Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
xavfsizlik mexanizmi deb ataladi. Hozirgina yuqorida keltirilgan misoldagi oliy
o‘quv yurti xavfsizlik siyosatini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan qonun- qoidalar, buni nazorat qiluvchi va amalga oshiruvchi bo‘limlar va vositalar (masalan qorovul xizmati, o‘rnatilgan shlagbaum, videokamera kabi texnik qurilmalar, dekanatlar, talabalar kengashi, kamolot harakati, ma’naviyat bo‘limi kabi) mana shu xavfsizlik mexanizmiga kiradi. Xavfsizlik siyosatining bir qismini tashkil etib, tor yo‘nalishdagi mavjud xatarlarga qarshi kurashuvchi bo‘lagi esa xavfsizlik xizmati deb ataladi. Masalan, yong‘in xavfsizligi xizmati, qorovul xizmati, ma’naviyat bo‘limlari xavfsizlik xizmati ko‘rinishlariga misol bo‘la oladi. Axborot xavfsizligi uchun noxush holat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday tashqi yoki ichki ta’sir tahdid, biror joriy vaqt ichida ro‘y berishi ehtimolga yaqin bo‘lgan tahdid esa xatar deb ataladi. Agar samolyot uchun mavjud tahdidlardan ba’zilarni sanab o‘tsak, bular – zavoddan chiqishdagi kamchiliklar, xizmat ko‘rsatishdagi xatoliklar, uchish jarayonida odatdan tashqari vaziyat yuz berib halokatga uchrash, kometa bo‘lagi, boshqa samolyot yoki qushlar bilan to‘qnashib ketish, terrorchilar tomonidan tasarruf etilishi va shu kabi minglab holatlardir. Ya’ni, tahdid biror obyekt uchun mavjud bo‘lgan barcha noxush holatlar uchun umumiy nom. Xatar esa shu tahdidlarning ma’lum bir vaqt oralig‘ida, ma’lum joy va sharoitda ro‘y berish ehtimoli katta bo‘lgan qismidir. Masalan angarda turgan samolyot uchun osmonda boshqa samolyot bilan urushib ketishi tahdid bo‘lsa, kimdir uning ballonini teshib qo‘yishi yoki vintini noto‘g‘ri burab qo‘yishi xatardir.
Xatarni amalga oshirish xujum, oshiruvchi obyekt esa xatar manbai deb ataladi. Yuqoridagi kimdir ballonni teshish uchun harakat qilishi xujum, o‘sha «kimdir» esa xatar manbai bo‘ladi. Xujum qilish qulay bo‘lgan joy zaif joy, zaif joy aniqlangandan boshlab to unga ishonchli himoya o‘rnatilgunicha o‘tgan vaqt esa xatar oralig„i deb ataladi. Yuqoridagi misolda yomon niyatli shaxs kirishi uchun imkon yaratgan joy va yomonlik qilish imkonini beruvchi obyekt (masalan ochiq eshik, devordagi teshik, qo‘l yetadigan joydagi ochiq vint, teshish mumkin ballon va hokazo) zaif joyga, mana shu imkoniyatni paydo bo‘lganidan boshlab to yo‘qotish harakatlari (masalan teshik yoki eshikni yopish, soqchi qo‘yish, ballon va vintlarni g‘ilof ostiga yashirish) amalga oshirilguncha o‘tgan vaqt esa xatar oralig‘i deb ataladi. Axborot tizimi ishiga qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham (ko‘pincha ijobiy) ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har bir obyekt - hox u yakka shaxs bo‘lsin, hox tashkilot - qo„llash infrastrukturasi deb ataladi. Masalan, hamkorlar, homiylar, xizmat ko‘rsatuvchilar, buyurtmachilar, iste’molchilar, mahalliy ma’muriyat va hokazo.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling