Chuvalchanglar boshqa fayllar tanasiga yashirinmay, tarmoq muhitida
”sayr” qiladilar. Ular esa kompyuter ishga tushishi bilan faollashadigan va
kompyuter xotirasi, tizim yoki tarmoq xududida harakatlana oladigan, o‘z-o‘zidan
ko‘paya oladigan dasturlardir. 1988 yili Robert T.Morris eng mashhur internet–
chuvalchangni yaratdi. U 6000 kompyuter–internet serverlaridan 10% ini ishdan
chiqardi. Bir kompyuterdagi bunday chuvalchang tarmoq orqali boshqasiga bir
necha xil usul bilan o‘tishga harakat qilar va kompyuter ishini buzar edi. Pretty
Park chuvalchangi pochta orqali sayohat qiladi, xatto IRC serveriga ham kirib
chatlar orqali ko‘payishga harakat qiladi.
Troyan otlari deb iste’molchilar uchun mo‘ljallangan dasturlar tanasiga kirib
olib, shu dastur bilan birga ishga tushadigan zararli dasturlarga aytiladi (tarixda
Troya shahrini egallay olmagan bosqinchilar shahar darvozasi oldida kattakon
yog‘och ot qoldirib chekinadilar. Shahar aholisi bu otni tan berish timsoli deb
qabul qilib shaharga olib kiradilar. Tunda ot qorniga yashiringan bir necha
bosqinchi tashqariga chiqib, darvoza qorovullarini o‘ldirib darvozani ochadilar.
Yashirincha qaytib kelib devor ortida kutayotgan bosqinchilar ichkariga kirib
shaharni egallaydilar).
Inson tanasida uchraydigan viruslar RNK yoki DNKli oqsil qobig‘i
ko‘rinishida inson xujayralaridagina ko‘payadi, agar boshqa muhitga tushib qolsa
o‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |