"Hibbatul haqoyiq" o'gitlarini tahlil qilish Reja: Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodi "Hibbatul haqoyiq" dagi o'gitlar talqini
Download 21.01 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar royxati
"Hibbatul haqoyiq" o'gitlarini tahlil qilish Reja: 1.Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodi 2."Hibbatul haqoyiq" dagi o'gitlar talqini Yugnakiy, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi — 13-asr 1-yarmi, ?) — shoir , mutafakkir . T arjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. "Hibat ul haqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja T arxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yu. haqida baʼzi ma ʼlumotlarmavjud. Undan maʼlum boʻlishicha, Adib Ahmad Yugnak degan soʻlim va bahavo joyda tugʻilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy boʻlgan. Kitobi adabdan iborat boʻlib,nomi —"Hibat ulhaqoyiq". Kitob koshgʻariy tilda sheʼriy yoʻl bilan yozilgan. "Qutadgʻu bilig"dan 1—2 a. keyin yaratilgan bu asar oʻzbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida Yu.ni Oʻrta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qoʻyib, uning tugʻma koʻrligi xususida soʻzlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaro ʼtt oʻgʻli Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham "Hibat ulhaqoyiq"dan parchalar keltiradi. "Hibat ulhaqoyiq" asari shoir haqidagi maʼlumotlarni birmuncha toʻldirishga, Yugnakiy yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi. Yugnakiy tugʻilgan joy olimlar oʻrtasida koʻp tortishuvlarga sabab boʻlgan. Samarqand, Fargʻona va T urkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsada, koʻpchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning toʻgʻriligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim asSam ʼ oniy " AlAnsob" ("Nasabnoma ") itobida yozadi: "Bu nisba (taxallus) "Yugʻanak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad alYugʻanakiy mashhurdirlar". Shoir "Hibat ulhaqoyiq"ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels bu asar qadimiy oʻzbek adabiy tilidan mumtoz oʻzbek adabiy tiliga oʻtishda bir koʻprik boʻlganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy soʻzlardan koʻra, arab va fors soʻzlarining koʻp qoʻllangani shundan dalolat beradi. Yu. bu asari bilan oʻzbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshgan. "Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1bobi Allohga hamd, 2bobi Muhammad (sav) na ʼti va choryorlar taʼrifiga, 3bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan. 4bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5bob — maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8 bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 11bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan koʻchirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qoʻshilib ketgan). Yugnakiy oʻzini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼ oni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. "Hibat ulhaqoyiq" ilk bor uygʻur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari koʻp boʻlib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha maʼlum qoʻlyozmalardan 3 tasi (biri uygʻur yozuvi, ikkinchisi arab va uygʻur yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilan bitilgan) toʻliq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va T urkiyaning T oʻpqopi kutubxonasidagi nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalar eʼtiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni 1mar ta turk olimi Najib Osimbek topib (inv . №4757), nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri — 1906, toʻliq nashrlari1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni R.R. Arat soʻzboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va T urkiyada 16-asrda koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. Oʻzbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, P .Shamsiyev ,S.Mutallibovlar tomonidan oʻzbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda eʼlon qilingan. Soʻng u Q.Mahmudov tomonidan alohida kitob holida eʼlon qilindi (1968; 1971). Oʻtgan asr oxirlarida uygʻur olimlari H.T emur va T .Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va boshqaSogʻindiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar . Shuningdek, Y e.E.Bertels, Fitrat, Fuod Koʻprulu, T .T akin, E.Rustamov , N.Mallayev , A.Qayumov , A.Hayitmetov , A.Rustamov , M.Imomnazarov , B.T oʻxliyev , N.Rahmonov , I.Haqqulov , G.Xoʻjanova va boshqalar Yu. va "Hibat ulhaqoyiq" haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar . O’zbek adabiyoti tarixida Adib Ahmadning tutgan o’rni, uning «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari va tadqiqotchilarning uning faoliyati sanasiga oid ilmiy bahslari menga ham ma’lum edi. Masalan, O’zbekiston milliy entsiklopediyasida (10-jild, 307 bet.) o’ning XII asr oxiri – XIII asrning birinchi yarmida yashaganligi, professor M.Imomnazarov adibning VIII asrda yashagan, deb hisoblashi haqidagi fikrlardan qisman xabarim bo’lsa-da bu borada taniqli sharqshunos, tarixchi olim SH.Kamoliddinning nodir manbalarga tayanib yozgan maqolasi bilan tanishganimdan keyin, huquq tarixchisi bo’lganligim uchun ham ushbu muammo meni befarq qoldirmadi. Adabiyot tarixchilari Adib Ahmadning faoliyat yillarini aniqlashda uning yuqorida keltirilgan asosiy asari va As-Sam’oniyning «Nasabnoma», Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» kabi kitoblariga shuningdek, adabiyotshunos olimlarimizning tadqiqotlariga tayanadilar. Alisher Navoiy ma’lumotlari adibning o’zi haqida bo’lsa, As-Sam’oniyning ma’lumotlari uning o’g’liga oiddir. Manbalardagi ma’lumotlar uch avlod, ya’ni otasi Mahmud Yugnakiy, o’zi Adib Ahmad Yugnakiy va o’g’li muhaddis Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yugnakiylar haqida ma’lumot beradilar. Tadqiqotchi SH.Kamoliddin xulosalari O’rta Osiyo turklari orasida VIII-IX asrlarda harbiy-siyosiy, ilmiy-madaniy harakat shu’ubizm mavjudligini isbotlab, ularning ko’pgina vakillarini xalifalikning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida yuqori pog’onalarni egallab turganligini ko’rsatadi. Bizning fikrimizcha, – deb yozadi tadqiqotchi, – Adib Ahmadning otasi turk shu’ubizmining ilk vakillaridan bo’lib, VIII asrning o’rtalarida Abu Muslim qo’zg’olonining Xurosondagi harakatida qatnashgan bo’lishi mumkin. Abbosiylar xalifalik boshiga kelganda, adibning otasi Xalifa al-Mansurning turk qo’shinida xizmat qilgan. Uning o’g’li Adib Ahmad fiqh va hadisni o’rganib shoir sifatida «Hibat ul-haqoyiq» asarini yozgan. Shoir ko’zi ojiz bo’lganligi uchun bu asarning ilk nusxasi otasi Mahmud Yugnakiy tomonidan uyg’ur xatida yozib olingan, keyinchalik esa uning o’g’li Ahmad (Muhammad) Yugnakiy tomonidan Samarqandda arab xati bilan ko’chirilgan bo’lishi mumkin. Yuqoridagilarga asosan, — deydi olim — o’rta asr turkiy tilli adabiyot va islomiy yozma udumlarning vaqti ilgari aytilganidek, XI asr emas IX asr boshlaridan deb hisoblash mumkin. Garchi Islom dini tarqalgan davrdagi birinchi turkiy tilda yozilgan asar XI asrda «Devon al-lug’at at-turk» deb hisoblanib kelingan bo’lsa-da, Somoniylar davrida X asrda Qur’onning ilk bor turkiy tarjimasi (Qatorlar orasida interpolyatsiya qilinganligi) amalga oshirilgan. Alisher Navoiy o’zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Adib Ahmadni Bog’doddan 4 yig’och masofada bo’lgan qishloqda yashaganligi, turkligi, tug’ma ko’zi ojiz ekanligi haqida xabar berib, uning musulmon fiqhshunosligi hanafiylar mazhabi asoschisi Imom Abu Hanifa an Nu’mon ibn Sobitdan (699-767 yillar) ushbu mazhabning bo’lg’usi buyuk faqihlari imom Muhammad ash Shayboniy (749-805 y.) hamda Abu Yusuf al Ansori (731-804 y.) bilan birgalikda saboq olganligini ta’kidlaydi. Buyuk Imomdan «Shogirdlaringiz orasida qaysidan andoqki ko’nglunguz to’lar, rozisiz» deb so’raganlarida «Imom Muhammad hamda Abu Yusuf va uning hamsaboqlaridan», deb javob beribdilar. «Ammo ul ko’r turkki, saffi ni’olda (quyida oyoq kiyim yechadigan joyda) ulturur va bir mas’alani mazbut qilib (ochiq bayon qilib, mustahkamlab), to’rt yig’och yo’l yayog’ kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur» deb javob bergan. «Aksar turk ulusida hikmatu nuqtalari shoe’dur»,- deb yozadi Alisher Navoiy. Demak, Adib Ahmad Imomi A’zam Abu Hanifa ibn Sobit al Kufiydan saboq olgan bo’lsa, uning ijodi va faoliyati vaqti VIII-IX asrlarga to’g’ri keladi. As-Sam’oniy «Yug’anak Samarqand qishloqlaridan» ekanligini, Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yugnakiy (Adib Ahmadning o’g’li)ni taniqli muhaddislaridan biri sifatida ta’riflagan. U kishi Sohib ibn Muslim al-Balxiy, Abdurahim ibn Habib al Bag’dodiy va Abu Isoh Ibrohim ibn Is’hoq as-Samarqandiylardan hadis ilmini o’rganganligini, uning o’zidan esa Abdulloh ibn Ma’sud ibn Komil as-Samarqandiy hadis rivoyat qilganligini yozib qoldirgan. Ya’ni as-Sam’oniy adibning o’g’lini VIII-XII asrlarda o’tgan muhaddislar qatorida tilga olgan. Shuning uchun ham ushbu muhaddislarning yashab o’tgan asri, yillari aniqlansa ham Adib Ahmadning yashagan davri tabiiyki, hech shubhasiz, isbot bo’lgan bo’lur edi. Shunday qilib, adabiyotshunos olim prof. M.Imomnazarov hamda taniqli sharqshunos – tarixchi olim SH.Kamoliddinlarning nodir manbalar asosida olib borgan tadqiqotlari natijasida Adib Ahmad Yugnakiyning ijodi va faoliyati aniq sanasi XII-XV asrlar emas, VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning birinchi yarimlari ekanligi ma’lum bo’ladi. Biz ham ushbu olimlarning bu boradagi fikrlarini ma’qullaymiz. Xo’sh, ushbu sanalarni tan olish tarixiy haqiqatning tiklanishi, islomiy davrdagi turkiy adabiyot, yozma namunalarining vujudga kelishi, shuningdek o’zbek yozma adabiyoti tarixining IX asrlardan boshlanishi haqidagi muhim xulosalardan tashqari, biz tarixchi – huquqshunoslar uchun qanday ahamiyati bor? 1. Turkiy tildagi fiqhiy adabiyot «Hibat ul-haqoyiq» islom axloqi va g’oyalarini Qur’on oyatlari va hadislar asosida oddiygina qilib tushuntirib berishga, targ’ib qilishga qaratilgan asarlar IX asrdayoq paydo bo’lganki, buni yuqoridagi manba ko’rsatib turibdi. 2. Bu holat tarixiy davri jihatidan Somoniylar davlati va huquqining boshlang’ich davriga to’g’ri keladi. Bu ajablanarli emas, garchi ulamolar Qur’onni boshqa tillarga tarjima etilishini ma’qullamagan bo’lsalar-da aynan ana shu davrda Qur’on satrlar orasida (interpolyatsiya) turkiy tilga tarjima qilingan edi. 3. Movarounnahr fiqh maktabi faoliyat ko’rsatgan davrlardayoq (VIII-XIII asrlar) turkiy tilda ham fiqhiy-axloqiy yo’nalishdagi asarlar yaratila boshlaganini ko’rsatadi. Bunga otasi Adib Ahmad Yugnakiy va o’g’li Muhaddis Abu Homid Ahmad Yugnakiylarning faoliyatlari misol bo’la oladi. Bundan tash¬qari, yana shu narsani keltirish mumkinki, o’sha davrda ota-bola shoir, muhaddis va faqihlar ko’p uchragan, bu holatni manbalar ko’rsatib turibdi. (Masalan, Abu Hafs Kabir Buxoriy va uning o’g’li Abu Hafs Buxoriy, Abu Laysiy va boshqalar). 4. Adib Ahmadning amalda islom fiqhi hanafiya maktabi asoschilaridan bo’lgan, buyuk imom Abu Hanifa ibn Sobitdan saboq olishi bu ham tarixiy haqiqatga yaqin. Chunki adibning asarlari shu mazhab qoida va hukmlarining turkiy xalqlar orasida, ular uchun yaqin bo’lgan-turkiy til orqali keng yoyilishiga sabab bo’lganki, turkiy xalqlarning aksariyati hozirgacha hanafiya fiqhiy maktabi tarafdorlaridir. 5. Islom huquqi, uning manbalarining turkiy xalqlar orasida keng yoyilishi «Movarounnahr fiqh maktabi» an’analarining rivojlanishiga Adib Ahmad va As-Sam’oniy taniqli muhaddislardan biri sifatida ta’riflagan Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yugnakiylar munosib hissa qo’shganlar. Sharq mumtoz pandnoma adabiyotinig vakili Ahmad Yugnakiy X-XII asrlarda ijod etgan iste’dodli shoiridir. Adib Ahmad hayoti va ijodini tadqiq etish uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Bu borada Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, usmonli turk adabiyotshunosligida ham yugnakiyshunoslik, “Hibat ul-haqoyiq”ni tahlil va talqin etilgan tadqiqotlar ancha. O’zbek adabiyotshunosligida Ahmad Yugnakiy va uning dostoniga doir ilmiy izlanishlar N. Mallaev, Q. Mahmudov, G. Xo’janova, R. Vohidov tadqiqotlarida, shuningdek, o’tgan asrning 90-yillar matbuotida e’lon qilingan M. Imomnazarov, E. Umarov, I. Haqqul, H. Boltaev, N. Rajabov, Q. Tohirov kabi olimlarning maqolalarida kuzatiladi. Usmonli turk adabiyotshunosligining vakili Banarli Nihad Samining “Resimli Turk Edebiyati Tarihi. Destanlar devrinden zamonamiza kadar”nomli asarida Adib Ahmad hayoti va ijodi masalasi yoritilgan maqola ham o’rin olgan. Tadqiqotda Ahmad Yugnakiy yashagan davr, ijodkor shaxsiyati, “Hibat ul-haqoyiq” dostoni, asarning keyingi davr adabiyotiga ta’siri kabi masalalar yoritiladi. Banarli Nihad Sami Adib Ahmad haqida dastlabki ma’lumotlar halq og’zaki ijodiga borib taqalishini e’tirof etib, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asariga murojaat etadi. Darvoqe, Navoiy bu asar orqali Ahmad Yugnakiy haqida aniq ma’lumotlarni yetkazadi. Navoiy yozadi: “…Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va nuqtalari shoe’dur. Nazm tariqi bila aytur ermish…” deb kiyidagi keltiradi: Sungakka iliktur, eranga bilik, Biliksiz eran ul iliksiz sungak. Uluglar ne bersa, yemasmen dema Ilik sun, ogiz ur yemasang yema. 1 Bu ma’lumotlar yugnakiyshunoslikda muxim axamiyatga ega.Chunki birinchidan, uning qaerda yashagani, ikkinchidan, ustozi va hamsaboqlari, uchinchidan, Adibning yashagan davri, undagi ma’naviy-madaniy muhit, to’rtinchidan jismoniy ahvoli, beshinchidan, hayotda tutgan mavqei va asarlarining ahamiyati, ijod yo’nalishi va h.k.2 O’zbek adabiyoti tarixining ilk namunalaridan biri bo’lgan Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni tahlil etilgan barcha manbalar, o’quv adabiyotlarida undagi boblar miqdori bilan bog’liq muammo tilga olinadi: Tug’a ko’rmas erdi adibning ko’zi, Tuzattim bu o’n to’rt bob ichra so’zi (243). Dostonning kotib tomonidan o’n to’rt bob qilib ko’chirilganligi yoki tuzilganligi ta’kidlangan. Biroq, qator olimlar, xususan, N.Mallaev 3, Q.Mahmudov 4, R.Vohidov 5 larning fikricha, hozirgi holatda u o’n bir bobdan iborat bo’lib qolgan. Bu holat kotiblar (xususan Abdurazzoq Baxshi) tomonidan kiritilgan o’zgarish, ya’ni ayrim bob nomlarining tushirib qoldirilishi va bir-biriga yaqin mazmunli boblarning qo’shilib ketishi sifatida izohlanadi: «Mutaxassislarning fikricha, bunday tafovut kotiblar tomonidan ayrim boblarni ko’rsatuvchi sarlavhalarning tushirib qoldirilishi oqibatida sodir bo’lgan bo’lishi mumkin» (11, 87). Binobarin, dostonda mavjud bo’lgan quyidagi 11 ta matn bobning nomi yoki sarlavhasi sifatida e’tirof etilgan: 1. Bismillohir rahmonir rahim (parvardigor hamdi).
Yuqorida ham qisman aytib o’tilganidek, bu masalada boshqacha fikrlar ham aytilgan. Xususan, M.Imomnazarov dostonning 14 bobdan iborat ekanligini e’tirof etadi.6 «O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari» majmuasini to’plovchilarning fikriga ko’ra asar 16 bobdan iborat: «Pand-nasihat ruhidagi doston nomi bilan adabiyot tarixiga kirgan ushbu asar XVI bobdan iborat». 7 Biroq ikkala o’rinda ham fikr izohlanmaydi. Bu masala S. Tohirovning “Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-Haqoyiq” dostoni matn, tadqiq va tahlil” nomli riolasida ham tadqiq etilgan. Bunda tadkikotchi asar matniga tayanib, dostonni 14 bob deb e’tirof etadi va kuyidagicha xulosaga keladi: 1. «Hibat ul-haqoyiq» dostonining muqaddima qismi manbalarda qayd etilganidek, to’rt bob emas, besh bobdan iborat. To’rt xalifa madhiga bag’ishlangan qismni alohida bob sifatida ajratish uchun asoslar yetarli. 2. Dostonning asosiy qismi hozirgi holatda oltita emas, yettita bobdan tashkil topgan. Asarda faqat bob nomlaridagina qo’llangan «nav’» so’zi va «fi» (haqida) predlogining mavjudligi «Annav’ul amri fi makarimil axlaqi vattahris ‘ala tahliqu biha» deb nomlangan qismni ham alohida bob sifatida ajratish uchun asos bo’la oladi. Sarlavha ostidagi to’rtliklar mazmuni ham buni tasdiqlaydi. 3. Dostonning ayni damdagi holati xotima bilan birga o’n bir emas, o’n uch bobdan iborat. Biroq bir qator belgilar asardagi o’n ikkinchi va o’n uchinchi boblar qo’shilib ketganligini, binobarin, doston aslida kotib tomonidan ta’kidlanganidek, o’n to’rt bobdan iborat bo’lganligini ko’rsatadi. Nihod Samining tadqiqotida ham dostonning asosiy qismi boblarga ajratilgan. Olim dostonning o’n to’rt bobdan iborat ekanligi haqidagi kotib ma’lumotiga tayangan holda, asosiy qismni sakkiz bobga ajratadi. Shundan 1-4 boblar tarkibi yuqorida keltirilgan tarkib bilan muvofiq.8 Qolganlari esa quyidagicha: 1. Tavoze’ va kibr haqida (7 to’rtlik). 2. Harislik haqida (6 to’rtlik). 3. Karam, hilm va boshqa fazilatlar haqida (16 to’rtlik). 4. Zamonaning buzuqliklari haqida (21 to’rtlik). Xulosa kilib aytganda,yugnakiyshunoslik va «Hibat ul-haqoyiq» dostonining tadkik va talkin masalalari nafakat uzbek adabiyotshunosligida,balki jahon adabiyotshunosligida ham o’rganilgan va o’rganilmokda. Bu masala keyingi tadkikodlarda xam davom etadi. Adabiyotlar ro'yxati: 1 Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom. T.: 1968. 156 bet. 2 Imomnazarov M. Adib Ahmad qachon yashagan? // O’zbekiston adabiyoti va san’ati. – 1995, 31-mart 3 Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O’qituvchi, 1976. 116-bet.; 4 Mahmudov Q. Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari haqida. – Toshkent: Fan, 1972. 11-bet. 5 Vohidov R., Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. — Toshkent: Adabiyot jamg’armasi, 2006. 87-bet. 6 Imomnazarov M. Ahmad Yugnakiy. Ma’naviyat Yulduzlari. – Toshkent: Xalq merosi, 2001. 151-bet. 7 O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. – Toshkent: Fan, 2003. 195-bet. 8 Olim boblarni raqamlar bilan emas harflar bilan nomlagan. Bir xillikni saqlash maqsadida ular raqamlar bilan keltirildi. 9 Banarli Nihad Sami.Resmli Turk Edebiyati Tarihi.-Istanbul Download 21.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling