Ahmad Donish
Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir
Download 164 Kb.
|
1 2
Bog'liqAhmad Donish
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Ahmad Donish Mahdum ibn NosirAhmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla; 1826 —Buxoro — 1897) — yozuvchi, rassom, xattot, olim, ma`rifatparvar. 19-asrda Buxoro taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida muxim o`rin tutgan. Tojik tilida ijod qilgan. Mudarris oilasida tug`ilgan. Ahmad Donish boshlang`ich savodni onasidan olgan, so`ng maktabda, madrasada tahsil kurgan. Adabiyot, tarix, falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya ilmini mustaqil o`rgangan. Xattotlik, rassomlik va naqqoshlikni yaxshi bilgan, munajjimliqdan yaxshi xabardorligi bilan Nasrullaxon nazariga tushgan. 1857,1869, 1873 yillarda Buxoro amiri tarjimai hollari») kabi asarlar yozgan. Ularda amirlik tuzumini islohqilish masalasini ko`targan. Ahmad Donish amir Muzaffar taklifi bilan «Manozir ul-kavokib» («Sayyoralarning joylashishlari») nomli astronomiya (ilmi nujum)ga oid kitob yozgan (1865). 1870 — 73 ylarda islohot haqida «Risolai dar nazmi tamaddun va taovun» («Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola») asarini yaratgan. Biroq undagi fikrlar amirga yokmagan va uni saroydan uzoqlashtirgan (1874). Ahmad Donish ma`lum muddat Buxoro tumanlarida qozi lavozimida ishlagan. Amir Muzaffar vafotidan so`ng Buxoroga qaytgan, madrasalardan birida mudarrislik qilgan. Ahmad Donish «Nodir voqealar» asarida fan, texnika yangiliklari, tabiat hodisalari, geogr., insonning uzoq umr ko`rishi, koinotning kelib chiqishi, Oy va Quyosh tutilishi, zilzila haqida fikr yuritgan, Yevropa ilm-fanini o`rganishga da`vat etgan. «Risolai tarixiy» nomi bilan mashhur bo`lgan «Ta`rixi saltanati xonadoni mang`itiya» asarida mang`itlar sulolasining 100 yillik hukmronligi taxlil va tadkiq qilingan. Ahmad Donish chizgan ayrim rasmlar saqlangan. «Maktab» nomli miniatyurasida xotin-qizlarni o`qitish g`oyasi ilgari surilgan. 15- a. miniatyura san`ati uslubida chizilgan «Shoir va darvish» miniatyurasi, «Majnun sahroda» nomli 2 miniatyurasi, bangining hajviy rasmi, o`zi ko`chirgan va bezagan Bedil asarlari O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. JNfe 373) va O`zbekiston davlat san`at muzeyida saqlanadi. Toshkentdagi ko`chalardan biriga Ahmad Donish nomi berilgan. Test 1.Ahmad Donish qachon tug’ilgan? A. 1827-yil B.1978-yil C.1800-yil 2.Ahmad Donish qanday oilada tug’ilgan. A. savdogar. B.hunarmand. C.dehqon. 3.”Navodirul-vaqoe” kimning asari? A.Furqat. B.Ahmad Donish C.Dulshod Otin 4. Ahmad Donish nimaga alohida e’tibor beradi? A.hunar o’rganishga B.ilm o’rganishga C.ta’lim-tarbiyaga 5.Qaysi kasb egalarini kuchli ta’sir etuvchi deb biladi? A.shifokor B.o’qituvchi C.tarbiyachi 6.”Dunyoda zahmatsiz rohat, tashvishsiz ne’mat topilishi mumkin emas” deb kim aytgan? A.Dilshod Otin B.A.Donish C.Furqat. 7. .”Navodirul-vaqoe” asari nima haqida? A.ta’lim-tarbiya B.mehnat, kasb-hunar C.a va b javoblar 8.Ahmad Donish qaysi tilni o;rgangangan? A. arab B. o’zbek C.tijik 9.Necha yoshida maktabga kirdi? A.7 yoshida B.8 yoshida C. yoshida 10.Ahmad Donish necha yoshida vafot etgan? A.1897 B.1898 C.1899 Savollar. 1.Markaziy Osiyoda xix-asarning ii-yarmida yashab ijod qilgan allomalarni ayting? 2.Ahmad Donish qachon va qayerda tug’ilgan? 3. .”Navodirul-vaqoe” asarining qanday boblari bor? 4. A. Donish qaysi fanlarni o’rgangan? 5.A.Donishning kasb-hunarga oid fikrlaridan ayting? 6.A.Donishning ilm va ahloqiy tarbiyaga oid fikrlarini ayting? 7. A.Donishnishning pedgogikaga oid fikrlarini ayting? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI A. Zunnunov, M. Xayrullayev, B. To’xliyev N. Holmatov “ Pedagogika tarixi ” “Sharq” Toshkent 2000 Xoshimov K. Nishonov S “Pedagogika tarixi” Toshkent 1996 “O’zbek pedagogika tarixi va antalogiyasi” I va II tom Toshkent 1998 Mavlonova R “pedagogika 2006” Internet ma’lumotlar. www.Google.ru Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling