Ахборот тизимларини лойиҳалаш


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/48
Sana08.01.2022
Hajmi1.24 Mb.
#242361
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.

Obyektli struktura 

Obyekt – bu ba‘zi funksiya va operatsiyalarni (о‗tkazish, qayta ishlash, tashkil etish) 

bajarishda  qо‗llaniladigan  mohiyatdir.  Obyektlar  dinamik  va  statik  xususiyatlarga  ega 

bо‗lishi mumkin: 

-  dinamik  obyektlar  ijroning  bir  siklida  qо‗llaniladi,  masalan,  mahsulot  uchun 

buyurtma, tо‗lov uchun hisob, tо‗lovlar; 

-  statik  obyektlar  ijroning  kо‗plab  sikllarida  qо‗llaniladi,  masalan,  qurilmalar, 

shaxslar, materiallar zahiralari. 

Modellar  detalizatsiyasining  tashqi  darajasi  materialli  obyektlarning  asosiy 

kо‗rinishlarini  (masalan,  xom-ashyo  va  materiallar,  yarim  tayyor  mahsulotlar,  tayyor 

mahsulotlar, xizmatlar) va informatsion obyektlar yoki hujjatlarning asosiy kо‗rinishlarini 

(masalan, buyurtmalar, nakladnoylar, hisob va h.k.) belgilaydi. 

QS modellarini qurishning konseptual darajasi obyekt sinflarining tarkibini, ularning 

atributlari  va  о‗zaro  aloqalarini  aniqlashtiradi.  Shunday  qilib,  QS  strukturalarini 

umumlashgan tasavvuri quriladi. 

Ichki  darajadagi  konseptual  model  EIS  kiruvchi  va  chiquvchi  hujjatlarning 

ma‘lumotlar  bazasi  fayllari  kо‗rinishida  tasvirlanadi.  Dinamik  obyektlar  axborot  yoki 

hujjatlarning о‗zgaruvchi birligida beriladi, statik obyektlar esa rо‗yxatlar, nomenklatura, 

baho  kо‗rsatkichlar,  spravochniklar,  klassifikatorlar  kо‗rinidagi  axborotlarning  shartli-

о‗zgarmas birliklarda beriladi. Ma‘lumotlar bazasi modeli doimiy qо‗llab-quvvatlanuvchi 

axborot  resursi  sifatida  informatsion  jarayonlarning  takrorlanishida  foydalaniladigan 

axborotning shartli-о‗zgarmas va yig‗iluvchi birligini tasvirlaydi. 


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling