Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Parolli autentifikatsiya
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
Parolli autentifikatsiyaning ustunligi – uning oddiyligi va qulayligidir.
Kompyuterlar paydo bo‘lishidanoq parollar operatsion tizimlar va servislar ishiga kiritilgan. Agar undan to‘g‘ri foydalanilsa ko‘pchilik tashkilotlarda bu servis yetarlicha xavfsizlik ta’minotini berishi mumkin. Shunga qaramay bu servis autentifikatsiyaning eng zaif bo‘laklaridan hisoblanadi. Chunki parolni oson eslab qolish uchun uni odatda sodda, sevimli ibora, yaqinlarning ismi, muhim sana va boshqa o‘ziga yaqin ma’noli so‘zlardan foydalaniladi. Parol kirituvchini yaxshi bilgan yomon niyatli shaxs bunday parollarni osongina topa olishi mumkin. Tarixda Yaponiyada ish ko‘rgan sovet harbiy josusi Rixard Zorge o‘zi
kuzatayotgan odamning o‘ta maxfiy seyfi parolini osongina topgani (chunki o‘sha odam «karamba» so‘zini ko‘p ishlatar ekan) haqida ma’lumot bor. Ba’zan parollarni yashirib ham o‘tirmaydilar, chunki u tizim o‘rnatilganidan beri o‘zgarmagan va tizim hujjatlarida ko‘rsatilganicha qolgan bo‘ladi. Parollarni kuzatish yo‘li bilan yashirincha ko‘rib olish (masalan, masofadan turib durbin orqali, orqa o‘girib terilayotgan parolni esa ko‘zgudagi aksidan ko‘rib va hokazo usullar bilan), bu haqda bilgan hamkasblardan (ko‘pincha biror zarurat bilan – kasal bo‘lganda o‘rniga ishlaganda va hokazo – parolni ularga aytishga to‘g‘ri keladi) surishtirib bilish mumkin. Aslida bunday holatlardan keyin parol o‘zgartirilishi yoki boshqa ehtiyot chorasi ko‘rilishi lozim, lekin hayotda ko‘pincha bunday mayda-chuydalarga ahamiyat berilmaydi. Yana parollarni yozib olib oson topish mumkin bo‘lgan joylarda, yon daftarchada, kichik qog‘ozga yozib cho‘ntak, tortma yoki kompyuterning ostida va shunga o‘xshash joylarda saqlash ham ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Parollarni «qo‘pol kuch ishlatish» usuli, ya’ni lug‘atdan foydalanib yoki parollarni ketma-ket berib parol izlovchi dasturlar yordamida topish ham mumkin. Buning uchun shifrlangan va parolli fayllarni nusxalab olish hamda kerakli parolni bemalol o‘z kompyuteringizda izlab topib, shifrni buzib, ma’lumotlarni o‘qib olish mumkin. Parol himoyasining sifatini oshirish uchun quyidagi choralarga amal qilish lozim:
- hajm va tarkib talablari (ortiqcha kalta ham, uzun ham bo‘lmasin, imkon boricha ko‘p elementli harf-belgilar to‘plamidan foydalansin – raqamlar, lotin va kiril alifbolari, tinish va boshqa maxsus belgilar va hokazo); - davriy yangilab turish talablari (kuniga, har xaftada, har oyda, dekada - o‘n kunda va hokazo muxlatlarda); - parollar fayliga murojaat etishni cheklash talablari (faqatgina shunga xuquqi borlargina uni ko‘ra olsin); - noto‘g‘ri terishlar soniga talablar (masalan, uch marta noto‘g‘ri terilgach, tizim yoki xizmat o‘z ishini to‘xtatishi); - iste’molchilarni parollar bilan ishlash omillariga o‘qitish; - parol yaratishda maxsus parol generatorlaridan (ma’lum bir tasodifiy belgilarning esda qolishi qulay ketma-ketligini yaratib beruvchi dastur) foydalanish kabi talablarning bajarilishi. Bu talablar ko‘p marta qo‘llanuvchi parollar uchun. Agar siz faqat bir marta ishlatiladigan parollardan foydalanadigan bo‘lsangiz, uni bilib olganlarning oldiga poxol solgan bo‘lasiz. Bu parollar bilan sizni Bellcore kompaniyasining S/KEY tizimi ta’minlab turadi. Uning g‘oyasi quyidagicha. Aytaylik, qandaydir bir yoqlama (teskari funktsiyasini qurish oson bo‘lmagan) funktsiya mavjud bo‘lsin va uni ham server, ham iste’molchi bilsin, yana iste’molchida faqat unga ma’lum bo‘lgan K maxfiy kalit bo‘lsin. Iste’molchi ro‘yxatga olinayotgan paytda f funktsiya K kalitga n marta qo‘llansin va olingan natijalar serverda saqlab qolinsin. Endi iste’molchining asl nusxaligi quyidagicha tekshiriladi: - server iste’molchi tizimiga (n-1) sonini jo‘natadi; - iste’molchi K kalitga f funktsiyani (n-1) marta qo‘llaydi va natijani autentifikatsiya serveriga jo‘natadi. U, o‘z navbatida, olingan ma’lumotni o‘zida saqlanayotgani bilan solishtirib ko‘radi va ijobiy javob bo‘lsa uni asrab qo‘yadi va Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling