Ахборот тизимларини лойиҳалаш
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.
va hokazo.
Axborot tizimi (AT) ni loyihalash metodologiyasi tizimni yaratish va kuzatish jarayonini AT ning hayot sikli (HS) kо‗rinishida ifodalaydi. Har bir bosqich uchun bajariluvchi ishlarning tarkibi va ketma-ketligi olinuvchi natijalar, ishni bajarish uchun zaruriy usullar va vositalar, ishtirokchilarning roli va javobgarligi va h.k. aniqlab olinadi.
14
AT ni HS ning bunday rasmiy ifodasi jamoaviy ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va tahlil etish imkonini beradi hamda bu jarayonlar bilan boshqarishni ta‘minlaydi. AT ning HS ni - tizimni yaratish va foydalanish jarayonida yuz beruvchi bir qator voqeliklar sifatida tasavvur qilish mumkin. HS ning modeli berilgan AT ga zarurat tug‗ilgan daqiqadan boshlab, tо‗liq iste‘moldan chiqish daqiqasigacha bо‗lgan turlicha tizim holatini tasvirlaydi. Hozirgi vaqtda quyidagi HS modellari ma‘lum va qо‗llanib kelinmoqda: - kaskadli model (2.1-rasm) – loyihaning barcha bosqichlarini qat‘iy ketma-ketlikda bajarilishin nazarda tutadi. Keyingi bosqichga о‗tish avvalgi bosqichdagi barcha ishlar tо‗liq bajarilganligini bildiradi; - oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model (2.2-rasm) – AT ni ishlab chiqish bosqichlararo teskari aloqali sikl bilan olib boriladi. Bosqichlararo tuzatishlar turli bosqichlardagi natijalarning real mavjud о‗zaro ta‘sirlarini hisobga olish imkonini beradi. Har bir bosqichdagi hayot vaqti ishlab chiqishning butun davriga chо‗ziladi; - spiralli model (2.3-rasm). Spiralning har bir buramida mahsulotning navbatdagi versiyasini yaratish bajariladi, loyiha talablari belgilanadi, uning sifati aniqlanadi va keyingi buram ishi rejalashtiriladi. Asosiy e‘tibor ishlab chiqishning boshlang‗ich bosqichiga qaratiladi, ya‘ni tahlilga va loyihalashga.
2.1-rasm. AT HS ning kaskadli modeli 15
2.2-rasm. Oraliq nazoratli bosqichma-bosqichli model 2.3-rasm. AT HS ning spiralli modeli
Amaliyotda keng tarqalgan ikkita asosiy HS modeli olingan: - kaskadli model (1970-1985 yy. uchun xarakterli); - spiralli model (1986 y. dan keyin xarakterli). Avvalgi loyihalarda yetarlicha oddiy AT da ilovalar yagona, funksional va axborotli mustaqil blokka ega bо‗lgan. Ilovalarning bunday tiplarini ishlab chiqish uchun kaskadli usul unumli bо‗lgan. Har bir bosqich tо‗liq bajarilib, barcha ishlar rasmiylashtirilganidan sо‗ng yakunlangan. Kaskadli yondoshuvni qо‗llashning ijobiy tomonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
- har bir bosqichda tо‗liq kriteriyalarga va kelishuvga javob beruvchi, yakunlangan loyiha hujjatlari tо‗plami yaratiladi;
16
- ishning mantiqiy ketma-ketlik bosqichida bajarilishi barcha ishlarni yakunlash muddatini va mos keluvchi xarajatlarni rejalashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqishning eng avvalida tizimga bо‗lgan barcha talablarni yetarlicha aniq va tо‗liq ifodalash mumkin bо‗lganda kaskadli yondoshuv oddiy AT larni qurishda о‗zini yaxshi oqlaydi. Bu yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, tizimni yaratishning real jarayonida hech qachon bunday qat‘iy sxemani taxlab bо‗lmaydi, har doim avvalgi bosqichga qaytish extiyoji tug‗iladi va avvalgi qabul qilingan qarorlarni kо‗rib chiqish va aniqlashtirishga tо‗g‗ri keladi. Natijada AT ni yaratishning real jarayoni oraliq nazoratli bosqichma- bosqichli modelga mos keladi. Lekin, bu sxema yuz beruvchi о‗zgarishlarni va tizimga bо‗lgan talabni aniqlashni tezkor aniqlashtirish imkonini bermaydi. Ishlab chiqish natijalarini foydalanuvchilar bilan kelishuv ishining har bir bosqichi yakunlangandan sо‗ng rejalashtiriluvchi nuqtalardagina amalga oshadi. AT ga bо‗lgan umumiy talab uni yaratishning barcha vaqtlarida texnik masala kо‗rinishida belgilab qо‗yilgan. Shunday qilib, foydalanuvchilar ularning real ehtiyojini qoniqtirmaydigan tizimga ega bо‗ladilar. HS ning spiralli modeli sanab о‗tilgan muammolarni bartaraf qilish uchun taklif etilgan. Tahlil qilish va loyihalash bosqichida texnik yechimlarni amalga oshuvchanligi hamda buyurtmachi talabini qondirish darajasi prototiplarni yaratish yо‗li bilan tekshiriladi. Spiralning har bir buramasi ishga layoqatli fragment yoki tizim versiyasini yaratishga mos keladi. Bu esa loyihaning talabi, maqsadi va xarakteristikasini aniqlashtirish, ishlab chiqish sifatini belgilash, spiralning keyingi buramasi ishini rejalashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, loyiha detallari chuqurlashadi va ketma-ket ravshanlashib boradi, natijada buyurtmachining haqiqiy talabini qoniqtira oladigan asosli variant tanlanadi va iste‘molgacha olib boriladi. Iterativ ishlab chiqish murakkab tizimni yaratishning spiral siklini obyektiv aks ettiradi. U joriy bosqichdagi ish tо‗liq yakunlanishini kutmasdan, keyingi bosqichga о‗tish imkonini beradi, shuningdek, eng asosiy masala – foydalanuvchiga ishga layoqatli mahsulotni iloji boricha tezroq kо‗rsatish imkoniyatini yaratadi. Spiralli siklning asosiy muammosi – keyingi bosqichga о‗tish momentini aniqlashdan iborat. Uni hal qilish uchun HS ning har bir bosqichiga vaqtinchalik chegara kiritiladi va barcha rejalashtirilgan ishlar yakunlanmagan bо‗lganida ham rejaga muvofiq keyingi bosqichga о‗tish amalga oshiriladi. AT ni ishlab chiqish va loyihalash sohasida kompaniyalar – vendorlar va ekspertlarning qat‘iy tavsiyalariga qaramay kо‗plab kompaniyalar iteratsion modellarni biror-bir varianti о‗rniga kaskadli modeldan foydalanishda davom etayapti. Kaskadli model о‗zining ommabopligini saqlab qolishiga asosiy sabab quyidagilardir: 1. Odat (privichka) – kо‗plab AT-mutaxassislari faqat kaskadli modellar о‗rganilayotgan vaqtlarda ta‘lim olganlar, shuning uchun ular hozir ham shundan foydalanishadi. 17
2. Loyiha ishtirokchilarining (buyurtmachi va bajaruvchi) tavakkalchilik xavfini oshib ketishi. Kaskadli model har bir bosqichda yakunlangan mahsulotni kо‗zda tutadi: texnik masala, texnik loyiha, dasturiy mahsulot va foydalanuvchi yо‗riqnomasi. Ishlab chiqilgan yо‗riqnoma nafaqat keyingi bosqich mahsulotiga bо‗lgan talabni belgilaydi, balki, tomonlar majburiyatlarini, ishning hajmi va muddatini ham belgilash imkonini beradi, shuning uchun muddatning yakuniy bahosi va loyiha narxi boshlang‗ich bosqichda, tekshiruvlar tugaganidan sо‗ng belgilanadi. Kо‗rinib turibdiki, agar AT ga talab loyihani amalga oshirishda о‗zgarsa, hamda hujjatlarning sifati yuqori bо‗lmasa (talab tо‗liqmas va/yoki qarama-qarshi), u holda kaskadli modeldan foydalanishning haqiqiyligi aniqlanishda ikkilanishni keltirib chiqaradi va loyiha ishtirokchilarining javobgarligini kamaytirish bilan ishda tavakkalchilikni kuchaytiradi. Rasmiy yondoshuvda loyiha menedjeri faqat spetsifikatsiyadagi talablarni amalga oshiradi, biznesning real ehtiyojiga emas, hujjatlarga suyanadi. DT ni ishlab chiqishda shartnomaning ikkita asosiy turi mavjud. Birinchi tur, belgilangan hajmdagi ishni belgilangan summada, belgilangan muddatda bajarilishini kо‗zda tutadi (fixed price). Ikkinchi tur esa ishning vaqt bо‗yicha tо‗lovini kо‗zda tutadi (time work). Shartnomaning u yoki bu turini tanlash masalaning aniqlanish darajasiga bog‗liq. Kaskadli model belgilangan bosqichli va ularning natijalari bilan shartnomani ishning natijasi bо‗yicha tо‗lov qilishga tuzish uchun eng yaxshisidir. Shartnomaning aynan mana shu turi loyihaning tо‗liq bahosini toki yakunlangunga qadar olish imkonini beradi. Integrallashgan AT ni ishlab chiqish va tadbiq qilish zaruriy moliyaviy xarajatlarni talab qiladi, shuning uchun fiksirlangan narxdagi shartnomadan, ya‘ni ishlab chiqish va tadbiq qilishning kaskadli modelidan foydalaniladi. Spiralli model ba‘zida tashkilotning AT bо‗limlarida AT larni ishlab chiqishda qо‗llaniladi. Iteratsion modellardan foydalanishda tadbiq etish muammaolari. Spiral modelni ba‘zi sohalarda qо‗llab bо‗lmaydi, chunki tо‗liq bо‗lmagan funksionalga ega mahsulotni qо‗llash/sinash mumkin emas (masalan, harbiy sohalarda, atom energetikasi va h.k.). AT ni bosqichma-bosqich iteratsion qо‗llash biznes uchun mumkin, lekin tashkiliy murakkabliklar bilan bog‗liq (ma‘lumotlarni uzatish, hisobli siyosat, foydalanuvchilarni о‗qitish). Bosqichli iteratsion qо‗llanishda ish haqi sezilarli darajada yuqori bо‗lib, loyihani boshqarish haqiqiy sa‘natni talab qiladi. Kо‗rsatilgan murakkabliklarni kо‗rib turib, buyurtmachi ―tizimni bir marta qо‗llash‖ uchun kaskadli modelni tanlaydi. Tizimni yaratishning har bir bosqichida HS jarayoni kо‗rinishida beriluvchi ishning belgilangan hajmini bajarilishi kо‗rib chiqiladi. Jarayon kiruvchi ma‘lumotlarni chiquvchi ma‘lumotlarga о‗zgartiradigan о‗zaro bog‗liq harakatlar tо‗plami sifatida aniqlanadi. Har bir jarayonning tavsifi yechiladigan masalalarning rо‗yxatini, berilgan ma‘lumotlar va natijalarni о‗z ichiga oladi. AT larni loyihalash va ishlab chiqish nazariyasiga eng katta xissani 1970 yillar о‗rtalarida BSP (Business System Planning – tashkiliy rejalashtirish metodologiyasi) metodologiyasini taklif qilish bilan IBM kompaniyasi kiritgan. BSP da keltirilgan biznes jarayonlarni, funksional bо‗linmalarni, ma‘lumotlarni qayta ishlash tizim funksiyalarini, 18
axborot obyektlarini, hujjatlar va ma‘lumotlar bazalarini matritsali kesishmasidan foydalanib axborotlarni strukturalashtirish usuli hozirgi kunda nafaqat axborot texnologiyalari loyihalarida, balki biznes jarayonlarni reinjeneringi va tashkiliy tuzilmalarni о‗zgartirish loyihalarida ham foydalanilmoqda. BSP jarayonining asosiy qadami, uning ketma-ketligini (oliy rahbariyatdan madad olish, tashkilot jarayonlarini belgilash, ma‘lumotlar sinflarini belgilash, intervyu о‗tkazish, intervyu ma‘lumotlarini qayta ishlash va tashkil qilish) barcha rasmiy usullarda uchratish mumkin, shuningdek amaliyotda foydalanilayotgan loyihalarda ham. Ma‘lum standartlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin: - GOST 34.601-90 – avtomatlashtirilgan tizimlarda keng tarqalgan va ularni yaratishda bosqichlarni о‗rnatadi. Bundan tashqari, standartda har bir bosqichdagi ish mundarijasini tavsifi joy oladi. Ishning standartda belgilangan bosqichlari yuqori darajada HS ning kaskadli modeliga mos keladi; - ISO/IEC 12207:1995 – HS jarayonidagi va tashkil etishdagi standart. Buyurtma qilingan dasturiy ta‘minotlarni barcha kо‗rinishida tarqalgan. Standart fazalar va bosqichlar tavsifini о‗z ichiga olmaydi; - Custom Development Method (Oracle usuli) amaliy AT larni ishlab chiqish bо‗yicha – loyiha hujjatlarini tayyorlash darajasigacha detallashtirilgan, Oracle ni qо‗llash bilan loyihada foydalanish kо‗zda tutilgan texnologik material. HS ning klassik modeli uchun CDM qо‗llaniladi (ishlar/masalalar va bosqichlar kо‗zda tutilgan); - Rational Unified Process (RUP) – о‗z ichiga quyidagi tо‗rtta fazani olgan ishlab chiqishning iterativ modelini taklif etadi: boshlanish, tadqiq etish, qurish va tadbiq etish. Har bir faza bosqichlarga (iteratsiyaga) bо‗linishi mumkin, natijada ichki yoki tashqi foydalanish uchun versiya hosil bо‗ladi. Tо‗rtta asosiy fazadan о‗tish ishlab chiqish sikli deyiladi, har bir sikl tizim versiyasining ishga tushishi bilan yakunlanadi. Agar shundan keyin ham loyiha ustidagi ish yakunlanmasa, u xolda olingan mahsulot rivojlanishda davom etadi va о‗sha fazalar yangitdan takrorlanadi. Ishning RUP ramkasidagi maqsadi – bu modellarni UML bazasida yaratish va kuzatib borishdir; - Microsoft Solution Framework (MSF) – RUP bilan kо‗prik, shuningdek tо‗rtta fazaga ega: tahlil, loyihalash, ishlab chiqish, barqarorlashtirish (stabilizatsiya). Obyektga mо‗ljallangan modellashtirish kо‗zda tutilgan. MSF ni RUP bilan solishtirganda katta qismi biznes ilovalarni ishlab chiqish uchun mо‗ljallangan; - Extreme Programming (XP) – Ekstremal dasturlash (qaralayotgan metodologiyalar ichida eng yangi vosita) 1996 yilda tashkil topgan. Bazaviy xalqaro ISO/IEC 12207 standart bilan mos ravishda DT HS ning barcha jarayonlari uchta guruhga bо‗linadi: 1. Asosiy jarayon: - ixtiro; - yetkazib berish; - ishlab chiqish; 19
- ekspluatatsiya qilish; - kuzatib borish. 2. Yordamchi jarayonlar: - hujjatlashtirish; - konfiguratsiyalarni boshqarish; - sifatini ta‘minlash; - muammolarga ruxsat berish; - audit; - attestatsiya; - qо‗shma baho; - verifikatsiY. 3. Tashkiliy jarayonlar: - infrastruktura yaratish; - boshqarish; - о‗qitish; - rivojlantirish. 2.1-jadvalda HS jarayonlarining taxminiy tavsiflari keltirilgan. Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarni bajarishni, loyiha sifatini ta‘minlashni, verifikatsiyani tashkillash- tirishni, DT tekshirish va sinashni qо‗llab-quvvatlash uchun mо‗ljallangan. Tashkiliy jarayonlar masalalarni va harakatlarni aniqlaydi. ISO/IEC 12207 standartini amalaiy qо‗llashni qо‗llab-quvvatlash uchun bir qator hujjatlar ishlab chiqilgan: ISO/IEC 12207 uchun qо‗llanma (ISO/IEC TR 15271:1998 Information technology - Guide for ISO/IEC 12207) va loyihalarni boshqarishda ISO/IEC 12207 ni qо‗llash bо‗yicha qо‗llanma (ISO/IEC TR 16326:1999 Software engineering - Guide for the application of ISO/IEC 12207 to project management).
Tablitsa 2.1. Soderjaniye osnovnix protsessov JS PO IS (ISO/IEC 12207) Protsess (ispolnitel protsessa) Deystviya Vxod Rezultat Priobreteniye (zakazchik) 1. Initsiirovaniye 2. Podgotovka zayavochnix predlojeniy 3.
Podgotovka dogovora 4. Kontrol
deyatelnosti postavshika 1.
Resheniye o nachale rabot po vnedreniyu IS 2.
Rezultati obsledovaniya deyatelnosti zakazchika
ekonomicheskoye obosnovaniye vnedreniya IS
Texnicheskoye zadaniye na IS
20
5. Priyemka IS 3. Rezultati analiza rinka IS/ tendera 4.
Plan postavki/ razrabotki 5. Kompleksniy test IS postavku/ razrabotku
etapov raboti
Akt priyemno- sdatochnix ispitaniy Postavka (razrabotchik IS)
Initsiirovaniye
Otvet na zayavochniye predlojeniya
Podgotovka dogovora
ispolneniya
Postavka IS
Texnicheskoye zadaniye na IS
rukovodstva ob uchastii v razrabotke
Texnicheskoye zadaniye na IS
Plan upravleniya proyektom
IS i dokumentatsiya
Resheniye ob uchastii v razrabotke
predlojeniya/ konkursnaya zayavka
postavku/ razrabotku
Plan upravleniya proyektom
korrektirovka
Akt priyemno- sdatochnix ispitaniy Razrabotka (razrabotchik IS)
Podgotovka
Analiz trebovaniy k IS
Proyektirovaniye arxitekturi IS
Razrabotka trebovaniy k PO
arxitekturi PO
Detalnoye proyektirovaniye PO
testirovaniye PO
Integratsiya PO i kvalifikatsionnoye testirovaniye PO
Integratsiya IS i kvalifikatsionnoye testirovaniye IS
Texnicheskoye zadaniye na IS
zadaniye na IS, model JS
Texnicheskoye zadaniye na IS
Podsistemi IS
Spetsifikatsii trebovaniya k komponentam PO
Arxitektura PO
Materiali detalnogo proyektirovaniya PO
Plan integratsii PO, testi
PO, dokumentatsiya na IS, testi
model JS, standarti razrabotki
Sostav podsistem, komponenti oborudovaniya
trebovaniya k komponentam PO
komponentov PO, interfeysi s BD, plan integratsii PO
Proyekt BD, spetsifikatsii interfeysov mejdu komponentami PO, trebovaniya k testam
akti avtonomnogo 21
testirovaniya
Otsenka sootvetstviya kompleksa PO trebovaniyam TZ
Otsenka sootvetstviya PO, BD, texnicheskogo kompleksa i komplekta dokumentatsii trebovaniyam TZ
Keyinroq tizimning HS jarayonlari uchun standart (ISO/IEC 15288 System life cycle processes) ishlab chiqargan bо‗lib, 2002 yilda nashr qilingan. Standartni ishlab chiqishga turli soha mutaxassislari jalb etilgan: tizimli muhandislik, dasturlash, sifatni boshqarish, inson resurslari, xavfsizlik va boshqalar. Hukumat, savdo, harbiy va akademik tashkilotlarda tizim yaratish texnologiyalari hisobga olindi. Standartni tizimning keng sinflariga qо‗llaniladi, lekin uning asosiy yо‗naltirilganligi – bu kompyuterlashtirilgan tizimlar yaratishni qо‗llab-quvvatlashdan iborat. HS strukturasiga ISO/IEC standarti 15288 seriyasiga muvofiq quyidagi jarayonlar guruhini qо‗yish mumkin: Shartnomaviy jarayon: - ixtiro (ichki yechim yoki tashqi yetkazib beruvchi yechim); - ta‘minlash (ichki yechim yoki tashqi yetkazib beruvchi yechim); Korxona jarayoni: - korxona atrof-muhitini boshqarish; - investitsion boshqaruv; - AT ning HS ni boshqarishi; - resurslarni boshqarish; - sifatni boshqarish. Texnik jarayonlar: - talablarni aniqlash; - talablarni tahlillash; - arxitekturalarni ishlab chiqish; - tadbiq qilish; - integratsiya; - verfikatsiya; - о‗qitish; - attestatsiya; - ekspluatatsiya; - kuzatib borish; 22
- foydalanish. Maxsus jarayonlar: - masala va maqsaddan kelib chiqib, о‗zaro bog‗liqliklarni aniqlash va о‗rnatish. ISO/IEC 15288 standartida kо‗zda tutilgan tizimlarni yaratish bosqichlari yuqorida kо‗rib о‗tilganlarda bir qancha farq qiladi. Yakunlanish momentiga yetkazib borishi shart bо‗lgan bosqichlar va asosiy natijalar rо‗yxati 2.2-jadvalda keltirilgan.
Tablitsa 2.2. Stadii sozdaniya sistem (ISO/IEC 15288) № p/p
Stadiya Opisaniye 1 Formirovaniye konsepsii Analiz potrebnostey, vibor konsepsii i proyektnix resheniy 2 Razrabotka Proyektirovaniye sistemi 3 Realizatsiya Izgotovleniye sistemi 4 Ekspluatatsiya Vvod v ekspluatatsiyu i ispolzovaniye sistemi 5 Podderjka Obespecheniye funksionirovaniya sistemi 6 Snyatiye s ekspluatatsii Prekrasheniye ispolzovaniya, demontaj, arxivirovaniye sistemi
Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling