Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
Konfidentsiallik esa axborotning ma’lum bir doiradagi shaxslardan tashqari
barchadan sir tutilishi xususiyatidir. Eng oddiy va yorqin misol – bu kasbiy sir, ya’ni hunarmandlar o‘z kasblarining sirlarini faqatgina tanlangan odamlargagina (merosxo‘rlari, shogirdlari kabi) aytishi, ishlab chiqarish texnologiyasi sirlarini (masalan, harbiy qurollarni ishlab chiqarish, yangi samolyotlar yasash, pepsi va kola ishlab chiqarish kabi) yashirishidir. To„liqlik deb axborotning mazmunan boyligi, ishonchliligi, yomon niyatli odamlar tomonidan o‘g‘irlab yoki o‘zgartirib qo‘yilmaganligini tushunamiz. Masalan, o‘qish-yozishni biladi, fizika fani bilan tanish, ishlaydi, fizikani yaxshi tushuntira oladi, maktabda ishlaydi, institutni bitirgan va hokazo ma’lumotlarni bir og‘iz tajribali fizika o‘qituvchisi degan, g‘ildiragi bor, to‘rtta, ularning balloni bor, ruli bor, o‘rindig‘i yumshoq, besh o‘rinli, kechasi-yu-kunduzi minish mumkin, benzin bilan yuradi, qimmat turadi, besh-olti yil ta’mirga muhtoj bo‘lmaydi, magazinda sotiladi va hokazo ma’lumotlar o‘rniga yangi yengil avtomobil deyish axborot orqali berish mumkin. Bu ancha to‘liq va ishonchliroq bo‘lishi mumkin, chunki bitta-bitta sifat berishda inson o‘z fikri, o‘z baholashiga asoslanadi, lekin inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini har birimiz yaxshi bilamiz, bundan tashqari o‘qituvchi yoki yangi yengil avtomobil so‘zlari o‘z navbatida yana bir qancha xulosalar keltirib chiqarishi mumkin.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling