Ma‟lumotlarni zahira nusxalash deganda tizim uchun hayotiy muhim
axborotlarni biror kori–xol bo‘lishidan oldinroq nusxalab olib qo‘yish va ishonchli
saqlash tushuniladi. Bu servisning vazifasi har doim kerakli ma’lumotlarning
ishonchli nusxasi zahirada bo‘lishini (agar axborotlar o‘zgarib turuvchi bo‘lsa shu
holatni ham hisobga olib nusxalaydi!) ta’minlaydi, ya’ni davriy o‘zgaruvchi
axborotlar va tizim komponentlari (masalan, dasturiy) davriy ravishda nusxalanib
borishi va zarur nusxa ishonchli yerda saqlanishini ta’minlashdir. Buning o‘ziga
yarasha shunday tartib -qoidalari mavjudki, ular, o‘z navbatida, nusxalash
xizmatiga zarur talab va standartlarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |