To„liqlik nazorati xizmatining vazifasi axborotni saqlash yoki manzilga
uzatish jarayonida unga tasodifan yoki atayin zarar yetkazilmaganligi, mazmuni
o‘zgartirilmaganligi, undan nusxa olinmaganligi, o‘rni almashtirilmaganligi kabi
xususiyatlari tahlil etiladi.
Ekranlashtirish xizmatining vazifasi ichki aktivlarni tashqi tahdidlardan
himoyalash maqsadida ichki va tashqi xududlar orasiga to‘siq - ya’ni, ekran
o‘rnatish, bu to‘siqda bir necha muloqot nuqtalari qoldirib, shu joydan barcha
axborot munosabatlarini amalga oshirish va ularni nazorat etishdir. Bu xizmat
ham dasturiy, ham texnik qurilma vositalariga ega bo‘lib, ulardan har biri o‘z
vazifasini ado etadi. Lekin shunga qaramay bu to‘siqlar juda ham kutilgan natijani
bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |