Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiy-ligini
ta’minlashdan iborat. Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat. Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: • simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); • nosimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin? 2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. Ochiq kalitli nosimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin: • foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zahiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash: • tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentnfikatsiyalash. Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.
Шифрлаш
алгоритми Шифрланган матн UzBoy
Zorro Дешифрлаш алгоритми
Kriptografiya – ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik va yaxlitlilik. Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat beradi. Kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu yerla kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali jo‘natiladi (chizmada punktir chiziqlar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluqlidir. Nosimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Калит Жунатувчи Шифрлаш Тиклаш Кабул килувчи Ёвуз ниятли шахс матн ѐпик матн матн Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling