Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Kerberos autentifikatsiya serveri
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
Kerberos autentifikatsiya serveri dasturiy mahsulot bo‘lib, 1980 yillarning
o‘rtalarida Massachusets texnologik institutida yaratilgan bo‘lib, o‘tgan yillar ichida anchagina rivojlantirildi. Hozir ko‘pchilik zamonaviy operatsion tizimlarning tarkibida bu tizimning klient komponentlari mavjud. Kerberosning vazifasi ochiq – ya’ni, himoyalanmagan tarmoq tugunlarida joylashgan sub’ektlarning o‘rtasidagi uchinchi, lekin ishonchli taraf sifatida turadi va muloqot jarayonida ularga bir-birining asl nusxa ekanligi aqidagi xulosasini jo‘natadi. Masalan, Amir Amerikada, Bolta Bolgariyada bo‘lsin. Amir bulg‘or qalampirini sotib olish uchun Boltaga murojaat qilayotganida avval o‘zining kimligini va ishonchli ekanligini isbotlash uchun o‘zining maxfiy kalitini bilishini isbotlashi kerak. Aks xolda Bolta uni Amir nomidan ish bitirmoqchi bo‘lgan boshqa odam deb o‘ylashi va u bilan muloqotni to‘xtatishi mumkin. Lekin Amir o‘z maxfiy kalitini Boltaga jo‘natmaydi (hammaga jo‘nataversa kalitning maxfiyligi qoladimi? Qolaversa ochiq tarmoqda uni birov o‘g‘irlashi ehtimoldan xoli emas), faqatgina kalitni bilishini isbotlaydi. Jo‘natganida ham foydasi bo‘lmasdi, chunki Bolta baribir bu kalitni bilmasdi. Isbotlash quyidagicha kechadi. Avval Amir Kerberosga o‘zi va qanday xizmatga ehtiyoji borligi aqida yozilgan so‘rovnoma jo‘natadi, Kerberos unga Boltaning maxfiy kaliti yordamida shifrlangan bilet va shu biletning ichidagi gaplardan bir bo‘lagini Amirning kaliti bilan shifrlab qaytaradi. Amir shifrlangan bo‘lakni o‘z kaliti yordamida ma’noli ko‘rinishga ag‘daradi, ya’ni asl xolini tiklaydi va yuqoridagi biletga qo‘shib Boltaga jo‘natadi. U, o‘z navbatida, kaliti bilan biletdagi gaplarni tiklaydi va Amir yuborgan bo‘lak bilan so-lishtiradi. Agar mos tushsa, Amirga javob qaytarib, o‘zaro aloqa o‘rnatadi. Shu misolda, Boltani server, Amirni klient desak, Kerberos orqali klient–server muloqoti aynan shunday amalga oshiriladi. Ko‘rinib turibdiki, na unisi, na bunisi kalitni tarmoq orqali uzatdi. Faqatgina Amirning so‘rovnomasi- yu, Kerberosning o‘zi tuzgan va shifrlagan bileti tarmoq orqali uzatildi xolos! Ikkinchi taraf ham shu tartibda o‘zini isbotlashi mumkin.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling