Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Raddiyaga chidamli kodlashtirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moslashuvchan tizimlar
Raddiyaga chidamli kodlashtirish ishchi axborot yoniga keyinchalik
tiklanayotgan paytda tekshirish uchun qo‘l keluvchi maxsus ma’lumot – nazorat axboroti bilan to‘ldirib kodlanadi. Ular axborotni saqlash yoki uzatish paytida ro‘y bergan xatoliklarni aniqlash va xattoki tuzatish imkonini yaratadi. Moslashuvchan tizimlar mutaxassislar nafis degradatsiya (elegantnaya degradatsiya) deb ataydigan tamoyil asosida ishlaydi. Uning ma’nosi shuki, tizimning bir qismi buzilganda qolgan qismi tizim vazifasini biroz susaytirib bo‘lsada ado etaveradi (masalan, ikki otlik aravaning bir oti ishdan chiqqanda bir ot bilan kamroq yuk ortib ishlatish mumkin bo‘lganday). Xavfsiz tiklanishni ta‟minlash servisining vazifasi buzilish yuz bergandan so‘ng tizim ishini tiklash jarayonida biror xatolikka yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashdir. Ma’lumki, har bir odam ish jarayonida o‘zi bilmagan xolda nimagadir chalg‘ishi, biror ishda xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Yana tiklash jarayonida yaxshi ishlamaydigan qurilma yoki fayl tizim tarkibiga kirib qolishi ham mumkin. Shuning uchun tiklanish jarayoni imkon boricha avtomatlashtirilgan bo‘lishi, tizimning barcha komponentlari normal ish holatiga tekshirib ko‘rilishi, axborot saqlovchilarning ish holatida ekanligi va to‘liqligi buzilmaganligi, kommunikatsiya vositalarining ishonchliligi to‘liq ish jarayoniga o‘tish oldidan yana bir karra diqqat bilan tekshirib ko‘rilishi maqsadga muvo-fiqdir. Bu maqsadga quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin: - diqqat bilan batafsil tuzilgan tiklash rejasini yaratish; - tiklash jarayonida rejaning hech bir bosqichi diqqatda chetda qolmaganligini nazorat etib turish; - texnik qurilmalarni tiklash jarayonida ishlatilayotgan barcha elementlarning ish holatiga tekshirilgan bo‘lishiga qaramay yana ishonch hosil qilish; - dasturiy ta’minotni etalon bilan turli shakllarda solishtirib ko‘rish (ya’ni, oldin uning hajmi, sanasi bo‘yicha, keyin ishlash natijasi bo‘yicha va hokazo); - axborot fayllarini to‘liqligini tekshirish; - kommunikatsion vositalarning ish holatini tekshirib ko‘rish; - oldingi ish jarayonida ro‘y bergan zaifliklar bo‘yicha zaif joylarni yana bir karra nazardan o‘tkazish;
- tizimning ish holati to‘liq tiklanganligini test ma’lumotlar asosida tekshirib ko‘rish. Odatda tizimning eng ko‘p talofat ko‘radigan qismlaridan biri axborotlardir. Shu sababli ularning nusxasini saqlash uchun zamonaviy texnologiyalar - RAID (Redundant Array of Independent Disks – mustaqil disklarning qo‘shimcha to‘plami), ko‘zguli nusxalashdan foydalanish tavsiya etiladi. RAID texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, u saqlab qo‘yiladigan axborotni olti bosqichda mustaqil disklarga yozib boradi. Bu holat tiklash jarayonida ma’lumotlarni o‘zgarishsiz – xatarsiz o‘z o‘rniga qaytarish imkonini beradi. Ko‘zguli nusxalash esa ish jarayonida axborotlar ustida bajarilayotgan har bir amalni ham ish diskida, ham zahira diskda qayd etib boradi. Bu esa tiklanish jarayonida eng so‘nggi ishonchli ma’lumotlarni qaytarish imkonini beradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling