng qatnashishi uchun o‘z iqtisodiy tuzilishi, ustuvor jihatlari, boyliklari,
institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerakligi
ravshan bo'lmoqda. Bizning respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon
kirib bormoqda. Bu masala mamlakat Prezidenti va Respublika hukumatining diqqat markazida
birinchi masalalar qatorida turibdi.
Axborotlashgan jamiyat


Kibernetika ham informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo‘jaligiga joriy etish
maqsadida 1956-yilda akademik M .T. O'rozboyev tashabbusi bilan O'zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida,
V.I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo'limi ochildi. 1966-yilda
Markaziy Osiyo mintaqasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida hisoblash markazi
bo'lgan Kibernetika instituti, 1978- yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
tashkil etildi. Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini
tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-dekabr
qarori bilan Fan va texnika bo'yicha Davlat Qo'mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo'yicha bosh
boshqarma tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlari doirasida O'zR
FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo'naltirilgan bir qator qonunlar qabul
qilindi. Axborotlashtirish haqidagi (1993-yil, may), EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy
muhofazalash haqidagi (1994-yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.


Vazirlar Mahkamasi Axborotlashtirish haqidagi Qonun talablarini bajara borib, 1994-
yil dekabrda O'zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasini ma’qulladi. Ushbu
konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo'yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
• milliy axborot-hisoblash to'rini yaratish;
• axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy
hujjatlarini yuritish;
• axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
• informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
• axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag'batlantirish va
qo'llab-quvvatlash;
• informatika vositalaridan foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.


Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan « O‘zbekiston Respublikasining
axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dasturni o'z ichiga oladi:
a) Milliy axborot-hisoblash tarmog'i;
b) EHM ni matematik va dasturiy ta ’minlash;
d) Shaxsiy kompyuter.
Mazkur dasturda vazirlik va idora axborot tarmoqlari, Milliy axborot hisoblash tar
mog'ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil
etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish,
hujjatlashtirishning m e'yoriy jihatlari keltirilgan.


АXBOROT TUSHUNCHАSI VА UNING TURLАRI 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling