Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniy)


Download 136.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2023
Hajmi136.29 Kb.
#1202556
Bog'liq
Документ (4) (1)



Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniy) 
(taxminan 798, Fargʻona – 865, Misr) – astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy 
yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada 
Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz, u 
ham boʻlsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib kelgan. 
Ahmad al-Fargʻoniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan
Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiysiyosiy va 
madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan koʻplab mutafakkirlar 
muhim oʻringa ega boʻla boshlagan tarixiy davrda kechdi. Al-Fargʻoniy Xalifa Xorun ar-Rashid 
(786–809) vorislari al-Maʼmun (813–833), Muʼtasim (833–842) va Mutavakkil (846–861) 
hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, soʻngra Bagʻdod, Damashq va Qohira 
shaharlarida ilmi hayʼat (falakiyotshunoslikastronomiya), riyoziyot (matematika) va 
jugʻrofiya (geografiya) fanlari bilan shugʻullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib 
qoldirdi. 
Ahmad al-Fargʻoniy dastavval (taxminan 811-yil) Fargʻonadan Marvga kelgan. Ilk oʻrta 
asrlardayoq Marv Oʻrta Osiyoning yirik madaniy va ilmiy-maʼrifiy markazlaridan biri boʻlgan, 
bu maskanda oʻsha davrlardayoq Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan koʻplab olimlar-u 
fozillar va mutafakkirlar toʻplanib, Ajamnij madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etganlar. 
Hatto 651 yilda soʻnggi Sosoniylar shahanshohi Yazdigard III ibn Shahriyor (632–651) arablar 
taʼqibidan qochib, poytaxt kutubxonasidagi kitoblarni oʻzi bilan Marvga olib kelgan. Xalifalik 
qoʻl ostiga oʻtgach ham Marv oʻzining qadimiy mavqeini yoʻqotmay, nafaqat ilmiy va 
madaniy markazga, balki fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy markaziga aylangan. 
Horun ar-Rashid vafoti (809-yil) dan soʻng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809–813) 
chiqadi. Uning akasi Abdulloh bilan taxt uchun (809–813 yillarda) olib borgan kurashi (Xorun 
ar-Rashid oʻgʻli Abdullohni 806 yilda Movarounnahr va Xurosonning noibi etib Marvga 
yuborgan edi) Abdullohning gʻalabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. Oʻsha 
yili (813-yil) Abdulloh al-Maʼmun nomi bilan taxtga oʻtiradi. Biroq u xalifalik poytaxti 
Bagʻdodga bormay, to 819 yilga qadar Marvda yashaydi. U oʻz atrofiga olimlaru fozillarni 
toʻplaydi. 819-yil al-Maʼmun barcha saroy aʼyonlari va olimlari bilan birga Maradan 
Bagʻdodga koʻchadi. Ular orasida al-Fargʻoniy ham boʻlgan. 
Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino qilingan ikkita rasadxona va boy 
kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beruniy maʼlumotiga qaraganda, rasadxonalardan biri 
Bagʻdodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli 
togʻda joylashgan edi. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz „Bayt ul-
hikmat“ („Donishmandlar uyi“) olimlari ilmiy tadqiqotlar olib borardi. Ular orasida al-
Fargʻoniy ham bor edi. 


Al-Fargʻoniy avval Bagʻdoddagi rasadxonada ish olib bordi, soʻngra al-Maʼmun topshirigʻiga 
binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va oʻrnini aniqlash, yangicha „Zij“ 
yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Fargʻoniy yunon astronomlari, jumladan, Ptolemeyning 
„Yulduzlar jadvali“ asarida berilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish hamda oʻsha davrdagi 
barcha asosiy joylarning jugʻrofiy koordinatalarini yangitdan aniqlash yuzasidan olib borilgan 
muhim tadqiqotlarda faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan arab tilidagi ilmiy 
atamashunoslikka doir ishlarni, xususan, falakiyot, riyoziyot va geografiyaga oid atamalarni 
belgilab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni amalga oshirishda ham Al-Fargʻoniyning xizmati 
katta. Bulardan tashqari, u ayrim astronomik asboblarni ixtiro etish, falakiyotshunoslikka 
doir arab tilidagi boshlangʻich bilimlarni belgilash va tartibga solish ishlariga ham muhim 
hissa qoʻshdi. 832–833 yillarda Al-Fargʻoniy Shom (Suriya) shimolidagi Sinjor dashtida 
Tadmur va ar-Raqqa oraligida yer meridiani bir darajasining uzunligini oʻlchashda qatnashdi. 
Al-Fargʻoniyning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati toʻgʻrisidagi eng soʻnggi maʼlumot 
861 yilga mansubdir. Oʻsha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Jaʼfar al-Mutavakkil (hukmronlik 
yillari 847–861) buyrugʻiga binoan Nil daryosidagi suv sathini oʻlchaydigan inshoot barpo 
etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va meʼmoriy 
jihatdan gʻoyat ulugʻvor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul-Rod mavzesida hozirga qadar 
saqlanib qolgan. 
Garchi Al-Fargʻoniy haqida maʼlumotlar juda oz boʻlsada, ammo oʻrta asrlarda sharq ilmiy 
dunyosida uning nomi mashhur boʻlgan. Ibn annadim (10-asr), Ibn al-Kiftiy (12–13-asrlar), 
Abul Faraj Bar Ebrey (13-asr) va Xoji Xalifa (17-asr) kabi Sharq fihrastchilari uning nomini oʻz 
asarlarida qayd etganlar. 
Musulmon mamlakatlari boʻylab safarga chiqqan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi 
ekspeditsiya aʼzolari 1997-yil 5-dekabrda MARda boʻlishib, Al-Fargʻoniy hayotini oʻrganishlari 
natijasida u Misrning Fustat shahrida vafot etganligi, Munattam togʻining sharqiy qismidan 
sal narida joylashgan Imom ash-Shofe qabristoniga dafn etilganligini aniqlashdi. Vaqt oʻtishi 
bilan uning qabri yoʻqolib ketgan. U yerdan olib kelingan tuproq Fargʻona vodiysining Quva 
shahrida 1998-yil barpo etilgan ramziy qabrga qoʻyildi. 
Ilmiy merosiYozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Fargʻoniy ilk oʻrta asr falakiyot, riyoziyot 
va geografiya ilmlari yoʻnalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning 
asosiy astronomik asari – „Kitob al-harakot as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum“ („Samoviy 
harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi“). Bu asar „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ 
nomi bilan ham maʼlum boʻlib, 1145 va 1175-yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima etiladi. 
Shundan soʻng Al-Fargʻoniy nomi lotinlashtirilib, „Alfraganus“ shaklida Gʻarbda shuhrat 


topadi. Uning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asaridan bir necha asrlar davomida 
Yevropa universitetlarida astronomiya fani boʻyicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, 
chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boʻlgan bilimlarni 
oʻz ichiga olgan. Uning geografiyaga oid boʻlimi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar 
haqidagi eng boshlangʻich va zaruriy bilimlarga bagʻishlangan boʻlib, „Yerdagi maʼlum 
mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida“ deb ataladi. 
Asarda falakiyot va geografiya ilmlarining asosiy mazmuni, vazifalari va qismlari tushunarli 
dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi. Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil osmon 
yoritqichlarining turli vaqtda koʻtarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joydan turlicha 
koʻrinishi, masofalar oʻzgarishi bilan ularning koʻrinishi oʻzgarishi haqida qimmatli 
mulohazalar bildiriladi. 
Umuman Al-Fargʻoniyning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asari oʻrta asr musulmon 
Sharqi mamlakatlaridagi, soʻng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya 
ilmining rivojini boshlab berdi. Qadimiy yunon ilmi, jumladan, astronomik ilmlar ham birinchi 
bor arabchadan tarjima qilingan risolalar orqali maʼlum boʻldi. 
Al-Fargʻoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493-yilda tosh bosma usulida nashr 
etildi. 1669-yil mashhur golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius Al-Fargʻoniy 
asarining arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan soʻng Al-
Fargʻoniyning shuhrati yanada ortdi. 
Yevropa Uygʻonish davrining mashhur olimi Regiomontan 15-asrda Avstriya va Italiya 
universitetlarida astronomiyaga doir maʼruzalarini Al-Fargʻoniy asarlari asosida oʻqigan. Al-
Fargʻoniy nomi Dante (14-asr) va Shiller (18-asr) tomonidan tilga olinadi. Yevropa 
olimlaridan Dʼalamber, Brokelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich, A. 
Rozenfeldlar Al-Fargʻoniyning ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho berganlar. 
Bizning davrimizgacha Al-Fargʻoniyning 7 asari saqlanib qolgan (lekin bular hozirgi zamon 
tillariga tarjima qilinmagan). Asarlarning qoʻlyozmalari jahonning turli shaharlari – Berlin, 
Dushanba, London, Parij, Tehron, Toshkent, Mashhad, Patna, Rampur, Xalab va Qohiradagi 
yirik kutubxonalarda saqlanmoqda. 
Ahmad al-Fargʻoniyning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish Oʻzbekistonda mustaqillikdan 
keyin boshlandi. 1998-yil Al-Fargʻoniyning 1200-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. 
Fargʻona shahrida Al-Fargʻoniy nomi bilan ataladigan istirohat bogʻi va qadimiy Quva 
shahrida Al-Fargʻoniy haykali oʻrnatildi. YUNESKO ning 1998-yildagi tadbirlari, Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200-yilligini 
nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 27-noyabr)ga koʻra alloma hayoti va ijodiga 


bagʻishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy koʻrgazmalar oʻtkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, 
spektakllar (dramaturg Hayitmat Rasulning „Piri koinot“, Yoʻldosh Sulaymonning „Fargʻona 
farzandi“, Nurulloxon hoji Abdulloh oʻgʻli „Bashar allomasi“) sahnalashtirildi, filmlar suratga 
olindi. 
Oydagi 20 kmli yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Fargʻoniy nomi berilgan. Fargʻona 
shahridagi maydon, koʻcha, maktablarning biriga Al-Fargʻoniy nomi berilgan. 
O‘rta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va 
geograf al-Farg‘oniy salmoqli o‘rin egallaydi. Olimning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn 
Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. Manbalarda uning farg‘onalik ekanligidan tashqari 
deyarli boshqa ma'lumotlar saqlanmagan. 
Tarjimai hol 
Lekin shuni ham e'tiborga olish kerakki, O‘rta asrlarda musulmon o‘lkalarida bo‘lgan 
an'anaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan atashgan. 
Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo‘lgan Kotni, keyingi poytaxti Gurganjni ham 
Xorazm deyishgan. Ba'zi arab mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. 
Misrning poytaxti Qohirani – Misr, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni – Shom deyilishi 
shundan. Ana shu odatga ko‘ra, O‘rta asrlardagi Farg‘ona vodiysining markaziy shahri 
Axsikatni ham Farg‘ona deyishgan. Al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Qubo (quva) qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Shunisi ma'lumki, al-Farg‘oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy yerlaridagi 
muovini, o‘g‘li Abdullohning (bo‘lajak xalifa al-Ma'munning) Marvdagi olimlari doirasiga 
kirgan. 
Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq bo‘lgani uchundir, 806 yili Marvga noib bo‘lib 
tayinlanganida, Movarounnahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va iste'dodli yoshlarni to‘play 
boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u yerga kelganidan avvalroq to‘plangan 
bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy 
markaz hisoblangan. 
615 yili eng so‘nggi Sosoniy shahanshoh Yazdigard ibn Shahriyor arablar ta'qibidan qochib 
bu yerga kelganida poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi ma'lum. Marv 
arablar qo‘l ostida ham o‘z mavqyeini yo‘qotmadi, aksincha, to mo‘g‘ul istilosigacha o‘sib 


bordi. Shunga ko‘ra, uning IX asr boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy markazi 
bo‘lganligi tabiiydir. 
Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda to‘satdan vafot etadi va uning vasiyatiga ko‘ra, 
Bag‘dodda taxtga katta o‘g‘li – Muhammad aya-Amin nomi bilan o‘tiradi. Saroydagi 
xurosonlik a'yonlar esa Abdullohni taxtni qo‘lga olishga da'vat etadilar. 811 yildan 813 
yilgacha aka-uka Muhammad va Abdulloh o‘rtasida taxt uchun olib borilgan kurash 
Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi va Muhammad qatl qilinadi. 
O‘sha yili Abdulloh taxtga al-Ma'mun nomi bilan o‘tiradi. Lekin u Bag‘dodga bormay 819 
yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 yildan to 819 yilgacha xalifalikning 
vaqtincha poytaxti bo‘lib turadi. 819 yili al-Ma'mun butun saroy a'yonlari va ulamolari bilan 
birga Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida al-Farg‘oniy ham bor edi. Shunday bo‘lsa ham al-
Ma'mun qo‘l ostida u tuzgan ilmiy markaz «Bayt ul-hikmat»da ishlagan olimlar orasida al-
Farg‘oniyning nomi eslatilmaydi. 
Buning sababi bizningcha shunday bo‘lishi mumkin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona 
faoliyat olib borardi, biri Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq 
yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida «Bayt ul-hikmat» 
olimlarining ikkita doimiy guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning o‘zi rasadxonalari 
hojatidan kelib chiqib, ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirardilar va umumiy rahbarlik Bag‘doddan 
turib boshqarilardi. 
Balki al-Farg‘oniy Damashqdagi olimlar guruhida bo‘lishi, al-Ma'mun uni Bag‘dodga kelishi 
bilanoq u yerga yuborgan bo‘lishi mumkin. Abu Rayhon Beruniyning bir xabari shunday 
taxminga asos bo‘ladi. Uning aytishiga ko‘ra, Bag‘dod rasadxonasining ishida YAhyo ibn Abu 
Mansur, al-Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va 
al-Farg‘oniy bilan birga ikkinchi guruh olimlar ishlaganlar. U shuningdek, al-Farg‘oniyning 
Suriya shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oralig‘ida yer meridiani 
bir darajasining uzunligini o‘lchashda ishtirok etganini ham aytgan. 
Nihoyat, al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi eng so‘nggi va eng aniq xabar 861 bilan bog‘lanadi. 
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya'ni Nil 
daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki ta'mirlagan. Biroq al-Farg‘oniy qanday 
qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq ma'lumot yo‘q. 
Ma'lumki, al-Ma'mun Marvdan Bag‘dodga nafaqat olimlarni, balki g‘ulomlari bo‘lmish turk 
askarlarini ham olib kelgan edi. Bag‘dodga kelishi bilan u ma'lum ma'noda lashkarni 


turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Turk g‘ulomlaridan biri 
buxorolik To‘lunni xalifa Suriya, Falastin va Misrdagi lashkarlarning amiri etib tayinladi. 
Uning o‘g‘li Ahmad esa Suriya va Misrni mustaqil deb e'lon qilib, To‘luniylar sulolasiga asos 
soldi. Al-Xorazmiy xalifa al-Ma'munning yaqin odami va maslahatchisi bo‘lgani kabi al-
Farg‘oniyning Misrda paydo bo‘lganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. 
Al-Farg‘oniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-
Xorazmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, quyidagi xulosaga kelamiz. Ma'lumki, al-
Xorazmiyning nomi yozma manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning o‘limi 
munosabati bilan eslatiladi va shundan so‘ng uchramaydi. Shunga ko‘ra, uning o‘lgan yili deb 
850 yil qabul qilingan. Al-Farg‘oniyning nomi oxirgi marta 861 yili Nilning sathini o‘lchagich 
uskunasini ta'mirlash munosabati bilan eslatiladi. 
Agar u al-Ma'mun bilan 819 yili Marvdan Bag‘dodga ketayotganda 20-25 yoshlar chamasida 
bo‘lgan desak, u holda uning tug‘ilgan yili deb 797 yoki 798 yilni qabul qilish mumkin. U 
holda uning hayot muddati 67-68 yoshni tashkil qiladi. Demak, 1998 yili uning tug‘ilaniga 
1200 yil to‘ldi. 
Al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi ma'lumotlar juda kam bo‘lganligiga qaramay, o‘rta asrlarda 
Sharqda uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (XII-XIII asrlar), Abul 
Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Xoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o‘z asarlarida 
eslatadilar. 
Al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» 
(«Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum») XII asrda Ovro‘poda lotin tiliga ikki 
marta va XIII asrda boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng, uning 
lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. 
Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro‘po universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik 
vazifasini o‘tadi. Al-Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr 
etilgan bo‘lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur 
Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asarining arabcha matnini 
yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng, al-Farg‘oniy va uning asarining 
Ovro‘podagi shuhrati yanada ortdi. 


Ovro‘po Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan mashhur olim 
Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyadan ma]ruzalarni al-
Farg‘oniy kitoblaridan o‘qigan. Al-Farg‘oniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham 
eslagan. 
Ovro‘po olimlaridan Dalambr, Brokelman, X.Zuter, I.Yu.Krachkovskiy, A.P.Yushkevich va 
B.A.Rozenfeldlar al-Farg‘oniyning ijodini yuqori baholaganlar. 
Hozirgi kunda al-Farg‘oniyning sakkiz asari ma'lum bo‘lib, ularning hammasi astronomiyaga 
aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Ular quyidagilardir: yuqorida 
tilga olingan asar, odatda uni «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomi bilan ham atashadi 
– qo‘lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. 
«Asturlob yasash haqida kitob» — qo‘lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron 
kutubxonalarida, «Asturlob bilan amal qilish haqida kitob» — birgana qo‘lyozmasi Rampurda 
(Hindiston), «Al-Farg‘oniy jadvallari» — qo‘lyozmasi Patnada (Hindiston), «Oyning Yer ostida 
va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» — qo‘lyozmalari Gota va Qohirada, 
«Quyosh soatini yasash haqida kitob» — qo‘lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. «Al-
Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin 
qo‘lyozmasi topilmagan. 
Al-Farg‘oniyning bu ro‘yxat boshidagi ikki asaridan boshqalari hali hech kim tomonidan 
o‘rganilmagan. Shubhasiz, ular o‘rganilib tahlil qilinishi bilan al-Farg‘oniy ijodining yangi 
qirralari ochiladi va olimning o‘rta asrlarda, undan keyin Sharq va G‘arbda bu qadar mashhur 
bo‘lishi sabablari ham ayon bo‘ladi. 
Aytganimizdek, mazkur asarlarning birinchisi 1145 yildan boshlab lotin tiliga bir necha marta 
tarjima qilingan. Bu tarjimalarning barchasida al-Farg‘oniy ismi lotinchada «Alfraganus» 
shaklida yozilib, shu shaklda fanga abadiy kirib qoldi. 
Al-Farg‘oniyning bu asari astronomiyadan eng sodda darslik bo‘lib, unda murakkab 
geometrik shakllar va matematik formulalar, hisoblashlar keltirilmagan. Bu esa 
astronomiyadan boshlang‘ich ma'lumotlarni o‘zlashtirishni ancha osonlashtirgan. Balki 
buyuk Regiomontan asarning shu xususiyatini anglab, o‘zining universitetlardagi ma'ruzalari 
uchun qo‘llanma sifatida al-Farg‘oniyning ana shu asarini tanlagandir. 


Shunday qilib, buyuk ajdodimizning bu asari Ovro‘po Uyg‘onish davridagi va undan ancha 
keyingi davrdagi madaniyat rivojida sezilarli rol o‘ynadi. Asarning iqlimlar nazariyasiga ko‘ra 
bayon qilingan geografik bo‘limi diqqatga sazovordir. Mamlakat va shaharlarning nomlariga 
qaraganda, al-Fargoniy al-Xorazmiyning geografik asari bilan tanish bo‘lgan yoki u ham al-
Xorazmiy foydalangan manbadan foydalangan, chunki ikkala muallifda ham bu nomlar bir 
xil. 
Geografik bo‘lim (9- bob) bunday atalgan: «Yerdagi ma'lum mamlakatlar va shaharlarning 
nomlari va har bir iqlimdagi narsalar haqida». Bundan so‘ng, yetti iqlimning hammasi 
ulardagi mamlakatlar viloyatlari va shaharlari bilan birga tavsiflanadi. Shuni ham aytish 
kerakki, o‘rta asrlarda arab tilida yozilgan geografik asarlarning eng birinchisi al-
Xorazmiyning «Kitob surat-ul-arz» asari edi. 
Unda al-Xorazmiy yetti iqlimdagi dengizlar, mamlakatlar, tog‘lar, daryolar, ko‘llar va 
shaharlarning tavsifini keltirgan edi. Bunda u tavsifni rub'i ma'murning eng g‘arbiy 
chekkasidan, ya'ni Afrikaning Atlantika okeani qirg‘og‘igacha, ya'ni Tinch okeanidagi 
Yaponiya orollarigacha davom ettiradi. Tavsif kenglama yo‘nalishida ekvatorial yerlardan to 
shimoliy qutbiy yerlargacha davom etadi. 
Iqlimlarning al-Farg‘oniy keltirgan tavsiflash usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy 
o‘zining tavsiflash usulida Ptolemey an'anasiga asoslangan bo‘lsa, al-Farg‘oniy hindlarning 
an'anasiga asoslanib, rub'i ma'murning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi. Uning 
iqlimlar tavsifida 3, 4, 5, 6 va 7-iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda 
Markaziy Osiyoning va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Shuning 
uchun quyida o‘sha tavsiflarni o‘z ichiga olgan parchani keltiramiz. 
«Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, so‘ng Hind 
mamlakatidan va so‘ngra Qobul va Kermon viloyatlaridan o‘tadi. 
To‘rtinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Tibetdan, so‘ngra Xurosondan o‘tadiki, bunda 
Xo‘jand, Usrushona, Farg‘ona, Samarqand, Balx, Buxoro, Hirot, Amuya, Marvarrud, Marv, 
Saraxs, Tuye, Nishopur shaharlari bor. Undan so‘ng Jurjon, qumis, Tabariston, Demovand, 
Qazvin, Dailam, Ray, Isfahondan o‘tadi. 
Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, so‘ng Xurosonning shimolidan 
o‘tadi, unda Toroz shahri – savdogarlar shahri bor, Navokat (Navkat), Xorazm, Isfijob 
(Sayram), Turar-band (O‘tror-hozirgi Aris) va Ozarbayjon, Arminiya (Armaniston) viloyati, 
Barda'a (Barda), Nashava (Naxchivon) shaharlari bor. 


Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan o‘tadi, so‘ng Hazar mamlakatidan 
(Shimoliy Kavkaz va quyi Volga bo‘yi), Jurjon (Kaspiy) dengizining o‘rtasidan kesib o‘tadi va 
Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi. 
Yettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, so‘ng turkiy 
mamlakatlardan (Markaziy Osiyo), so‘ng Jurjon dengizining shimolidan, so‘ng Rum dengizini 
(qora dengiz) kesib, saqlablar (slavyanlar) mamlakatidan o‘tadi va G‘arb dengizida (Atlantika) 
tugaydi». 
Keltirilgan parchadan ko‘rinadiki, al-Farg‘oniy katta kenglikdagi o‘lkalarni tavsiflagan bo‘lsa 
ham, o‘zining asl vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham 
ta'kidlash kerakki, al-Farg‘oniyning rub'i ma'mur haqidagi tasavvuri ancha aniq bo‘lib, har xil 
afsonaviylikdan xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, 
balki hozirgi Mo‘g‘ulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq 
geografik hududni aytgan. 
Daryolar, ko‘llar, suv omborlari va kanallarda suv sathini o‘lchab, yozib boradigan eng 
zamonaviy «Valdey» yoki okean va dengizlar suv sathini o‘lchaydigan «Rordansa» tipidagi 
qurilmalar al-Farg‘oniy kashf etgan «Miqyos an-Nil» qurilmasidan andoza olib tayyorlangan. 
Farg‘oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va G‘arbda mashhurdir. O‘rta asrda tabiiy-
ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim sifatida manbalarda, so‘nggi g‘arb va 
Sharq mualliflari asarlarida, o‘z yurti O‘zbekistonda, ayniqsa, zo‘r g‘urur va iftixor bilan tilga 
olinadi, o‘rganiladi, hozirgi kunda ko‘chalar, o‘quv yurtlariga uning nomi berilgan. 
Bulardan tashqari buyuk vatandoshimiz Ahmad al Farg‘oniy taklif etgan suv sathini santimetr 
aniqlikda o‘lchash usuli hozirgi kunda ham dunyo gidrologiyasida qo‘llaniladi 
Oʻrta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va 
geograf al-Fargʻoniy salmoqli oʻrin egallaydi. 
Olimning toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. 
Manbalarda uning fargʻonalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa maʼlumotlar 
saqlanmagan. Lekin shuni ham eʼtiborga olish kerakki, oʻrta asrlarda musulmon oʻlkalarida 
boʻlgan anʼanaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan 
atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti boʻlgan Kotni, keyingi poytaxti 
Gurganjni ham Xorazm deyishgan. Baʼzi arab mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib 


qolgan. Misr poytaxti Qohiraning Misr, Shom (Suriya) poytaxti Damashqning Shom deyilishi 
shundan. Ana shu odatga koʻra, oʻrta asrlardagi Fargʻona vodiysining markaziy shahri 
Axsikatni ham Fargʻona deyishgan. Al-Fargʻoniy Fargʻona vodiysining Qubo (Quva) 
qishlogʻida tugʻilgan. Shunisi maʼlumki, al-Fargʻoniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy 
yerlaridagi muovini, oʻgʻli Abdullohning (boʻlajak xalifa al-Maʼmunning) Marvdagi olimlari 
doirasiga kirgan. Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq boʻlgani uchundir, 806 yili 
Marvga noyib boʻlib tayinlanganida, Movarounnahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va 
isteʼdodli yoshlarni toʻplay boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u yerga 
kelganidan avvalroq toʻplangan boʻlishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, 
Sosoniylar davridanoq yirik ilmiy markaz hisoblangan. 651 yili eng soʻnggi Sosoniy 
shahanshoh Yazdigard ibn Shahriyor arablar taʼqibidan qochib bu yerga kelganida 
poytaxtdagi kutubxona kitoblarini ham olib kelganligi maʼlum. Marv arablar qoʻl ostida ham 
oʻz mavqeini yoʻqotmadi, aksincha to moʻgʻul isilosigacha oʻsa bordi. Shunga koʻra, uning IX 
asr boshida xalifalikning yirik ilmiy va madaniy markazi boʻlganligi tabiiydir. 
Xalifa Xorun ar-Rashid 809 yili Tusda toʻsatdan vafot etadi va uning vasiyatiga koʻra 
Bagʻdodda taxtga katta oʻgʻli – Muhammad al-Amin nomi bilan oʻtiradi. Saroydagi xurosonlik 
aʼyonlar esa Abdullohni taxtni qoʻlga olishga daʼvat etadilar. 811 yildan 813 yilgacha aka-uka 
Muhammad va Abdulloh oʻrtasida taxt uchun olib borilgan kurash Abdullohning gʻalabasi 
bilan tugaydi va Muhammad katl qilinadi. Oʻsha yili Abdulloh taxtga al-Maʼmun nomi bilan 
oʻtiradi. Lekin u Bagʻdodga bormay 819 yilga qadar Marvda yashaydi. Natijada, Marv 813 
yildan to 819 yilgacha xalifalikning vaqtincha poytaxti boʻlib turadi. 819 yili al-Maʼmun butun 
saroy aʼyonlari va ulamolari bilan birga Bagʻdodga koʻchadi. Ular orasida al-Fargʻoniy ham 
bor edi. Shunday boʻlsa ham al-Maʼmun qoʻl ostida u tuzgan ilmiy markaz “Bayt ul-hikma”da 
ishlagan olimlar orasida al-Fargʻoniyning nomi eslatilmaydi. Buning sababi, bizningcha, 
shunday boʻlishi mumkin: u davrda xalifalikda ikkita rasadxona faoliyat olib borardi, biri 
Bagʻdodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun 
tepaligida edi. Bu rasadxonalarning har birida “Bayt ul-hikma” olimlarining ikkita doimiy 
guruhlari ishlar edi. Ana shu olimlarning oʻzi rasadxonalari hojatidan kelib chiqib, ilmiy 
ekspeditsiyalar uyushtirardilar va umumiy rahbarlik Bagʻdoddan turib boshqarilardi. Balki al-
Fargʻoniy Damashqdagi olimlar guruhida boʻlishi, al-Maʼmun uni Bagʻdodga kelishi bilanoq u 
yerga yuborgan boʻlishi mumkin. Abu Rayhon Beruniyning bir xabari shunday taxminga asos 
boʻladi. Uning aytishiga koʻra, Bagʻdod rasadxonasining ishida Yahyo ibn Abu Mansur, al-
Xorazmiy va boshqa olimlar, Damashq rasadxonasida esa Xolid ibn Abdumalik va al-Fargʻoniy 
bilan birga ikkinchi guruh olimlar ishlaganlar U shuningdek, al-Fargʻoniyning Suriya 
shimolida, Sinjor sahrosida 832 – 833 yillar Tadmur va ar-Raqqa oraligʻida yer meridiani bir 
darajasining uzunligini oʻlchashda ishtirok etganini ham aytgan. 
Nihoyat, al-Fargʻoniyning hayoti haqidagi eng soʻngi va eng aniq xabar 861 yil bilan 
bogʻlanadi. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, u shu yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida 
nilometrni, yaʼni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan yoki taʼmirlagan. Biroq 


al-Fargʻoniy qanday qilib va qanday sharoitda Misrga borib qolgani haqida ham aniq 
maʼlumot yoʻq. 
Maʼlumki, al-Maʼmun Marvdan Bagʻdodga nafaqat olimlarni, balki gʻulomlari boʻlmish turk 
askarlarini ham olib kelgan edi. Bagʻdodga kelishi bilan u maʼlum maʼnoda lashkarni 
turklashtirdi: ana shu turk askarlaridan lashkarboshilar tayinladi. Turk gʻulomlaridan biri 
buxorolik Toʻlunni xalifa Suriya, Falastin va Misrdagi lashkarlarning amiri etib tayinladi. Uning 
oʻgʻli Ahmad esa Suriya va Misrni mustaqil deb eʼlon qilib, Toʻluniylar sulolasiga asos soldi. 
Al-Xorazmiy xalifa al-Maʼmunning yaqin odami va maslahatchisi boʻlgani kabi al-Fargʻoniy 
ham Toʻluning yaqin odami yoki uning saroy ahli doirasidagi kishilardan biri boʻlganligi 
taxmin qilinadi. Bu holda al-Fargʻoniyning Misrda paydo boʻlganidan ajablanmasa ham 
boʻladi. 
Al-Fargʻoniy hayotining muddati haqida ham qiyoslar qilish mumkin. Agar uning hayotini al-
Xorazmiyning hayoti bilan qiyos qilsak, quyidagi xulosaga kelamiz. Maʼlumki, al-
Xorazmiyning nomi yozma manbalarda oxirgi marta 847 yili xalifa al-Vosiqning oʻlimi 
munosabati bilan eslatiladi va shundan soʻng uchramaydi. Shunga koʻra, uning oʻlgan yili deb 
850 yil qabul qilingan. Al-Fargʻoniyning nomi oxirgi marta 861 yili Nil sathini oʻlchagich 
uskunani taʼmirlash munosabati bilan eslatiladi… Al-Fargʻoniy 861 yildan keyin koʻp 
yashamagan va uning oʻlgan yili deb 865 yilni qabul qilish mumkin. Agar u al-Maʼmun bilan 
819 yili Marvdan Bagʻdodga ketayotganda 20 – 25 yoshlar chamasida boʻlgan desak, u holda 
uning tugʻilgan yili deb 797 yoki 798 yilni qabul qilish mumkin. U holda uning hayot muddati 
67 – 68 yoshni tashkil qiladi. Demak, 1997 yoki 1998 yili uning tugʻilganiga 1200 yil toʻlgan. 
Al-Fargʻoniyning hayoti haqidagi maʼlumotlar juda kam boʻlganligiga qaramay, oʻrta asrlarda 
Sharqda uning nomi mashhur boʻlgan. Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (XII – XIII asrlar), 
Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa (XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni oʻz asarlarida 
eslatadilar. 
Al-Fargʻoniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” 
(“Kitob al-harakat as-samoviya va javomiʼ ilm an-nujum”) XII asrda Ovroʻpoda lotin tiliga ikki 
marta va XIII asrda boshqa Ovroʻpo tillariga ham tarjima qilinganidan soʻng, uning 
lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida Gʻarbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. 
Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovroʻpo universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik 
vazifasini oʻtadi. Al-Fargʻoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr 
etilgan boʻlib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669 yili mashhur 
Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Fargʻoniy asarining arabcha matnini 
yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan soʻng, al-Fargʻoniy va uning asarining 
Ovroʻpodagi shuhrati yanada ortdi. Ovroʻpo Uygʻonish davrining buyuk namoyandalaridan 
biri boʻlgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida 


astronomiyadan maʼruzalarni al-Fargʻoniy kitoblaridan oʻqigan. Al-Fargʻoniy nomini Dante 
(XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan. 
Ovroʻpo olimlaridan Dalambr, Brokelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va B. 
A. Rozenfeldlar al-Fargʻoniyning ijodini yuqori baholaganlar. 
Hozirgi kunda al-Fargʻoniyning sakkiz asari maʼlum boʻlib, ularning hammasi astronomiyaga 
aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Ular quyidagilardir: yuqorida 
tilga olingan asar, odatda uni “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomi bilan ham atashadi – 
qoʻlyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. “Asturlob yasash haqida 
kitob” – qoʻlyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va Tehron qutubxonalarida, “Asturlob 
bilan amal qilish haqida kitob” – birgina qoʻlyozmasi Rampurda (Hindiston), “Al-Fargʻoniy 
jadvallari” – qoʻlyozmasi Patnada (Hindiston), “Oyning Yer ostida va ustida boʻlish vaqtlarini 
aniqlash haqida risola” – qoʻlyozmasi Qohirada, “Yetti iqlimni hisoblash haqida” – 
qoʻlyozmalari Gotada va Qohirada, “Quyosh soatini yasash haqida kitob” – qoʻlyozmalari 
Halab va Qohirada saqlanadi. “Al-Xorazmiy “Zij”ining nazariy qarashlarini asoslash” asari 
Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qoʻlyozmasi topilmagan. 
Al-Fargʻoniyning bu roʻyxat boshidagi ikki asaridan boshqalari hali hech kim tomonidan 
oʻrganilmagan. Shubhasiz, ular oʻrganilib tahlil qilinishi bilan al-Fargʻoniy ijodining yangi 
qirralari ochiladi va olimning oʻrta asrlarda, undan keyin Sharq va Gʻarbda bu qadar mashhur 
boʻlishi sabablari ham ayon boʻladi. Aytganimizdek, mazkur asarlarning birinchisi 1145 yildan 
boshlab lotin tiliga bir necha marta tarjima qilingan. Bu tarjimalarning barchasida al-
Fargʻoniy ismi lotinchada “Alfraganus” shaklida yozilib, shu shaklda fanga abadiy kirib qoldi. 
Al-Fargʻoniyning bu asari astronomiyadan eng sodda darslik boʻlib, unda murakkab 
geometrik shakllar va matematik formulalar, hisoblashlar keltirilmagan. Bu esa 
astronomiyadan boshlangʻich maʼlumotlarni oʻzlashtirishni ancha osonlashtirgan. Balki 
buyuk Regiomontan asarning shu xususiyatini anglab, oʻzining universitetlardagi maʼruzalari 
uchun koʻllanma sifatida al-Fargʻoniyning ana shu asarini tanlagandir. 
Shunday qilib, buyuk ajdodimizning bu asari Ovroʻpo Uygʻonish davridagi va undan ancha 
keyingi davrdagi madaniyat rivojida sezilarli rol oʻynadi. Asarning iqlimlar nazariyasiga koʻra, 
bayon qilingan geografik boʻlimi diqqatga sazovordir. Mamlakat va shaharlarning nomlariga 
qaraganda, al-Fargʻoniy al-Xorazmiyning geografik asari bilan tanish boʻlgan yoki u ham al-
Xorazmiy foydalangan manbadan foydalangan, chunki ikkala muallifda ham bu nomlar bir 
xil. 


Geografik boʻlim (9-bob) bunday atalgan: “Yerdagi maʼlum mamlakatlar va shaharlarning 
nomlari va har bir iqlimdagi narsalar haqida”. Bundan soʻng, yetti iqlimning hammasi 
ulardagi mamlakatlar, viloyatlar va shaharlari bilan birga tavsiflanadi. Shuni ham aytish 
kerakki, oʻrta asrlarda arab tilida yozilgan geografik asarlarning eng birinchisi al-
Xorazmiyning “Kitob surat ul-arz” asari edi. Unda al-Xorazmiy yetti iqlimdagi dengizlar, 
mamlakatlar, togʻlar, daryolar, koʻllar va shaharlarning tavsifini keltirgan edi. Bunda u 
tavsifni rubʼi maʼmurning eng gʻarbiy chekkasidan, yaʼni Afrikaning Atlantika okeani 
qirgʻogʻiga yaqin joylashgan orollardan boshlab, eng sharqiy chekkasigacha, yaʼni Tinch 
okeanidagi Yaponiya orollarigacha davom ettiradi. Tavsif kenglama yoʻnalishida ekvatorial 
yerlardan to shimoliy qutubiy yerlargacha davom etadi. 
Iqlimlarning al-Fargʻoniy keltirgan tavsiflash usuli al-Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy 
oʻzining tavsiflash usulida Ptolemey anʼanasiga asoslangan boʻlsa, al-Fargʻoniy hindlarning 
anʼanasiga asoslanib, rubʼi maʼmurning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi. Uning 
iqlimlar tavsifida 3, 4, 5, 6, va 7-iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda 
Markaziy Osiyoning va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. Shuning 
uchun quyida oʻsha tavsiflarni oʻz ichiga olgan parchani keltiramiz. 
“Uchinchi iqlim Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, soʻng Hind 
mamlakatidan va soʻngra Kobul va Kermon viloyatlaridan oʻtadi. 
Toʻrtinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Tibetdan, soʻngra Xurosondan oʻtadiki, bunda 
Xoʻjand, Usrushona, Fargʻona, Samarqand, Balx, Buxoro, Hirot, Amuya, Marvarrud, Marv, 
Saraxs, Tus, Nishopur shaharlari bor. Undan soʻng Jurjon, Qumis, Tabariston, Demovand, 
Qazvin, Daylam, Ray, Isfahondan oʻtadi. 
Beshinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatidan boshlanadi, soʻng Xurosonning shimolidan 
oʻtadi, unda Toroz shahri – savdogarlar shahri bor, Navokat (Navkat), Xorazm, Isfijob 
(Sayram), Turarband (Oʻtror – hozirgi Aris) va Ozarbayjon, Arminiya (Armaniston) viloyati, 
Bardaʼa (Barda), Nashava (Naxchivon) shaharlari bor. 
Oltinchi iqlim Sharqdan boshlanadi va Yajuj mamlakatidan oʻtadi, soʻng Xazar mamlakatidan 
(Shimoliy Kavkaz va Quyi Volgaboʻyi), Jurjon (Kaspiy) dengizining oʻrtasidan kesib oʻtadi va 
Rum (Vizantiya) mamlakatigacha boradi. 
Yettinchi iqlim Sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, soʻng turkiy 
mamlakatlardan (Markaziy Osiyo), soʻng Jurjon dengizining shimolidan, soʻng Rum dengizini 


(Qora dengiz) kesib, saqlablar (slavyanlar) mamlakatidan oʻtadi va Gʻarb dengizida 
(Atlantika) tugaydi”. 
Keltirilgan parchadan koʻrinadiki, al-Fargʻoniy katta kenglikdagi oʻlkalarni tavsiflagan boʻlsa 
ham, oʻzining asl vatani Movarounnahrni mufassalroq tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham 
taʼkidlash kerakki, al-Fargʻoniyning rubʼi maʼmur haqidagi tasavvuri ancha aniq boʻlib, har xil 
afsonaviyliqdan xolidir. Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, 
balki hozirgi Moʻgʻulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq 
geografik hududni aytgan. 
Fargʻoniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va Gʻarbda mashhurdir. Oʻrta asrda tabiiy-
ilmiy bilimlarning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olim sifatida manbalarda, soʻnggi Gʻarb va 
Sharq mualliflari asarlarida, oʻz yurti Oʻzbekistonda, ayniqsa, zoʻr gʻurur va iftixor bilan tilga 
olinadi, oʻrganiladi, hozirgi qunda koʻchalar, oʻquv yurtlariga uning nomi berilgan. 1998 yilda 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan allomaning 1200 yillik tavallud sanasi 
katta tantanalar bilan nishonlandi 

Download 136.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling