Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- - axborot xavfsizligi bo„yicha mutaxassis
- tizimchi–dasturchilar (rus tilida sistemshik yoki sistemshik/elektronshik) –
kompyuter tarmoqlarini, operatsion tizimlarni hamda ilova dasturlarni juda yaxshi biladigan, lekin unga turli axborot tizimlari haqidagi asosiy ma’lumotlargagina ega bo‘lgan iste’molchi sifatida qarash mumkin. Bu yo‘nalish iste’molchilari ancha malakali bo‘lib, tizim imkoniyatlarining 80-90% gachasidan foydalana olishlari mumkin;
- axborot xavfsizligi bo„yicha mutaxassis – ba’zan tizimchi dasturchiday malakali bo‘lmasligi mumkin, lekin axborot va axborot tizimi xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini bilgan, tizim imkoniyatlaridan 90-100% gacha foydalana
olishni ta’minlay oladigan shaxs. Uning har bir xatti-harakati faqat tizim xavfsizligi, samarali ishlashiga qaratilgandir. Bu muammodan qutulishning birinchi qadami bu iste’molchilarning malakasini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi ish intizomi va mas’uliyatni oshirish, uchinchisi esa ish jarayonida foydalanish oson va tushunarli bo‘lgan ko‘rsatmalar ma’lumotnomasini yaratishdir. Yana vaqti-vaqti bilan xizmatchi va iste’molchilar uchun yaxshi mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari ko‘rinishidagi savol-javob yig‘inlari o‘tkazib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Axborot tizimlarining keyingi zaif joyi – tarmoqdir, tizimga qilinadigan xujumlar asosan tarmoq orqali amalga oshiriladi, chunki umumtarmoqlar barcha foydalanuvchilar uchun shaffof va ochiqdir. Tarmoq orqali amalga oshiriladigan muloqot jarayonida tizimga murojaat qiluvchi tashqi iste’molchining aynan o‘zi aytgan shaxs ekanligini aniqlash har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Sababi hozirgi kunda o„zini niqoblash uchun minglab imkoniyatlar mavjud, shunday ekan tizimlarga xujum qilish imkoniyati ham xuddi shu kabi yuqori bo‘ladi. Bu xujumlardan faqatgina juda ham kuchli nazorat tizimigina qutqara oladi. Lekin har bir tizimga ham bunday himoya o‘rnatish mumkin bo‘lavermaydi, sababi ba’zan bir qism axborotning ommaviyligi yoki kuchli himoya o‘zini iqtisodiy oqlamasligi, ba’zan esa texnik, dasturiy yoki moliyaviy yetishmovchilik bunga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi kunda bu muammo korporativ tizimlar yaratish yo‘li bilan xal etilmoqda, chunki bu tizim o‘z ichiga katta hajmli yoki katta xududni o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish bo‘limlarining barchasidagi mahalliy tarmoqlarni birlashtiradi hamda markazlashgan ravishda himoya va o‘zaro muloqotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Yana mamlakatimiz uchun bugungi kunda dolzarb bo‘lgan muammo – hisoblash texnikasi va unga ulanadigan qurilmalar, ularning qismlari ba’zan turli davlatlardan keltirilgan, sifati ham turlicha, ba’zan esa qaerda chiqarilgani ham noma’lum (balki xonaki firmalar tomonidan qalbakilashtirilgan), bitta qilib yig‘ish jarayonida parametrlari avvalo bir-biriga mos kelmasligi, mabodo bir amallab mos keltirilganda ham kerakli parametrlarga ega bo‘lmaganligi sababli, yo sekin ishlaydi, yo tez ishdan chiqadi, yo ish jarayonida tez-tez xatoliklar keltirib chiqaradi yoki boshqa muammolarga olib keladi. Shu sababli, bunday texnik ta’minotli tizimdan muayyan normal ishlashni talab etish mumkin emas. Umuman olganda dasturiy ta’minot masalasidagi ahvol ham bundan yaxshiroq emas, chunki kun iborasiga aylangan «pirat nusxasi» degan iboraning o‘zigina bir dunyo ma’no anglatishi mumkin. Bu holatni ham qo‘rqmasdan axborot tizimlarining zaif joylariga qo‘shaverish mumkin. Axborot tizimlari uchun yana bitta zaif joy – bu elektr quvvati ta’minotidir. Elektr quvvatining turg‘un ta’minoti hozirgi kun uchun orzugina bo‘lishi mumkin. Kuchlanishning tez-tez o‘zgarib turishi bunday ish sharoitiga mo‘ljallanmagan qurilmalarning tez orada ishdan chiqishiga olib keladi. Umuman ta’minotning uzilib qolishi esa bundan boshqa ham noxush oqibatlarga, ba’zan xattoki firma yoki tashkilotning inqiroziga ham sabab bo‘lishi mumkin, masalan, domna pechida po‘lat tayyorlash tizimining ishdan chiqishi po‘lat sifatining pasayib ketishi, pechda metall qotib qolishi va boshqa kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Shu sabablarga ko‘ra tizim uchun eng avvalo elektr quvvati ta’minoti xavfsizligini rejalash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun avvalo shu quvvat ta’minotchisi bilan shartnoma tuzish, bir vaqtning o‘zida bir necha liniyalardan ta’minot olish, halokatli elektr quvvati ta’minoti masalasini xal qilish, vaqtincha quvvat ta’minotini amalga oshiruvchi xavfsizlik qurilmalari (masalan, UPS lar) mavjudligini ta’minlash muammo yechimini berishi mumkin. Axborot xavfsizligining yana bir zaif joyi – xavfsizlik siyosatining joriy tashkilot boshqaruvi siyosatidagi o‘rni muammosidir. Albatta, ish boshlashda har bir rahbar yoki rahbariyat yuqoridagi fikrlarga ham, xavfsizlik siyosati boshqaruvning ajralmas bo‘lagi ekaniga ham, qisqasi axborot xavfsizligi uchun zarur barcha talab va sharoitlarga nafaqat qo‘shiladilar, balki undan ortig‘ini ham (odatda chin ko‘ngildan) va’da beradilar, lekin ish jarayonida bu muammo ikkinchi darajalilar qatoriga o‘z-o‘zidan surilib qoladi va bu holat toki biror favqulodda holat bo‘lmaguncha, katta yo‘qotish ro‘y bermaguncha davom etadi. Endi aybdorlar qatoridan birinchi bo‘lib biz, xavfsizlik mutaxassislari va mas’ullari sahnaga chiqamiz (to‘g‘risi ham shu-da, axir bola yig‘lamasa ona sut bermaydi- ku!). Shuni hisobga olgan xolda rahbariyat bilan ishlash jarayonida ortiqcha kamtar, «odobli» bo‘lish ham zarar keltirishi mumkinligini bilib qo‘ygan ma’qul. Biz yuqorida axborotlar texnologiyalarining bilvosita zaif joylarini ko‘rib chiqdik, endi ularning bevosita zaif joylari haqida muhokama yuritib ko‘raylik. Biz yuqorida ko‘rib o‘tdik-ki, tizimlardagi buzilishlarda ataylab qilinmagan xatti- harakatlarning ulushi juda katta. Chunki tizimda yagona foydalanuvchi emas, odatda tez-tez tarkibi o‘zgarib turuvchi ro‘yxatdagi bir qancha iste’molchilar faoliyat olib boradilar. Kayfiyat, sog‘liq yoki ruhiy holatning xususiyatlariga qarab xattoki tajribali iste’molchi ham turli darajali unumdorlik yoki sarishtalik bilan ishlashi mumkin. Demak, tizimning bevosita zaif joyi uning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchilarning ro‘yxati va ularning ish koeffitsienti (shu o‘rinda yapon sanoatchilari tajribasidan bir misol keltiramiz – erta bilan har bir bo‘lim boshlig‘i o‘z xodimlarini kutib olib, salomlashar, o‘tkazgan tuni, oila a’zolarining holati,..., transportda tik turib kelmadimi?, shularni aniqlar va javoblarga qarab uni o‘z o‘rniga yoki diqqatni kamroq talab etadigan o‘ringa jo‘natar ekan. Chunki charchagan yoki ezilgan odam to‘laqonli ishlay olmasligi hisobga olinar ekan) hisobga olinmasligidir, boshqacha qilib aytganda bizning mamlakatda axborot texnologiyalarining zaif joyi inson omili, ya’ni har bir iste’molchi xususiyatlari hisobga olinmasligidir. Yana bir aytib o‘tish mumkin bo‘lgan zaiflik – bu dasturiy ta’mi-notning, ayniqsa tizimli dasturlar va operatsion tizim xatoliklaridir. Masalan, AQShning Infrastrukturalarni himoyalash Milliy markazi – NIPC (National Infrastructure Protection Center) 1999 yil 21 iyundagi ma’lumotnomasidan ma’lum bo‘lishicha shu yilning 3 iyulidan 16 iyuligacha dasturiy ta’minot bilan to‘qqizta muammo ro‘y bergan va ulardan foydalanishdagi xatar o‘rtacha yoki yuqori deb hisoblansa bo‘ladi. Chunki aslida aniqlangan zaif joylar soni 17 tadir. Bunday kamchiliklarga ega operatsion tizimlar ichida Unix, Windows, MacOS tizimlarning deyarli barcha variantlari bor, demak hech bir iste’molchi o‘zini bexavotir seza olmaydi, chunki badniyat odamlar bunday zaifliklardan foydalanib qolish imkoniyatini qo‘ldan bermaydilar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, axborot tizimlarining zaif joylari har bir tayin holatda joriy sharoitdan kelib chiqib aniqlanadi. Ularning barchasi uchun umumlashgan muhokamalar shundan iboratki, axborot tizimlaridagi xavfsizlik boshqa omil va zaif joylar bilan bir qatorda ushbu: - texnik vositalar va konfiguratsiyalarning ko‘p xollarda yagona standart va talabga mos kelmasligi; - dasturiy vositalar ko‘proq tekinga olinganligi orqasida muammolar tug‘dirishi; - turg‘unlik talablariga mos kelmaydigan kommunikatsion va elektr quvvati ta’minotlari; - boshqaruv tizimidagi eskicha an’analarning yashovchanligi; - inson omili: malaka yetishmaslik, mas’uliyatsizlik, osiyocha mulozamatlar, mayda-chuydalarga jiddiy
yondoshmaslik va
hokazolar ta’sirida ham kuchsizlanadi. Bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun zaif joylarga yo‘l qo‘ymaslik va xatar oraliqlarini tez muddatda tugatish maqsadida: - imkon boricha rasmiy tashkilotlar bilan shartnoma tuzib, texnik ta’minot va ishonchli konfiguratsiya haqida rasmiy kelishuv; - dasturiy vositalarni yoki litsenziya bo‘yicha yoki qonuniy foydalanuvchi orqali olish; - kommunikatsiya va boshqa ta’minotlarni ehtiyot ko‘rinishlari (qo‘shimcha liniyalar, halokatli reja va hokazo) haqida qayg‘urish; - ishlab chiqarishni yangichasiga (hech bo‘lmaganda o‘zingiz uchun) tashkil etish; - nazorat tizimlarida iloji boricha inson omilining ishtirokini kamaytirish, ya’ni nazorat tizimini imkoni boricha avtomatlashtirish; - qaynoq liniyalar va tiklanish rejalarini bir necha variantini ishlab chiqish; - favqulodda reja (agar tizim uchun ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berib qolsa ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasi) ishlab chiqishda g‘oyatda diqqat bilan deyarli barcha nostandart sharoitlarni ko‘zda tutish ishlarini amalga oshirish shart.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling