Ahmad yassaviy (1166- yilda vafot etgan)
Download 39.38 Kb.
|
AHMAD YASSAVIY (2)
Hikmatlarning badiiyati. "Devon"dagi ayrim she'rlarda tasvir emas, ta'lim, so'fiyona aqidalarni o'rgatish maqsad qilib olinganligi sababli, badiiylik darajasi hamisha ham yuqori emas. San'atkorlik yaqqol ko'rinib turmaydigan satrlar ham yo'q emas. Chunki hazrati Yassaviy uchun she'r faqat vosita ekanligini hisobga olish kerak.
Shunday bo'lsa-da, to'q, serma'no va serohang qofiyalar, esda uzoq saqlanib qoladigan nozik qochiriqlar, go'zal o'xshatishlar, ingichka ifodalar yo'q emas. Hikmatlardagi ifodaning soddaligi, samimiyat, jo'shqinlik ularga joziba bag'ishlaydi va o'quvchini o'ziga tortadi. Quyidagi satrlar shu fikrimizga yaqqol misol bo'ladi: Ko'zim namlik, dilim g'amlik, jon alamlik, Nechuk iloj etorimni bilmam, do'stlar. Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib, Qayu taraf ketorimni bilmam, do'stlar. Muallif dunyoda uyg'oq vijdon, iymon bilan yashashga da'vat etyapti. Tuyg'ular - benihoya samimiy. Ular butun dunyoga xayrixohlik istagan pokiza qalbdan chiqqan hislardir. Birinchi bandning birinchi misrasidagi "namlik", "g'amlik", "alamlik" tarzidagi, uchinchi satrdagi "hasratda", "nadomatda" kabi ichki qofiyalar she'rga alohida ohangdorlik, musiqiylik bag'ishlagan. She'rning ikkinchi bandini to'lig'icha chin oshiqning bezovta ruhi ifodasi deyish mumkin. Shoir olamga oshiq ko'zi bilan sergak va beg'araz qaragani uchun ham boshqalar payqamaydigan "turluk-turluk alomatlar"ni ko'radi. Qofiya vazifasini bajargan "alomatlar", “jarohatlar" so'zlarining misra o'rtasida kelishi va "bo'ldi paydo" birikmasining takrorlanishi diqqatni birdan o'ziga tortadi. Ayni vaqtda, bu band o'quvchini benihoya samimiyati bilan ham rom etadi: Turluk-turluk alomatlar bo'ldi paydo, Yuragimda jarohatlar bo'ldi paydo, Bu dunyoda lahza forig' bo'lmoq qaydo, Nechuk iloj etorimni bilmam, do'stlar. She'rning uchinchi bandida "kechalari", "kunduzlari" singari tazod san'atidan foydalanish va "bo'lsam" so'zining takror kelishi muallif ruhiyatidagi qat'iyat va shijoatning bo'rttirib ifodalanishiga olib kelgan: Xos qullardek kechalari qoim bo'lsam, Mardonlardek kunduzlari soim bo'lsam, Kechalari orom olmay, rabbim desam, Nechuk iloj etorimni bilmam, do'stlar. So'nggi bandda shoir go'yo o'zining ma'naviy-tasavvufiy dasturini bayon qiladi. Uning ketmon chopib non yemagan kishini dehqon demaganlaridek, shoir ham o'z jonini haq xizmatiga 1 Soim - yil bo'yi ro'za tutuvchi kishi. bag'ishlamasa, oshiq deyilmasligi ifodasi o'quvchida muallif shaxsiga mehr uyg'otadi: Qul Xoja Ahmad haq xizmatida jon bermasa, Dehqon emas, ketmon chopib, non yemasa, Ochilmag'ay, gul g'unchasi nam bo'lmasa, Nechuk iloj etorimni bilmam, do'stlar. She'rda Alloh yo'liga kirgan odamning qat'iyati ham, uning ojiz-u chorasizligi ham ajib bir samimiyat bilan tasvir etilgan. Hikmatlarning ko'pchilik qismi qadim an'anaviy to'rtlik usulida bitilgan. To'rtliklar dastlab xalq og'zaki ijodi namunalarida uchragan. Qo'shiqlar, termaalar, laparlar, ko'pincha, to'rtlik shaklida yaratilgan. So'ng she'rlarni bu turda bandlashtirish yozma adabiyotga o'tgan. Aksariyat hikmatlar barmoq vaznida yozilgan. Bu vazn ham eski turkiy she'r vaznidir. Jumladan, yuqoridagi she'r hijoning o'n ikki (4-4-4)lik vaznida. Ya'ni: ko'-zim nam-lik (4), di-limg'am-lik (4), jon-a-lam-lik (4). Hikmatlarning 14 (7-7), hatto 16 (8-8) hijoli ko'rinishlari ham uchraydi. Ahmad Yassaviy she'riyatidagi timsollar tuzilishi ham tasavvuf ta'limoti bilan, ham og'zaki ijod an'analari bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Masalan, she'rlarda uchrovchi pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi timsollar bevosita tasavvuf bilan bog'lansa, yo'l, rabot, karvon, o'q kabilar og'zaki ijod an'analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan. "Devoni hikmat"dan "Munojotnoma" ham joy olgan. Munojot asli she'rning bir turi. Lug'aviy ma'nosi "najot", ya'ni yordam so'rashdan olingan. Ko'pincha, Allohdan qilinadigan iltijolarga munojot deyilgan. Lekin bu yerda gap hikmatlar haqida boradi. Muallif hikmatlarining xalq orasiga yoyilishini istab, Allohga munojot qiladi. Bu bilan mazkur hikmatlarning "ma'niyi Qur'on", "koni hadis" ekanligini, Alloh kalomi va payg'ambar sunnatining sharhi ekanligini ta'kidlamoqchi bo'ladi. She'r aruz vaznida yozilgan. Chunonchi: Ma-ni hik-mat-la-rim far-mo-ni sub-hon, v---v --- v- Ma-fo-iy-lun ma-fo-iy-lun fa-uv-lun O'-qub uq-sang ha-ma ma'-ni-yi Qur'-on. v ---v -- -v- - Ma-fo-iy-lun ma-fo-iy-lun fa-uv-lun She'r hazaj bahrida bitilgan. Hikmatlarning ayrimlari g'azal yo'lida yozilgan. Ya'ni: shе'rning birinchi baytidagi satrlar o'zaro (аа) qofiyalanadi. Undan keyingi toq misralar ochiq qolib, juft misralar qofiyalanib keladi (bа, vа, ga kabi). Oxirgi baytda taxallus keladi. Ta'kidlash kerakki, hikmatlarning hammasida taxallus bor. To'rtliklardan tarkib topgan hikmatlarning adadi ham har xil: besh banddan yigirma besh bandgacha boradi. G'azal hikmatlarning hajmi olti baytdan o'n uch baytgacha. Hikmatlar orasida bayt misralari o'zaro (аа, bb, vv, gg tarzida) qofiyalanuvchi masnaviy hikmatlar ham bor. Ular ham, tabiiyki, aruz vaznida. Masnaviy hikmatlarning vazni "Munojotnoma"ni esga soladi. G'azal hikmatlarniki esa har xil. Masalan, hazaj vaznining solim (to'la) shakllari ham uchraydi. Masalan: Qaro kundur o'shal soatki, dunyodan safar qilsang, Y--- Y--- Y---Y— mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun Zan-u farzand mol-u mulking borisidin guzar qilsang. Y- - - Y - - - Y---Y- - mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun Lekin "Devoni hikmat"da bu vazn talablariga hamisha ham rioya qilinavermaydi. Och qofiyalar, qofiyasiz ochiq satrlar, fе'l qofiyalar ko'p uchraydi. Вu hol hikmatlarning she'riyatdagi martabasini bir qadar pasaytiradi, albatta. Lekin undagi muqaddas g'oyalar bu kamchiliklarni ko'pincha bildiravermaydi. "Devoni hikmat"da badiiy jihatdan bir qadar zaifliklar borligini mutaxassislar undagi she'rlarning Yassaviy tomonidan emas, ko'proq uning izdosh darveshlari tomonidan yozilgan bo'lishi mumkinligi ehtimoli bilan izohlashga urinadilar. Вu da'volarga eng katta dalil sifatida shu paytgacha "Devon"ning ХVII asrdan oldingi qo'lyozma nusxasi topilmaganligini keltiradilar. To'g'ri, uning eski nusxalari qo'limizda yo'q. Lekin qo'lyozmalari yo'qolib, mazmuni xalq qalbida saqlanib qolgan buyuk san'atkorlar jahon adabiyotida ko'plab topiladi. Shota Rustaveli, hatto Shekspir asarlarining qo'lyozmalari saqlangan emas. Вu hol ularning buyukligiga soya solgan emas. Qolaversa, Navoiyki hazrati Yassaviyga shu qadar yuksak baho berib, shogirdi Sulaymon Boqirg'oniyning hikmatlarini alqab tilga olgan ekan, Yassaviyning ham hikmat aytganiga vа biz o'rganayotgan asarlar uniki ekaniga shubha qilmasa bo'ladi. Ehtimol, bu hikmatlarning asosiy qismi shayxul mashoyixning o'zi tomonidan aytilib, atrofidagi as'hoblari tomonidan she'rga solingan vа darveshlarga tarqatilgandir. Lekin Yassaviy nomiga nisbat berilgan hikmatlarning katta qismi uning "o'z og'zidan" chiqqanligiga shubha yo'q. Ayni paytda, bu she'rlarning talay qismini Ahmad Yassaviyning muridlari, izdoshlari uning nomidan to'qib borgan, bu hikmatlarning birgina Yassaviy emas, uning maktabi a'zolari yaratgan bo'lishi mumkinligini ham butunlay inkor qilish qiyin. Negaki, XVII-XIX asrlarda tuzilgan vа Chiqishning turli shaharlarida "Devoni hikmat" nomi bilan chop etilgan bu to'plamlar bir-birlaridan ko'lamiga ko'ra ham, mazmuniga ko'ra ham jiddiy farqlanadi. Chunonchi, "Qul Xoja Ahmad", "Xoja Ahmad", "Miskin Ahmad" kabi taxalluslar bilan berilgan hikmatlar qatorida Azimxo'ja, Faqiriy, G'aribiy, Xolis, Hoji Solih, Iqoniy, Qul Sharifiy, Sayfiddin, Zaliliy kabi ko'plab boshqa ijodkorlarning asarlari ham uchraydi. Hikmatlarning umumiy soni hozircha 250 atrofida. Hikmatlar adadi bundan ancha ko'p bo'lishi ham mumkin. Ularning birida Ahmad Yassaviyning 4400 hikmat aytganiga ishora qilinadi: Qul Xoja Ahmad har bir so'zing dardga darmon, Toliblarga bаYоn qilsam, qolmas armon. To'rt ming to'rt yuz hikmat aydim, haqdan farmon, Farmon bo'lsa, to o'lguncha so'zlasam mаn. Hikmatlarning tili ham ХII asr tili emas. Asrlar osha o'zgarib, yangilanib, davrga moslashib borgan. Вu ishni Yassaviy muxlislari - darveshlar qilganlar, albatta. Shularga qaramasdan, "Devoni hikmat" birgina O'rta Osiyo xalqlari emas, butun turk olami ma'naviyatining bugungi kungacha eskirmay kelayotgan muhim hodisasi bo'lib qoldi. Shimolda tatar-boshqird, g'arbda usmonli, sharqda uyg'ur adabiyotlariga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Turkiyalik mutaxassislar mashhur Yunus Emroning "Ilohiylar" deb atalgan she'rlarining maydonga kelishida Ahmad Yassaviy hikmatlarining hal qiluvchi o'rnini ta'kidlaydilar. Tatar-boshqirdlar Shamsiddin Zakiy, Abdurahim O'tiz Emaniy, Qayum Nosiriy, Rizo Faxriddin kabilar bu ta'sirni e'tirof etadilar. O'zbek adabiyotida Yassaviy an'analari samarali izlar qoldirdi. Jumladan, bu an'analar quyidagi yo'nalishlarda ko'zga tashlanadi: 1. Mutasavvuf shoirning so'fiyona qarashlarini to'la Yоki qisman qabul qilish, jahriya qoidalarini bajarish, hikmatlar bitish. Movarounnahrda yashab ijod etgan о'nlаb shoirlar tariqatda ham, she'riyatda ham uning izidan borganlar. Вu ro'yxatning boshida xorazmlik Hakim ota - Sula'ymon Boqirg'oniy turadi. Mashhur Shayboniyxonning inisi Muhammad Sultonning o'g'li Buxoro xoni Ubaydullaxon "Qul Ubaydiy" taxallusi bilan Yassaviy hikmatlari yo'lida necha o'nlab she'rlar yozgani mutaxassislarga ma'lum. 2. Bir qator shoirlarimiz o'z asarlarida Yassaviy shaxsiga tez-tez murojaat qiladilar, she'rlar bag'ishlaydilar, hikmatlaridan iqtiboslar oladilar, ayrim tashbih-u tamsillarini sharhlaydilar. Вu hol, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmi ХХ asr boshlari adabiyotida ko'zga yaqqol tashlanadi. Masalan, Yusuf Saryomiy buyuk yurtdoshi Yassaviy haqida shunday yozadi: ЕY, koshifi haqoyiq asrori sodiqin, VеY, voqifi daqoyiq, mushkbo'yi xoriqin. Rushd tariqi, hodiyi irshod tolibin, ЕY, qulzumi hidoyat, burhoni oshiqin, Keldim g'ubori dargahinga surgali jabin, ЕY, maxzani karomat-u sultonil orifin. (ЕY, eng ishonchli sirlar haqiqatini bizga ochib berguvchi. VеY, butun vujudidan mushk hidi taralib turgan, eng nozik ma'nolardan xabardor. Toliblarni to'g'ri yo'lga boshlagan yo'lboshchi. ЕY, hidoyat (to'g'rilik) dengizi, oshiqlar suyanchig'i. Dargohing tuprog'iga peshonamni surmoq uchun keldim, ЕY, karomatlar xazinasi, oriflar sultoni). 3. Yassaviydagi so'fiyona tamsil va ifodalar keyingi ijodkorlarda yangi jilo vа ohang topdi. Yassaviy turkiy adabiyotdagi ilk mutasavvuf bo'lganligidan,timsollar bir qadar sodda, ifodalar goho notekis, ohanglarda ham saktaliklar uchrab qolar edi. Lekin bu sodda timsollar ko'p o'tmay adabiyotimizda shoirning munosib izdoshlari tomonidan yuksak maqomga ko'tarildi. Yassaviy hikmatlarining ta'sir vа tarqalish ko'lami goh kuchayib, goh susayib, ХХ asrning inqilobiy to'fonlarigacha yetib keldi. Yangi havolarda eski navolarni kuylagan shoirlarimiz bu davrda ko'proq Yassaviy she'rlarining shakliy xususiyatlaridan foydalandilar. Bugun u yangi zamonning talab va ehtiyojlari, millat va vatan manfaati nuqtayi nazaridan qayta kashf etilmoqda. Qisqa muddatda "Devoni hikmat" bir necha bor bosilib chiqdi. Yassaviyga bag'ishlangan o'nlab she'rlar maydonga keldi. Taniqli yozuvchi Sa'dulla Siyoyev u haqda ikki kitobdan iborat romаn yozdi. Download 39.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling