Murojaat etishni boshqaruvi esa axborot tizimlariga murojaat etuvchi
iste’molchilarni nazorat etish, ulardan hech biri xuquqi doirasiga kirmaydigan
ishni bajarmasligi, o‘zida yo‘q imtiyozni tasarruf etmasligi bilan bir vaqtda
qonuniy va rasmiy iste’molchilarning o‘zlariga kerak axborotga tez va oson
yetishishlarini nazorat qiladi. Yana boshqacharoq qilib aytadigan bo‘lsak, axborot
munosabatlarini «obyektlar» va «sub’ektlar»ga ajratib chiqadigan bo‘lsak, u xolda
ushbu boshqaruv «obyekt» - «sub’ekt» juftligi uchun mumkin bo‘lgan
munosabatlarning to‘plamini tuzish, harakat doirasi shu to‘plamdan tashqariga
chiqmasligining bajarilishini nazorat etish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bu
munosabatlarni ustunlari obyektlar, satrlari sub’ektlar ko‘rinishidagi matritsa
sifatida tasvirlab, ularning kesishuv nuqtalarida esa qo‘shimcha shartlar (masalan,
bajariladigan amalning vaqti va joyi), berilgan xuquq va imtiyozlar joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |