Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#190853
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Axborotni texnik tizimli himoya qilish

Калит 1 

Калит 2 

Жунатувчи  

Шифрлаш  

Тиклаш   

Кабул килувчи  

Ёвуз ниятли шахс  

матн 

ѐпик матн 



матн 


Bu  holda  himoyalangan  kanal  bo‘yicha  ochiq  kalit  jo‘natilib,  maxfiy  kalit 

jo‘natilmaydi. 

Yovuz  niyatli  shaxslar  o‘z  maqsadlariga  erisha  olmasa  va  kriptotahlilchilar 

kalitni  bilmasdan  turib,  shifrlangan  axborotni  tiklay  olmasa,  u  holda  kriptotizim 



kriptomustahkam tizim deb aytiladi. 

Kriptotizimning  mustahkamligi  uning  kaliti  bilan  aniqlanadi  va  bu 

kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Ushbu  ta’rifning  asosiy  ma’nosi  shundan  iboratki,  kriptotizim  barchalarga 

ma’lum  tizim  hisoblanib,  uning  o‘zgartirilishi  ko‘p  vaqt  va  mablag‘  talab  qiladi, 

shu  bois  ham  faqatgina  kalitni  o‘zgartirib turish  bilan  axborotni  himoyalash  talab 

qilinadi. 

Ushbu vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 

1.  Foydalanuvchchilarni  identifikatsiyalash  va  autentifikatsiyalash  tizimi. 

Ushbu  tizim  foydalanuvchidan  olingan  ma’lumot  bo‘yicha  uning  shaxsini 

tekshirish,  haqiqiyligini  aniqlash  va  shundan  co‘ng  unga  tizim  bilan  ishlashga 

ruxsat berish lozimligini belgilab beradi. 

Bu xolda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotni tanlash muammosi 

mavjud bo‘lib, uning quyidagi turlari mavjud: 

•  foydalanuvchiga  ma’lum  bo‘lgan  maxfiy  axborot,  masalan,  parol,  maxfiy 

kalit va boshqalar; 

•  shaxsning  fiziologik  parametrlari,  masalan,  barmoq  izlari,  ko‘zning  tasviri 

va boshqalar. 

Birinchisi  an’anaviy,  ikkinchisi  esa  biometrik  identifikatsiyalash  tizimi 

deyiladi. 

II.  Disk  ma’lumotlarini  shifrlash  tizimi.  Ushbu  tizimning  asosiy  maqsadi 

diskdagi  ma’lumotlarni  himoyalashdir.  Bu  xolda  mantiqiy  va  jismoniy  bosqichlar 

ajratiladi. Mantiqiy bosqichda fayl asosiy obyekt sifatida bo‘lib, faqatgina ba’zi bir 

fayllar  himoyalanadi.  Bunga  misol  qilib,  arxivator  dasturlarini  keltirish  mumkin. 

Jismoniy  bosqichda  disk  to‘laligicha  himoyalanadi.  Bunga  misol  sifatida  Norton 

Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish mumkin. 




III.  Tarmoq  bo‘yicha  uzatiladigan  ma’lumotlarni  shifrlash  tizimi.  Ushbu 

tizimda ikki yo‘nalishni ajratish mumkin: 

•  kanal  bo‘yicha,  ya’ni  aloqa  kanallari  bo‘yicha  jo‘natiladigan  barcha 

ma’lumotlarni shifrlash; 

•  abonentlar  bo‘yicha,  ya’ni  aloqa  kanallari  bo‘yicha  jo‘natiladigan 

ma’lumotlarning  faqatgina  mazmuniy  qismi  shifrlanib,  qolgan  xizmatchi 

ma’lumotlarni ochiq qoldirish. 

IV.    Elektron  malumotlarni  autentifikatsiyalash  tizimi.  Ushbu  tizimda 

tarmoq bo‘yicha bajariladigan elektron ma’lumotlar almashuvida hujjatni va uning 

muallifini autentifikatsiyalash muammosi paydo bo‘ladi. 

V.  Tayanch  axborotlarni  boshqarish  vositalari.  Ushbu  tizimda  tayanch 

axborotlar  sifatida  kompyuter  tizimi  va  tarmog‘ida  qo‘llaniladigan  barcha 

kriptografik  kalitlar  tushuniladi.  Bu  xolda  kalitlarni  generatsiyalash,  saqlash  va 

taqsimlash kabi boshqaruv funktsiyalarini ajratishadi. 

Kriptografiya  nuqtai-nazaridan  shifr  –  bu  kalit  demakdir  va  ochiq 

ma’lumotlar  to‘plamini  yopiq  (shifrlangan)  ma’lumotlarga  o‘zgartirish 

kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi. 

Kalit  –  kriptografiya  o‘zgartirishlar  algoritmining  ba’zi-bir  parametrlarining 

maxfiy  holati  bo‘lib,  barcha  algoritmlardan  yagona  variantini  tanlaydi.  Kalitlarga 

nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kriptomustahkamlik hisoblanadi. 

Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: 

• yetarli darajada kriptomustahkamlik; 

• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi; 

• axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; 

• shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. 

Hozirgi  vaqtda  kompyuter  tarmoqlarida  tijorat  axborotlari  bilan  almashishda 

uchta  asosiy  algoritmlar,  ya’ni  DES,  CLIPPER  va  PGP  algoritmlari 

qo‘llanilmoqda.  DES  va  CLIPPER  algoritmlari  integral  sxemalarda  amalga 

oshiriladi.  DES  algoritmining  kriptomustahkamligini  quyidagi  misol  orqali  ham 

baholash  mumkin:  10  mln.  AKSh  dollari  xarajat qilinganda  DES  shifrlash  ochish 



uchun 21 minut, 100 mln, AQSh dollari xarajat qilinganda esa 2 minut sarflanadi. 

CLIPPER  tizimi  SKIPJACK  shifrlash  algoritmini  o‘z  ichiga  oladi va  bu  algoritm 

DES algoritmidan 16 mln. marta kuchliroqdir. 

PGP algoritmi esa 1991 yilda Filipp Simmerman (AKSh) tomonidan yozilgan 

va  elektron  pochta  orqali  kuzatiladigan  xabarlarni  shifrlash  uchun  ishlatiladigan 

PGP dasturlar paketi yordamida amalga oshiriladi, RGP dasturiy vositalari Internet 

tarmog‘ida elektron pochta orqali axborot jo‘natuvchi foydalanuvchilar tomonidan 

shifrlash maqsadida keng foydalanilmoqda. 

PGP  (Pretty  Good  Privacy)  kriptografiya  dasturining  algoritmi  kalitli,  ochiq 

va yopiq bo‘ladi. 

Ochiq  kalit  bevosita  Web-sahifalarda  yoki  elektron  pochta  orqali 

ochiqchasiga  yuborilishi  mumkin.  Ochiq  kalitdan  foydalangan  jo‘natilgan  shifrli 

axborotni  axborot  yuborilgan  manzil  egasidan  boshka  shaxs  o‘qiy  olmaydi.  PGP 

orqali  shifrlangan  axborotlarni  ochish  uchun,  superkompyuterlar  ishlatilganda  bir 

asr ham kamlik qilishi mumkin. 

Bulardan tashqari, axborotlarni tasvirlarda va tovushlarda yashirish dasturlari 

ham mavjud. Masalan, S-toots dasturi axborotlarni BMP, GIF, WAV kengaytmali 

fayllarda saqlash uchun qo‘llaniladi. 

Kundalik  jarayonda  foydalanuvchilar  ofis  dasturlari  va  arxivatorlarni  qo‘llab 

kelishadi.  Arxivatorlar,  masalan,  PkZip  dasturida  ma’lumotlarni  parol  yordamida 

shifrlash  mumkin.  Ushbu  fayllarni  ochganda  ikkita,  ya’ni  lug‘atli  va  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  usuldan  foydalanishadi.  Lug‘atli  usulda  bevosita  maxsus  fayldan  so‘zlar 

parol  o‘rniga  qo‘yib  tekshiriladi,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  usulda  esa  bevosita  belgilar 

kombinatsiyasi tuzilib, parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi. 

Ofis  dasturlari  (Word,  Excel,  Access)  orqali  himoyalash  umuman  taklif 

etilmaydi. Bu borada mavjud dasturlap Internet da to‘siqsiz tarqatiladi. 




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling