Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси


Raddiyaga  chidamli  kodlashtirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/71
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#190853
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
Axborotni texnik tizimli himoya qilish

Raddiyaga  chidamli  kodlashtirish  ishchi  axborot  yoniga  keyinchalik 

tiklanayotgan  paytda  tekshirish  uchun  qo‘l  keluvchi  maxsus  ma’lumot  –  nazorat 




axboroti bilan to‘ldirib kodlanadi. Ular axborotni saqlash yoki uzatish paytida ro‘y 

bergan xatoliklarni aniqlash va xattoki tuzatish imkonini yaratadi.  



Moslashuvchan  tizimlar  mutaxassislar  nafis  degradatsiya  (elegantnaya 

degradatsiya)  deb  ataydigan  tamoyil  asosida  ishlaydi.  Uning  ma’nosi  shuki, 

tizimning  bir  qismi  buzilganda  qolgan  qismi  tizim  vazifasini  biroz  susaytirib 

bo‘lsada ado etaveradi (masalan, ikki otlik aravaning bir oti ishdan chiqqanda bir 

ot bilan kamroq yuk ortib ishlatish mumkin bo‘lganday). 

Xavfsiz  tiklanishni  ta‟minlash  servisining  vazifasi  buzilish  yuz  bergandan 

so‘ng  tizim  ishini  tiklash  jarayonida  biror  xatolikka  yo‘l  qo‘yilmasligini 

ta’minlashdir.  Ma’lumki,  har  bir  odam  ish  jarayonida  o‘zi  bilmagan  xolda 

nimagadir  chalg‘ishi,  biror  ishda  xatolikka  yo‘l  qo‘yishi  mumkin.  Yana  tiklash 

jarayonida  yaxshi  ishlamaydigan  qurilma  yoki  fayl  tizim  tarkibiga  kirib  qolishi 

ham mumkin. Shuning uchun tiklanish jarayoni imkon boricha avtomatlashtirilgan 

bo‘lishi,  tizimning  barcha  komponentlari  normal  ish  holatiga  tekshirib  ko‘rilishi, 

axborot  saqlovchilarning  ish  holatida  ekanligi  va  to‘liqligi  buzilmaganligi, 

kommunikatsiya  vositalarining  ishonchliligi  to‘liq  ish  jarayoniga  o‘tish  oldidan 

yana  bir  karra  diqqat  bilan  tekshirib  ko‘rilishi  maqsadga  muvo-fiqdir.  Bu 

maqsadga quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin: 

- diqqat bilan batafsil tuzilgan tiklash rejasini yaratish; 

- tiklash jarayonida rejaning hech bir bosqichi diqqatda chetda qolmaganligini 

nazorat etib turish; 

- texnik qurilmalarni tiklash jarayonida ishlatilayotgan barcha elementlarning 

ish holatiga tekshirilgan bo‘lishiga qaramay yana ishonch hosil qilish; 

-  dasturiy  ta’minotni  etalon  bilan  turli  shakllarda  solishtirib  ko‘rish  (ya’ni, 

oldin uning hajmi, sanasi bo‘yicha, keyin ishlash natijasi bo‘yicha va hokazo); 

- axborot fayllarini to‘liqligini tekshirish; 

- kommunikatsion vositalarning ish holatini tekshirib ko‘rish; 

-  oldingi ish  jarayonida  ro‘y  bergan zaifliklar bo‘yicha zaif  joylarni  yana  bir 

karra nazardan o‘tkazish; 



- tizimning ish holati to‘liq tiklanganligini test ma’lumotlar asosida tekshirib 

ko‘rish. 

Odatda tizimning eng ko‘p talofat ko‘radigan qismlaridan biri axborotlardir. 

Shu  sababli  ularning  nusxasini  saqlash  uchun  zamonaviy  texnologiyalar  -  RAID 

(Redundant  Array  of  Independent  Disks  –  mustaqil  disklarning  qo‘shimcha 

to‘plami),  ko‘zguli  nusxalashdan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  RAID 

texnologiyasining  mohiyati shundan  iboratki, u saqlab  qo‘yiladigan  axborotni olti 

bosqichda  mustaqil  disklarga  yozib  boradi.  Bu  holat  tiklash  jarayonida 

ma’lumotlarni  o‘zgarishsiz  –  xatarsiz  o‘z  o‘rniga  qaytarish  imkonini  beradi. 

Ko‘zguli  nusxalash  esa  ish  jarayonida  axborotlar    ustida  bajarilayotgan  har  bir 

amalni  ham  ish  diskida,  ham  zahira  diskda  qayd  etib  boradi.  Bu  esa  tiklanish 

jarayonida eng so‘nggi ishonchli ma’lumotlarni qaytarish imkonini beradi. 




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling