Ахборот тизимларини лойиҳалаш
Strategik axborot tizimlari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.
Strategik axborot tizimlari – kompyuter axborot tizimi, tashkilotning strategik
kelajakka mо‗ljallangan rivojlanish maqsadida qarorlar qabul qilish tatbiqini ta‘minlashdir. Strategik darajadagi axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilarga strukturlashmagan masalalarni yechishga yordam beradi, uzoqqa mо‗ljallangan rejalarni amalga oshiradi. Asosiy vazifasi – voqiylikni tashqi muhitda о‗zgarishlarni firmaning mavjud potensiali bilan solishtiradi. Ular birdan kо‗zda tutilmagan vaqtda hosil bо‗lgan viziyatlarda kompyuter telekomunikatsion qо‗llab-quvvatlashlashining umumiy muhitini yaratadi. Mukammallashgan dasturlardan foydalanadi, bunday tizimlar juda kо‗p
8 manbadan ihtiyoriy vaqtda axborotni taqdim qila oladi. Ba‘zi strategik tizimlarning chegaralangan analitik imkoniyatlari mavjud. Dasturiy ta‘minot qо‗llanishi jihatidan bir qator tipik AT larining arxitekturasini ajratish mumkin. An‘anaviy arxitektur yechimlar belgilangan fayl-server yoki ma‘lumotlar bazasi serverlarini foydalanishga asoslangan. Shuningdek, Internet (Intranet-ilovalar) texnologiyalariga asoslangan korporativ axborot tizimlari arxitekturasi variantlari mavjud. Keyingi axborot tizimlarining kо‗rinishi sifatida (DataWarehouse) «ma‘lumotlar ombori» konsepsiyasiga asoslangan – integrallashgan axborot muhiti turli axborot resurslarini о‗z ichiga oladi. Oxirida, global tarqalgan axborot ilovalar qurishda obyektga mо‗ljallangan uslub asosida integrallan axborot-hisoblash komponentalari arxitekturasidan foydalaniladi. Avtomashtirilgan boshqarish axborot tizimlari industriyasini yaratish fikri 1950-1960 yillarda tug‗ilgan va asr oxiriga kelib tugallangan shaklda namoyon bо‗ldi. Birinchi bosqichda AT loyihalash asosiy uslubi, tizim ilovalar jamlanmasi sifatida yaratila boshlaganda, «yuqoridan-quyiga» metodiga asoslangan, chunki bu vaqtda korxona faoliyatini qо‗llash juda kerak edi. Bu loyihalarning asosiy maqsadi, konkret tashkilotni joriy talablariga xizmat qilish uchun, kо‗paytiriladigan mahsulotni yaratish edi. Bu uslub hozirgi kunda ham saqlanayotir. «Loskudli avtomatlashtirish» doirasida yetarli darajada alohida funksiyasining ta‘minoti qо‗llanadi, lekin strategik rivojlanish avtomatlashtirishning kompleks tizimi amaliyotida butunlay mavjud emas, ammo funksional nimtizimlarni birlashtirish alohida va yetarli murakkab muammoga aylanayotir. Avtomatlashtirish uchun alohida bо‗lim va boshqaruv tashkil etib, korxonalar о‗zining kuchlari bilan «(obustroitsya) imkonli bо‗lish» yaratishga intilishdi. Ammo davriy ravishda ishlash texnologiyasining о‗zgarishi va lavozim yо‗riqnomasidagi murakkablik, bir ma‘lumotlarning turli foydalanuvchilarda turli talqin qilishi, uzluksiz ravishda dasturiy mahsulotni kamchiliklarini tо‗ldirishga va yangidan-yangi alohida ishlovchilarning hoxishlarini bajarish tо‗g‗ri keladi. Natijada dasturchilar ishi, yaratilayotgan AT larining ba‘zi rahbarlari va tizim foydalanuvchilari о‗rtasida norozilikka sabab bо‗ldi. Keyingi bosqich faktlarni tushunish bilan bog‗liq bо‗lib, turli korxona va muassasalar faoliyatini avtomatlashtirishga mо‗ljallangan standart dasturlarga bо‗lgan talab yetarli darajada emasligidadir. Ishlab chiquvchilar hamma spektr muammolardan kо‗proq tanilganlarini ajratganlar: buxgalter analitik hisobi va
texnologik jarayon
avtomatlashirishini olib borish. Tizimni loyihalashni «yuqoridan-quyiga» qarab boshlashgan, ya‘ni bitta dastur kо‗p foydalanuvchilarning talablarini qondirish kerak. Universal dasturdan foydalanish ma‘lumotlar bazasi strukturasini, ekran shakli, hisoblash algoritmlarini tanlashda yaratuvchilarga cheklovlarni qо‗yishga majbur qiladi. «Yuqoridan» qо‗yilgan qattiq talab korxonaning faoliyatiga quyushqoq (gipkiy) adaptatsiya qilishga yо‗l bermaydi: texnologik, analitik va ishlab chiqarishni, ma‘lumotlarni ishlov beruvchi kerakli protseduralarni, har bir ishchi о‗rin funksiyasi va
9 konkret foydalanuvchi texnologiyasini interfeysini ta‘minlashni yetarli darajada chuqur hisobga ololmaydi. Bu masalalarni yechishda tizimni tо‗ldirish uchun kо‗p mehnat talab qilinadi. Shunday qilib, material va vaqt xarajatlari buyurtmachining rejalashtirgan kо‗rsatkichlaridan tizimni qо‗llashgacha kо‗proq sarflanishga olib keladi. Statistik ma‘lumotlarga kо‗ra, Standish Group (AQSH) yiqqan, 8380 loyihadan, 1994 yilda AQShda tashhiz qilinganda, 30 loyiha muvaffaqiyatsiz bо‗ldi, umumiy xarajat 80 milliard dollardan oshib ketdi. Bunda 16% loyiha о‗z vaqtda bajarilgan holos, byudjetda rejalashtirilganga qaraganda 189% harajat kо‗p bо‗ldi. Shu vaqtda, AT buyurtmachilari, korporativ ma‘lumotlarni о‗z faoliyatining boshqarish va rejalashtirishni ta‘minlash maqsadida, yana kо‗proq talablarni qо‗ya boshlashdi. Shunday qilib, axborot tizimlarini qurishning yangi uslublarini zaruratini yaratdi. Maqsad AT loyihalashning reglamentatsiyasi uslubi shundayki, boshqaruv jarayonini, AT talablarini bajarilishini kafolatli, shuningdek ishlab chiqish jarayonini tavsiflanishini ta‘minlashdir. Asosiy maqsad, ularni yechimi korporativ AT loyihalash uslubiga mos kelishi kerak: - korporativ AT yaratishni ta‘minlash, tashkil etishning maqsad va vazifalariga javob berishi, shuningdek ishbilarmon buyurtmachi jarayonlarini avtomatlashtirish talablariga mos kelishi; - tizimni yaratishga kafolat о‗rnatilgan loyiha byudjeti doirasida va berilgan vaqtda sifatli bо‗lishi kerak; - bilimli rahbar yо‗lboshchiligida tizimni rivojlantirish va imkonini oshirishga; - yaratilayotgan AT da mavjud axborot tashkilot infrastrukturasida ishlab chiqish doimiyligini ta‘minlash. Uslubni qо‗llanishi AT yaratish jarayoni, jarayonni tо‗liq va aniq bayon qilish hisobiga, shuningdek zamonaviy metod va texnologiyalarni AT yaratishning AT ni butun hayot siklida – fikrlashdan tortib tatbiq etilgunga qadar murakkabliklarini kamaytirishga xizmat kilishi kerak. AT loyihalash uch asosiy sohani о‗z ichiga oladi: - ma‘lumotlar obyektini loyihalash, ular ma‘lumotlar bazasida tatbiq etiladi; - dasturni loyihalash, ekran shakli, hisobot, ular ma‘lumotlarga bо‗lgan sо‗rovni ta‘minlaydi; - konkret muhit yoki texnologiyani hisoblash, ya‘ni tarmoq topologiyasi, apparat vosita konfiguratsiyasi, arxitektura foydalaniladigan ( fayl-server yoki mijoz-server), parallel ishlov berish, tarqalgan ma‘lumotlarga ishlov berish va hokazo. Axborot tizimini loyihalash doimo loyiha maqsadini aniqlashdan boshlanadi. Umumiy holda loyihaning maqsadi bir-biriga bog‗liq masalalarni yechishni aniqlash, tizimni ishga tushirishdan boshlab undan foydalanish davrida ta‘minlashni о‗z ichiga oladi:
10
- tizimning funksionalligi talab qilinadi va ishlatish davomida о‗zgarish sharoitlariga moslashish; - talab qilingan tizimni о‗tkazuvchilik imkoniyati; - talab qilingan vaqtda tizimni sо‗rovga reaksiyasi; - tizimni tо‗xtamay ishlashi; - zaruriy darajadagi xavfsizlik; - foydalanishning soddaligi va tizimni qо‗llab-quvvatlashi. Zamonaviy uslubga asosan, AT yaratish jarayoni qurish va AT hayot sikli (HS) bosqichlari ketma-ket davom etadi. HS ning har bir bosqichida tashkilot xususiyatiga mos model yaratiladi, AT bо‗lgan talab, AT loyihasi, ilovaga bо‗lgan talab va hokazo. Modellar loyiha ishchi guruh jamoasi shakllantiradi. Modellarni yaratish, ularni nazorati, jamoa foydalanishiga о‗tkazish va topshirish maxsus CASE-vosita dastur ishlatish orqali amalga oshiriladi. AT ni yaratish jarayoni bir qator bosqichlarga bо‗linadi va ba‘zi vaqt doirasi bilan chegaralangan va konkret mahsulotni chiqarish bilan tugallanadi (modellar, dasturiy mahsulot, hujjatlar va hokazo). Odatda quyidagi AT yaratish bosqichlari belgilanadi: tizimga talablar shakllanishi, loyihalash, tatbiq etish, test olish, harakatga keltirish, foydalanish va kuzatish [1, 2]. AT yaratishning boshlang‗ich bosqichi, tashkilotda bajariladigan va uning maqsad va masalalarini tatbiq etadigan biznes-jarayonni modellash hisoblanadi. Tashkilot modeli, biznes-jarayon terminida bayon qilingan, qolgan talablarni shakllantirishga imkon beradi. Bu obyektivlikni ta‘minlashda tizimni loyihalash uchun talablarni ishlab chiqishda metodologiyaning fundamentalligidir. AT talablarining modellar tо‗plami bayoni keyinchalik, konseptual AT loyihasini bayon qiluvchi, tizimning modeliga о‗tadi. AT arxitekturasi modeli shakllanadi. Keyin dasturiy ta‘minot (DT) arxitekturasi va axborot ta‘minoti shakllanadi, korporativ MB ajratiladi va alohida ilovalar, ilovalar uchun talablar modeli va ularni ishlab chiqishga olib kelinadi, test olish va integratsiya shakllanadi. AT yaratishning bashlang‗ich maqsadi, tashkilotning faoliyatini tahlil qilish stadiyasi bajariladi, ya‘ni bunda AT shakllanishi uchun talablarni ishlab chiqish, buyurtmachi tashkilotining maqsad va masalalarini tо‗g‗ri va aniq akslantirishi kerak. Tashkilot talablariga javob bera oladigan AT yaratish jarayonini tasniflash uchun, bu talablar kanday yakunlanishini tushuntirish va aniq ifodalash zarur bо‗ladi. AT ga bо‗lgan talabni shakllantirish masalasi juda muhim bо‗lib, chunki u qiyin shakllanadigan va qimmat hamda xatolikka yо‗l qо‗yilganda uni bartaraf etish uchun murakkab bо‗lgan masalalardan biridir. Zamonaviy instrumental vositalar va dasturiy maxsulotlar AT ni tayyor talablar bо‗yicha yetarlicha tezkorlik bilan yaratish imkonini beradi. Lekin, kо‗pgina holatlarda bu sistemalar buyurtmachini qoniqtirmaydi, kо‗plab tо‗ldirishlarni talab qiladi va AT ning faktik narxini keskin kо‗tarilib ketishiga olib keladi. Buning asosiy sababi tahlil vaqtida AT ga bо‗lgan talabni notо‗g‗ri, noaniq va tо‗liq bо‗lmagan holda aniqlanishi bо‗lib hisoblanadi. 11
Loyihalashtirish bosqichida eng avval ma‘lumotlar modeli tashkil qilinadi. Loyihachilar boshlang‗ich axborot sifatida tahlil natijalarini olishadi. Ma‘lumotlarning mantiqiy va fizik modellarini qurish ma‘lumotlar bazasini loyihalashning asosiy qismi bо‗lib hisoblanadi. Tahlillar jarayonida olingan axboraivy model avval ma‘lumotlarning mantiqiy modeliga, sо‗ngra esa fizik modeliga aylantiriladi. Ma‘lumotlar bazasining sxemasini loyihalash bilan parallel ravishda AT ning barcha modullarining tasnifini olish uchun jarayonlarni loyihalash ham bajariladi. Loyihalashning bu ikkala jarayoni ham bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Jarayonlarni loyihalashning bosh maqsadi AT modullarida tahlil bosqichida olingan funksiyani tasvirlashdan iborat. Modullarni loyihalashda dastur interfeysi aniqlanadi: menyuning joylashishi, oyna kо‗rinishi va h.k. Loyihalashning yakuniy mahsuloti bо‗lib quyidagilar hisoblanadi: - ma‘lumotlar bazasining sxemasi (tahlil bosqichida ishlab chiqilgan ER-modeliga asoslangan); - tizim modullarining tasniflari tо‗plami (ular funksiya modellari bazasida quriladi). Undan tashqari loyihalash bosqichida operatsion tizim va platforma tanlovini о‗z ichiga oluvchi AT arxitekturasini ishlab chiqishni ham amalga oshiradi. Bir turli bо‗lmagan AT da har xil operatsion tizim yordamida boshqariluvchi bir nechta har xil apparatli platformalarda kompyuterlar ishlashi mumkin. Bundan tashqari platforma tanlovi loyihalash boshqaruvida arxitekturani quyidagi tavsiflari aniqlanadi: - bu arxitektura ―fayl-server‖ yoki ―mijoz-server‖ bо‗ladimi; - bu arxitektura 3-darajali quyidagi qatlamli bо‗ladimi: server, oraliq qatlamli DT (ilova serveri), mijoz DT; - ma‘lumotlar bazasi markaziy yoki tarqatmali bо‗ladimi. Agar ma‘lumotlar bazasi tarqatmali bо‗lsa, u holda qо‗llab-quvvatlash mexanizmlaridan qaysi biri foydalaniladi: ma‘lumotlarni keluvchanligi yoki aktualligi; - ma‘lumotlar bazasi bir turli bо‗lsa, ya‘ni barcha ma‘lumotlar serverlari bittagina ishlab chiqaruvchining mahsuloti bо‗lsa (barcha serverlar oracle yoki barcha serverlar faqat DB2 (Data Base-ma‘lumotlar ombori) va UDB). Agar ma‘lumotlar bazasi bir turli bо‗lmasa, u holda qanday dasturiy ta‘minot (DT) har xil tashkilotlarda ishlab chiqilgan MBBT (ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) larda ma‘lumotlar almashinishi uchun qо‗llaniladi. Talab etilgan ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ma‘lumotlar bazasini parallel serverlari (oracle parallel server, DB2, UDB) foydalaniladimi. Loyihalash bosqichi AT texnik loyihasini ishlab chiqish bilan tugallanadi. Sinash bosqichida tizimni DT i, texnikaviy qurilmalarni о‗rnatish, foydalanish hujjatlarini yaratish kabilar amalga oshiriladi. Testlash (birma-bir sinash) bosiqichi odatda vaqt bо‗yicha tarqalgan bо‗ladi. Alohida bir modulni yaratish tugallanganda quyidagi ikki maqsadni kо‗zlovchi avtonom test о‗tkaziladi: - moduldagi tо‗xtalish (jiddiy xatolik) kuzatilishi; 12
- modul maxsusliklariga mosligi (barcha zaruriy funksiyalar mavjudligi, ortiqcha funksiyalarning yо‗qligi). Avtonom test muvaffaqqiyatli о‗tgandan keyin u tizimning ishlab chiqilgan qismiga qо‗shiladi va ishlab chiqilgan modullar guruhi aloqa testidan о‗tadi. Ulardan keyin modullar guruhi ishining mukamalligiga testlantiriladi, ya‘ni, birinchidan tizim tо‗xtalishlarini moslovchi testlar, ikkinchidan tо‗xtalishlarga javoblar tekshiriladi. Birinchi guruh testlar dasturiy ta‘minot tо‗xtalishdan keyin qanday tiklanishini hamda apparatli ta‘minot tо‗xtalishini aniqlaydi. Ikkinchi guruh testlari esa ishlash davomida tizimni turg‗unligini aniqlaydi va tizimni tо‗xtalishsiz ishlash vaqtini baholab beradi. Turg‗unlik testlarining kopmlektiga tizimga eng yuqori kuch qо‗yilganida ham moslashtiruvchi testlar kiritiladi. Undan keyin modullarning barcha komplekti tizimli testdan о‗tadi, ya‘ni mahsulot mahsulotni sifat darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul testidan о‗tadi. Modullarning barcha tо‗plamlari tizimli testdan о‗tadi, ya‘ni mahsulotning sifat darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul test. Bu yerga tizimning fuksionalligi va ishonchliligi testlari kiradi. AT ning sо‗nggi testi – topshiruv-oldi sinovi. Bunday test AT buyurtmachiga kо‗rsatishdan iborat va barcha testlar guruhlarini о‗z ichiga oladi. Shu bilan ishlab chiqilgan mahsulot buyurtmachining barcha talablariga mosligi aniqlanadi. AT yaratilish jarayonini bunday tekshirilishini zaruriy barcha maqsadlar amalga oshirilganligi va turli cheklovlarga mosligini kafolatlab, bu sohaga dasturchi muhandislar usul va ta‘minotlarini (tarkibiy tahlil, obyektga yо‗naltirilgan modellashtirish, CASE- tizim) keng qо‗llanishga olib keldi.
Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling