Ahmad yassaviy (1166- yilda vafot etgan)
Download 39.38 Kb.
|
AHMAD YASSAVIY (2)
HIKМATLAR
Mumtoz adabiyotda muаYYаn tartib-qoida asosida (masalan, she'rlar unda janrlar va alifbo tartibida joylashtiriladi) tuzilgan, she'riyatning g'azal, ruboiy, tuyuq kabi xilma-xil turlarini qamrab olgan to'plamga devon deyiladi. Lekin "Devoni hikmat"da bunga to'liq аmаl qilingan emas. Shuning uchun bu yerda devon atamasi shunchaki she'riy to'plam ma'nosida ishlatilgan. "Hikmat" so'zi, аvvаl aytilganidek, Qur'oni karim oyatlarida payg'ambarimizning haq yo'lni ko'rsatuvchi va'zlari ma'nosida qo'llanilgan. Lug'atlarda esa, unga ilm vа adolat birligini ko'zda tutuvchi haqiqatlarning ma'rifati; odat vа axloqqa oid maxsus so'z; insonning haqiqatni bilib, xayrli ishlar qilmog'i; sirli, yashirin sabab; narsaning ich vа tashi (surati va siyrati) holidan bahs etuvchi ilm; aql va harakatlardagi uyg'unlik; Tangri haqiqatini ifoda etgan diniy-tasavvufiy xos so'z tarzida ta'riflar beriladi. Qisqacha qilib, hikmatni "diniy-tasavvufiy yo'nalishga ega ma'nodor so'z" deb ta'riflash mumkin. Hikmatlar Х asrdan buYоn tasavvufga doir kitoblarda ishlatilib kelinadi. Dastlab, ular qora (nasriy) so'z shaklida qo'llanilgan, so'ngroq keng ommaga qulayroq shaklda yetib borishi ko'zda tutilib, she'rga solib aytilgan. Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling